O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN” Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori_______prof.Sh.S.Sharipov “____”___________2022 yil
O‘ZBEK FOLKLORI FANINING O‘QUV DASTURI (1-kurs, 1-semestr)
Bilim sohasi:
100000 – Ta’lim
Ta‘lim sohasi:
110000 – Ta’lim
Ta‘limy o`nalishi:
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
Jizzax 2022
Fan/Modul kodi 351O‘FM06
O‘quv yili 2022-2023
Semestr I
Kreditlar II
Fan/Modul kodi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlari 2
1.
Fanning nomi
Auditoriya soatlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
O‘zbek folklori
Ma’ruza 14
Seminar 16
30
60
2.
I. Fanning mazmuni
Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda o’zbek xalq og’zaki ijodi, o’zbek adabiyotining qadimgi tarixi fanlaridan sistemali bilimlar berish nazarda tutilgan. «O’zbek folklori» kursi haqida; Kursning mundarijasi, maqsad va vazifalari; «O’zbek folklori» kursining manbalari; O’zbek folklori fan sifatida; O’zbek folklori fanining predmeti, maqsad va vazifalari; O’zbek folklorining tarkibiy qismlari; O’zbek folklorining boshqa fanlar bilan aloqasi; O’zbek folklorining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni kabi masalalar o`rganiladi. Mazkur dasturda fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar hamda fanni o‘qitishda qo‘llanadigan vositalar, jihozlar, metod va texnologiyalar mazmuni aks etgan.
Fanni o’qitishdan maqsad – -o‘zbek folklori fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil yeta olishga o‘rgatish. Shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg`ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”.
Mustaqillik davrida O‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishning yetakchi masalalari. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati sifatida.
2-mavzu. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati Sof mifologik afsonalar.Tarixiy voqea-hodisalami izohlovchi afsonalar. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog‘liq afsonalar.
3-mavzu. Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati Marosim folklori haqida umumiy ma’lumot. Mavsumiy marosimlar folklori va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Oilaviy maishiy marosimlar folklori. Bizgacha yetib kelgan qadimiy an’ana va qadriyatlarni ahamiyati.
4-mavzu. Xalq dostonlari. Doston haqida umumiy ma’lumot. Dostonchilik maktablari. Dostonlar klassifikasiyasi. Dostonning g’oyaviy mazmuni. Alpomish xalq orzusida ideal qahramon.
5-mavzu. Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari. Har bir dostonchi yoki dostonchilar guruxi o’ziga poetik yo’li uslubi bilan bir-biridan farq qilishi. umumlashgan epik an’ana doirasida baxshi yoki baxshilar guruxiga xos alohida ijodiy xususiyatlar o’zgachaligi majudligi.
“Qaxramonlik” termini o’zbek folklorshunosligida ikki ma’noda: keng ma’noda umumiy o’zbek eposiga nisbatan, tor ma’noda uning bir turiga nisbatan ishlatilishi.