Jizzax davlat pedagogika universiteti musiqa yo’nalishi 301 guruh talabasi raushanboyeva gulhayoning musiqa o’qitish texnologiyalari fanidan slayd taqdimoti



Yüklə 9,89 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü9,89 Kb.
#189934
1   2   3   4
TAQDIMOT

Musiqa ta’limining prinsiplari

  • Ta’lim prinsiplari jamiyat ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va amaliyoti yutuqlariga ko’ra o’zgarib takomillashib boradi. Tarixda ta’lim prinsiplarini aniqlash bo’yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo’lgan. Masalan: XVI asrda Ya. A. Komenskiy ta’lim prinsiplarini tabiatga qiyoslab o’rganishni ya’ni o’quvchilarga tabiat quynida bevosita ta’lim berishni, tabiatda qanday mutanosiblik bo’lsa, ta’limda ham xuddi shunday mutanosiblikka erishishni taklif etadi. XVII-XVIII asrlarda madaniy jihatlardan mutanosiblikka erishish prinsiplari ilgari suriladi. Hozirda ta’limning ilmiylik prinsipi, o’quvchilar imkoniyatlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish prinsipi, ko’rgazmalilik prinsipi, ta’limda muntazamlilik va davomiylik prinsipi, ta’limning hayot bilan bog’liqligi, ta’lim jarayonida o’quvchilarning faolligi va ongliligi, ta’lim va tarbiyaning tarbiyaviy xarakteri kabi ko’pgina prinsiplari mavjud. Musiqa darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va prinsiplari, ta’lim amaliyotining nazariyasi asosida tuziladi.

.

  • 1.Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustahkamligi 2.Musiqa ta’lim va tarbiyasida ilmiylik sistemalash va davomiylik 3.Darsda o’quvchilarning onglilik va faolliligi 4.Musiqa darslarida ko’rgazmalilik. O’quv materiallarining bolalar bilim - malakalariga va yosh xususiyatlariga mosligi, rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi. Ta’lim mazmunini o’quvchilarni haqqoniy ilmiy dalillar tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Buning uchun o’quv mazmuniga faqat ilmiy asoslangan, tajribada tasdiqlangan, o’quv musiqa fani va musiqa fanining mazmuni orasidagi qonuniy aloqalarga asoslangan ilmiylik prinsipini qo’llash darkordir. Nazariy bilimlarning amaldagi qo’llanilishi, nazariy bilimlarning amaliy bilimlar bilan bog’liqligi har bir o’qituvchining axborotida sezilib turishi kerak. Musiqa fani bo’yicha yangiliklari doimo izohlanib borilishi darkor.

Yüklə 9,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin