Jizzax davlat pedagogika instituti


Olamni  anglashda  inkorni  inkor  qonuni  Talablariga  muvofiq  fikr



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

Olamni  anglashda  inkorni  inkor  qonuni  Talablariga  muvofiq  fikr 

yuritishning  zaruriyatligi.  Demak,  inkorni  inkor  qonuniga  muvofiq  ob’ektiv 

voqelikdagi  narsa  va  hodisalarning  rivojlanishi  jarayonida  eskining  yangi 

tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, 

undagi  ijo-biy  tomonlar  saqlanib  qoladi.  Rivojlanish  burama  shaklda,  ma’lum 

nisbiy  takrorlanishlar  asosida,  oddiydan  murakkabga,  pastdan  yuqoriga  qarab 

boradi. 


Metafizik  yo‘nalish  inkorning  ijodiy  yaratuvchilik  rolini  tan  olmaydi. 

Bunday  farqli  o‘laroq,  dialektik  qarash  eski  narsani  yangi  narsa  inkor  qilishini 

ta’kidlaydi.  Olamda  hech  bir  sohada  o‘zining  ilgarigi  yashash  shakllarini  inkor 

etmaydigan rivojlanish sodir bo‘lishi mumkin emas. 




51 

 

Har  bir jarayon inkor qilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot 



jarayoni ertami — kechmi eski narsaning emirilishiga va yangi narsaning vujudga 

kelishiga olib keladi. Vujudga kelgan bu yangi narsa eskining inkor qilinishidir. 

"Har    bir  qarama-qarshilikda  bo‘lgan  narsa,  —  deydi  Forobiy,  boshqa 

tomonidan buzdirilishi lozim bo‘ladi, birinchi esa o‘z tabiati bilan qarama-qarshi 

tomonidan  inkor  etilgan  bo‘ladi.  Bu  esa  uning  aslida  (substansiya-sida)  mavjud 

bo‘lgan bo‘ladi"

1



Eskining  yangi  tomonidan  inkor  qilinishi  natijasida  moddiy  olamdagi 



narsa va hodisalarning ilgarilama harakati sodir bo‘ladi. 

Eskining  rivojlanish  jarayonida  emirilishi  —  inkorni  inkor  qonunining 

faqat bir tomonidir. Uning boshqa tomonini eskining emirilish jarayoni bilan bir 

vaqtda vujudga keladigan yangi narsa qaror topadi. Bu yangi narsa eskining o‘rnini 

egallab,  undagi  ijobiy  narsalarni  saqlab  qolgan  holda  yangi,  yanada  yuksakroq, 

ilg‘or holatni ifodalaydi. 

Shunday  qilib,  taraqqiyot  bir-birini  almashtirib  turadigan  bosqichlardan 

iborat  bo‘lib,  bir  bosqich  ikkinchi  bosqich  tomonidan,  ikkinchisi  esa  uchinchisi 

tomonidan  inkor  etiladi.  Eskining  emirilib,  yangining  paydo  bo‘lishi,  taraqqiyot 

jarayonida dialektik inkorning ikki muhim va ajralmas jihatidir... 

Inkorni inkor qonuni quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 

birinchidan,  eskining  yangi  tomonidan  inkor  etilishi  —  kishilarning  ongi 

va irodasiga bog‘liq. bo‘lmagan ob’ektiv jarayondir. Inkor sub’ektiv, tashqaridan 

kiritilgan fikr emas, balki ob’ektiv jarayon taraqqiyotining bosqichidir. 

ikkinchidan,  dialektik  inkor  tashqaridan  kiritilgan  kuch  yoki  holat  emas, 

balki narsa va hodisaning ichki  rivojlanishi  natijasi,  o‘zini-o‘zi  inkor  qilishidir. 

Dialektik inkor narsani butunlay yo‘q qilib yuboriladigan  faoliyat  bilan  o‘xshash 

emas, u shunday inkorki, buning natijasida rivojlanish davom etishiga, yangi in-

kor sodir bo‘lishiga imkon yaratiladi. 

uchinchidan,  dialektika  har    bir  narsa  va  hodisa  uchun  inkorning  aniq turi 

mavjuddir  deb  hisoblaydi.  Tasavvur  va  tushunchalarning  har  bir  turi  singari, 

buyumlar  har  bir  turining  ham  o‘ziga  alohida  inkor  turi  borki,  bunda  taraqqiyot 

sodir bo‘ladi. 

to‘rtinchidan, dialektik inkor to‘liq inkor bo‘lmasdan balki eskini yangi bilan 

bog‘lab  turuvchi  jarayondir.  Dialektik  inkor  yangi  bilan  eski  o‘rtasidagi 

vorislikni tavsiflaydi. 

                                                 

1

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.,1993, 133-134-betlar. 

 

 



52 

 

beshinchidan,  dialektik  inkor  taraqqiyotning  oddiydan  murakkabga, 



quyidan yuqoriga borishini tavsiflaydi, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tiladi. 

Inkorni  inkor  qonuni  ob’ektiv  olamning  va  bilishning  turli  sohalarida 

ko‘plab uchraydigan keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan qonundir. Agar arpa erga 

ekilsa, u issiqlik va namlik ta’sirida ko‘karadi va undan o‘simlik paydo bo‘ladi. 

Endilikda  arpa  (don)  o‘zini  (o‘zi)  inkor  etadi.  O‘simlik      o‘sadi,  gullaydi, 

changlanadi  va  nihoyat  yangidan  arpa  (don)  etishadi,  donlar  etiladi.  Poyasi 

quriydi,  ya’ni  inkor  etiladi.  Inkorni  inkorning  natijasi  sifatida  biz  bunda  yana 

avvalgi arpa (don) ni ko‘ramiz, lekin endi bir don emas, bir necha don bo‘lganini 

ko‘ramiz. Inkorni inkor qonuni jamiyat ma’naviy hayotida ham namoyon bo‘ladi. 

Falsafada  inkorni  inkor  qonuni  birinchi  bor  Gegel  tomonidan  ta’riflangan. 

Uning  fikricha,  dastlabki  bir  butun  fikr  (tezis)  bir-biriga  zid  bo‘lgan  ijobiy  va 

salbiy,  "ha"  va  "yo‘q"  dan  iborat  ikki  fikrga  bo‘linadi.  Butunning  ikkiga 

bo‘linishi  —  antitezis,  inkordir.  Qarama-qarshi  fikrlar  kurashi  oxirida  birikib 

yangi fikr (sintez, inkorni-inkor) hosil qiladi. Shunday qilib, Gegelning fikricha, 

sof  g‘oya  o‘z  taraqqiyotida  uch  bosqichdan  o‘tadi:  tezis,  antitezis  va  sintez. 

Gegelning ta’limotiga  ko‘ra,  nimaiki  sof g‘oyaningrivojlanishiga  mansub bo‘lsa, 

u moddiy borliqning hamma narsa va hodisalariga ham mansubdir. 

Inkorni-inkor qonuni taraqqiyotda vorislik (ilgarilab borish, an’anaviylik) 

va  qaytariluvchanlikning  (davriylik,  eskiga  qaytish  kabi)  birligini  tavsiflaydi. 

Natijada taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli emas, balki "burama" shaklda amalga oshadi. 

Taraqqiyot jarayonining ilgarilab borish xususiyati eski o‘rniga keladigan 

yangi  doimo  yangi  bo‘lib  qolmasdan,  vaqt  o‘tishi  bilan  u  ham  eskiradi  va  o‘z 

navbatida  inkor  qilinadi.  degan  ma’noni  anglatadi.  Buning  natijasida  taraqqiyot 

jarayoni  ikkilanma  inkor  sifatida  ko‘rinadi.  Dialektik  inkor  taraqkiyotni 

ifodalaydi.  Masalan,  suv  qizdirilganda  bug‘ga  aylanadi,  sovitilganda  esa  yana 

suvga aylanadi. Metall qizdirilganda suyuq, sovitilganda esa qattiq holatga o‘tadi. 

Bu erda biz bir holatningboshqa holat tomonidan inkor etilishini ko‘ramiz. Lekin 

bu  erda  rivojlanish  sodir  bo‘lmaydi,  balki  bir  hodisaning  boshqa  hodisa  bilan 

almashinishi  sodir  bo‘ladi.  Dialektik  inkor  yuqorida  ko‘rsatilgan  inkordan  farqli 

o‘laroq shunday ziddiyatlarni hal qilishni maqsad qilib qo‘yadiki, buning natijasida 

taraqqiyotda yuqori bosqichgaerishiladi. 

Dialektik  inkorning  yana  bir  muhim  xususiyatini  aytib  o‘tish  maqsadga 

muvofiqdir. Ikkinchi inkor eskini emiribgina qolmay, oldingi rivojlanishdagi butun 

ijobiy tomonlarni umumlashtiradi, ya’ni sintez qiladi. 

Inkorni  inkor  rivojlanishning  ma’lum  bir  davrini  tugallaydi,  lekin  u  shu 

bilan  birga  keyingi  harakat  uchun  boshlang‘ich  nuqta  bo‘lib  xizmat  qiladi. 




53 

 

Ikkinchi  inkor  harakatning  shart-sharoitlarini  ifodalaydi.  Ko‘rinib  turibdiki, 



inkor  tushunchasi  davrni  ham  ifodalaydi.  Bu  davr  shundan  iboratki,  ma’lum 

jarayonning  tugallanish  bosqichi  yangi  dialektik  davr  uchun  boshlang‘ich  nuqta 

bo‘lib qoladi va shunday holcheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo‘lgan 

narsa  boshqa  munosabatda  yangi  rivojlanishning  boshlang‘ich  nuqtasidan  iborat 

bo‘ladi. 

Dialektik  taraqqiyot  to‘g‘ri  chiziqli  harakat  bo‘lmay,  balki  asta-sekin 

ko‘tarilib,  kengayib  boradigan,  bir-biri  bilan  umumiy  vorislik  yo‘li  bilan 

bog‘langan  yuksak  bosqichda  boshlang‘ich  nuqta  jihatini  o‘z  ichiga  oladigan 

burama harakatdan iborat. 

   Taraqqiyot ayrim hollarda quyiga qarab boradi. Bunga moddiy tizimlarning 

emirilishi, materiya harakatning murakkab shakllari oddiy shakllarga o‘tishi misol 

bo‘la oladi. Ammo shuni aytish kerakki, taraqqiyotning orqaga qaytishi ilgarilama 

harakatdan vaqtincha chetlashishdir. 

   Ijtimoiy  taraqkiyot,  jamiyatning  rivojlanishi  hech  qachon  to‘xtab 

qolmasligi qonuniy va o‘zgartirib  bo‘lmaydigan jarayondir. 

Rivojlanishning  pastdan  yuqoriga  ko‘tariluvchi  yo‘nalishini  dialektik 

tushunish  doiraviy  harakat  to‘g‘risidagi  metafizik  nazariya  bilan  hech  qanday 

umumiylikka  ega  emas.  Ba’zi  bir  olimlar  dunyoda  bo‘layotgan  ba’zi 

bosqichlarning  qaytarilishini  oddiy  eskilikka  qaytish  deb  hisoblomoqdalar. 

Ularning  fikricha,  tabiat  va  jamiyat  hayotining ibtidosi  va  intihosi  butunlay  mos 

keluvchi ma’lum davr sikl yoki aylanma bo‘yicha bo‘ladi. XVIII asrda yashagan 

italiyalik  faylasuf  J.B.Vikoning  ta’kidlashicha,  jamiyat  o‘z  taraqqiyotida  uch 

davrni  bosib  o‘tadi  emish,  chunonchi:  1)  bolalik  davri.  Bu  davrda  diniy 

dunyoqarash  va  zo‘ravonlik  hukmronlik  qiladi;  2)  o‘smirlik  davri.  Bu  davrda 

aristokratlik, ritsarlik va etuklik ravnaq topadi; 3) etuklik davri. 

Boshqa  bir  faylasuf  O.Shpingler  jamiyat  o‘zining  rivojlanishida  bunyod 

bo‘lish  (1),  gullab  yashnash  (2),  inqirozga  yuz  tutish  (3)  davrlarini  boshdan 

kechiradi, deydi.  Uning fikricha, insoniyat  tarixining hozirgi bosqichi  inqirozlar 

davridirki, shunga ko‘ra hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuqlari butunlay 

yo‘q qilinishi lozim emish. 

Ingliz  tarixchisi  Toynbining  ta’biricha,  jamiyat  tarixi  qorong‘i  va  o‘zaro 

aloqada  bo‘lmagan  sivilizatsiyadan  iborat.  Har    qanday  sivilizatsiya  bir 

rivojlanish  bosqichlarini  bosib  o‘tadi:  bahor  va  yoz,  kuz  va  qish,  yoki  bolalik, 

usmirlik,  etuklik  va  karilik.  Toynbining  ko‘rsatishicha,  G‘arb  sivilizatsiyasi 

etuklik bosqichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik pro-

fessor Rayt esa jamiyat tarixi ma’lum bir bosqichlardan, ya’ni qaxramonlik asri, 




54 

 

g‘alayonlik vaqti va tiklanish davrlarining shu taxlitda takrorlanishidan iborat, deb 



tasvirlab  beradi.  Uning  fikricha,  hozirgi  sivilizatsiyadan  keyin  insoniyat  faqat 

orqaga qaytish bilan rivojlanarmish. 

Taraqqiyot  yuqoriga  ko‘tarilish  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  u  oddiydan 

murakkabga,  pastdan  yuqoriga  tomon  boradi.  Masalan,  mikroolamda 

rivojlanishning  ilgarilab  borishi  kimyoviy  elementlarda  atom  yadrosi, 

atomlarning  molekulalarga  va  keyinroq  mikroskopik  jismlarga  aylanishida, 

koinotda esa uning jismlarining gaz va changsimon materidan vujudga kelishida 

namoyon  bo‘ladi.  Noorganik  materiyaning  organik  materiyaga  aylanishi, 

hayvonot  olamidan  insoniyatning  ajralib  chiqishi  ham  bunga  yorqin  misol  bo‘la 

oladi. Ijtimoiy rivojlanish ham taraqqiyot sari borayapti. 

Eskining  o‘rniga  yangining  kelishi  uning  kundan-kunga  mustahkamlanishi, 

rivojlanishi  va  ularning  ajralmasligi  taraqqiyotning  boshlanish  xususiyatini 

belgilaydi.  Yangi  eskining  o‘rnini  egallab  borishda  eskidan  ijobiy  muhim 

tomonlarni  o‘zida  mujassamlashtirib,  yuqoriroq  sifat  xususiyatlarga  aylanadi. 

Eskining o‘rniga kelgan yangi dastlab imkoniyat ko‘rinishida bo‘ladi. Bu imkoni-

yatning  voqelikka  aylanishi  ma’lum  shart-sharoitlardagina  amalga  oshadi. 

Ijtimoiy  hayotda  yangilikning  g‘alabaga  erishuvini  ta’minlashda  kishilarning 

faoliyati zarurdir. 

Inkorni  inkor  qonuni  mustaqillik  va  bozor  iqtisodiyoti  jarayonida  ro‘y 

berayotgan  hodisalar  mohiyatini  ilmiy  anglashda  katta  ahamiyat  kasb  etyapti. 

Yangi  jamiyatni  barpo  etishga  qaratilgan  o‘zgarishlar  hamma  narsani  yangidan 

barpo etishni bildirmaydi. Aksincha, jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan 

ijtimoiy — iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolish, ularni yanada 

boyitib  rivojlantirishdan  iboratdir.  Bu  mazkur  qonunning  talabidan  kelib 

chiqadigan muhim xulosalardan biridir. 

"Bizning  tushunishimizcha,  —  deydi  I.A.Karimov,  —  qotib  qolgan  eski 

aqidalardan voz kechish — o‘z tarixiy o‘tmishimizdan voz kechish degani emas. 

Bu biryoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir"

1



Yuqorida  biz  falsafaning  uchta  asosiy  qonunlari  mazmun-mohiyatini 



tavsiflab  berishga  harakat  qildik.  Endilikda  shuni  eslatib  o‘tish  joizki,  olamni 

anglashda  mazkur  qonunlarni  e’tiborga  olish,  ularning  talablariga  mos  ravishda 

fikrlash va amal qilish katta metolodolik ahamiyatga ega. 

                                                 

1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlik tahdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.:O’zbekiston, 1997, 151-bet. 

 

 



55 

 

Falsafiy  tafakkurlash  voqelikdagi  narsa  va  hodisalarga  xos  bo‘lgan  barcha 



aloqalarni, ziddiyatlarni, ularning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish, har tomonlama 

tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. 

Falsafa  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  eng  umumiy  aloqadorlik  va 

taraqqiyot  qonunlari  haqidagi  fan  bo‘libgina  qolmasdan,  balki  tafakkurlash,  fikr 

yuritish,  dunyoni  bilish  haqidagi  ham  fandir.  Shunday  ekan  har  bir  inson  o‘z 

amaliy  faoliyati  va  ilmiy  bilish  jarayonida  falsafa  fanining  mazmun-mohiyati, 

uning  rang-barangligi,  ko‘p  qirrali  tomon  va  xususiyatlarini  hisobga  olib  ularga 

ongli ravishda amal qilishlari lozim. 




Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin