Amaliy mashg’ulotining maqsad, vazifalari: Egri chiziqli integrallarni o’rganish.
Amaliy mashg’ulotini amalga oshirish vositalari: AKT, laboratoriya ishlanmalari, tarqatma materiallar, elektron ishlanmalar.
Asosiy mazmuni.
Matematik analiz fanining “Egri chiziqli integrallar” mavzusida nazariy ma’lumotlar keltirilgan , misol va masalarning izohli yechimlari bilan ko’rsatilgan. Bu yerda birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallarning ta’riflari sodda tilda keltirilgan bo’lib, ba’zi egri chiziqli integrallar ta’rif yordamida hisoblab ko’rsatilgan. Bu esa egri chiziqli integralni yaxshi tushunishga , yechilgan misol va masalalarning mohiyatini anglashga xizmat qiladi.
Integrallash sohasi biror egri chiziq bo’lgan aniq integralning umumlashtirilishi egri chiziqli integral deb ataladi. Ma’lumki , f funksiyadan a,b kesma bo’yicha olingan integralni , shu kesma bilan ustma-ust tushuvchi va chiziqli zichligi f funksiyaga teng bo’lgan o’zakning massasi deb hisoblash mumkin.Endi bordiyu kesma bukilib, biror egri chiziqqa aylangan bo’lsa , u holda bunday bukilgan o’zak massasini qanday topish mumkin?
Buning uchun xuddi kesma bo’yicha olingan aniq integral holidagidek ish tutamiz. Chunonchi , bu egri chiziqni qismiy yoylarga bo’lamiz va har bir bo’lakni taxminan birjinsli deb faraz qilib, barcha bo’laklar massasini yig’ib chiqamiz. Aynan mana shu hosil bo’lgan kattalik bukilgan o’zakning taxminiy massasi bo’lib, uning qiymati egri chiziqli integral tasavvurini beradi.
Biz darsda birinchi va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar, xossalari va ularni hisoblash formulalari bilan tanishamiz. Bundan tashqari egri chiziqli integrallarning ba’zi bir tadbiqlari keltirilib o’tiladi.
Amaliy topshiriqlarini bajarish yo’riqnomasi:
1. Har bir talaba mavzuni to’liq o’rganib chiqish.
2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarga tarqatma va ko’rgazmali materiallar tayorlash.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ular yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
VII. Uyga vazifa berish: kelgusi dars mavzusiga tayyorlanib kelish bo’yicha tavsiyalar berildi
Darsga yakunlandi.
Dostları ilə paylaş: |