SHunday qilib, metafizik inkor - inkor qilish rad etish, yo‘q qilishni anglatadi.
qilish emas, balki eski sifatning ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan
holda uni yangi narsaga aylantirishdir. U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa
bo‘ylabmi yoki egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq gap emas, balki u
46
takrorlanmaydigan to‘g‘ri (yuksalib boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin
bo‘lardi. Biroq amalda yangida eski saqlanadi, uning elementlari yangida
takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish yuqoriroq darajada yuz beradi. Eskining
jihatlari, elementlari yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan
qonunning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir
xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud
ekan, rivojlanish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki spiralsimon chiziq bo‘ylab
yuz berishi, sikldan-siklga eskiga yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik
mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.
Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar?
Gap shundaki, inkor ziddiyat bilan uzviy bog‘liq, u mazkur ziddiyatning
echilishi bilan belgilanadi. O‘ziga xos ziddiyat bilan vujudga kelgan har qanday
yangi narsani olaylik. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida narsa o‘zining
qarama-qarshiligiga aylanadi. Ammo inkorning mazkur bosqichida dastlabki
narsada mujassamlashgan ziddiyat faqat qisman echiladi. Bu to‘liqsizlik narsa
o‘zini inkor qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor o‘rniga ikkinchi
inkor keladi va ikkinchi narsaga qarama-qarshi bo‘lgan yangi, uchinchi narsa
vujudga keladi, u ikkinchi narsaning inkori, ya’ni birinchi narsaning inkorining
inkori hisoblanadi. Ikkinchi inkor bosqichida birinchi narsaga xos bo‘lgan
ziddiyat to‘la echiladi.
Qo‘sh inkor natijasida, dastlabki nuqtaga qaytilishi bilan rivojlanishning
yuqoriroq darajasiga erishiladi, rivojlanishning boshlang‘ich, lekin boyitilgan
shakli tiklanadi. Rivojlanish chizig‘i go‘yo «spiral o‘rami» aylanasini tashkil
etadi, lekin uning boshi oxiri bilan tutashmaydi. SHunday qilib, rivojlanish
harakatning bosqichma-bosqichligi va siklliligi jihatlarini o‘zida birlashtiradi.
Bu qoida ham umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari
va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U
quyidagicha ta’riflanadi.
Dostları ilə paylaş: