Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me’yorlashtiradi. Odatda, musiqa darsi- o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’ladi. U tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. Musiqa darsi mazmuni o’quv dasturiga muvofiq bo’lib, u boshqa darslar tizimidagi bo’g’inlarni qamrab oladi. Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari rivojlanadi, axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi. Musiqiy faoliyat turlari o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’lishi, biridan keyin ikkinchisiga o’tishi kerak. Musiqali harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’proq o’yin xususiyatlari bilan bog’liq
.
Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha faoliyatlari turlari bilan bog’lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim. Musiqa savodi notalar haqida ma’lumot emas, balki notagacha bo’lgan davr, musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi, tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy, temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o’z ichiga oladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari va xokozo) xakida yangi tushunchalar xosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’libgina qolmay, balki o’quvchilarning umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib topdiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini ya’ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.