44
qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri«yo‘q», demak emas, yoki narsani mavjud emas, deb e’
lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib tashlamoq emas.
Inkorni-inkor qonuni. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan
iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada?
Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi.
Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va
keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan
voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi.
Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan
kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy
falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan
Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida
foydalangan. Gegel, shuningdek uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib
bergan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun
imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini
bir inkor harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, qabul
qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa
chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat
qiladi. Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy
ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu
jarayon «tezis – antitezis – sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika
kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar
rivojlanishining ko‘p sonli ssenariylaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo
Gegel qayd etgan rivojlanishning siklliligi, uning chiziqsizligi tabiat va
jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham
bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda
rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda
takrorlanishi yuz beradi. Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya’ni o‘tilgan
holatlarning ayrim xossalari rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi
bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Demak, inkor rivojlanishni yangi sifat paydo bo‘lishiga olib keladigan aniq
yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish sifatida tavsiflanadi.
45
Shaklan rivojlanishbir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-
barangroq va murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri
chiziqli va zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg‘un va nouyg‘undir.
Yo‘nalish jihatidan rivojlanishprogressiv va regressiv bo‘lishi mumkin.
Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari esa taraqqiy
etishi mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida yuz berishi
mumkin bo‘lgan harakatdan farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, ichki
jarayon bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar uning
manbai hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi
inkor va inkorni-inkor kategoriyalarida yoritiladi. Mazkur terminologiya
mutafakkirning mantiq tizimi negiziga aylantirilgan ob’ektiv-idealistik falsafasi
kontekstida tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini
aniqlaymiz. Inkor nima? Unga ikki xil – metafizik va dialektik munosabat
mavjud.
Dostları ilə paylaş: