Jizzax davlat pedagogika universiteti


MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAVZULARI



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə4/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAVZULARI
Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish
MTT da yer maydonchasi bo‘lib, bolalar vaqtlarini o‘sha yerda o‘tkazadilar. Maydoncha – o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan butun yil davomida o‘simlik va hayvonlarni kuzatadigan joydir. Maydonchada daraxtlar, butalar, ekinzor, gulxona, mevali daraxtlarning bo‘lishi katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga ega. Bolalar tarbiyachi bilan birga o‘simliklarni o‘stiradilar, ularni parvarish qiladilar, o‘sishi va rivojlanishi haqida aniq tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Bolalarga o‘simliklarni pavarish qilish jarayonida, tuproqqa ishlov berishda zarur bo‘ladigan oddiy asboblardan foydalanish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi hamda tabiatga unda yashovchi jonivorlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi xislatlar tarbiyalanadi. Maydonchani chiroyli, nafosatli bezatilishi bolalarda badiiy va go‘zallikni xis qilish, vatanparvarlik kabi nozik xislatlarni tarbiyalaydi. Bolalarda o‘z o‘lkasini sevishi, o‘z o‘lkasining tabiatini bilishi katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda maydonchaga ekiladigan daraxtlar o‘simliklar mana shu o‘lka tabiatiga, iqlimga mos bo‘lishi zarur. Ekinzorni tashkil etishda dastur mazmunidan kelib chiqqan holda bir guruh uchun poliz ekinlari tanlanadi. Kichik guruh uchun urug‘lari xomligicha iste’mol qilish mumkin bo‘lgan: sabzi, rediska tavsiya etiladi. O‘rta guruhda ham xuddi shular ekiladi. Biroq; imkoni boricha,: ikki xil navi ya’ni qizil va oq rediska ekiladi. Maksad bolalar ularni solshtirib o‘xshash va farqli tomonlarini anglashlari lozim. Katta guruhda bolalar uchun tavsiya etilgan barcha sabzavot o‘simliklari ekiladi. Gulzorni tashkil etishda, MTT ning tabiiy sharoitini hisobga olgan holda, erta bahordan to kech kuzgacha gullaydigan o‘simliklar tanlanadi. Masalan: lola, nargis (chuchmoma), kamalakgul, qo‘qongul kabi gullar tanlanib, ularni markazga baland bo‘yli, chetlariga past bo‘yli gullar tanlanadi. Yer maydonchasida bahor, yoz oylarida jonli tabiat burchagi tashkil etiladi. MTTning tabiiy sharoitini hisobga olgan holda, jonli tabiat burchagida quyonlarni, tovuqlarni, o‘rdaklarni boqib parvarish qilish mumkin. Bu bolalar jonivorlarni parvarish qilish, ko‘nikma masalalarini tarbiyalash, ularga nisbatan g‘amxo‘rlik munosabatlarini chuqurroq tarbiyalashga yordam beradi. Yer maydonchasida har bir yosh guruh uchun o‘yin va jismoniy tarbiya maydonchalari, tabiiy material bilan o‘ynash uchun qum solingan yashiklar kichikroq xovuz bo‘lishi lozim. Jonivorlar quyon va tovuqlar boqish uchun joy ajratiladi. Kichik guruh bolalari uchun ekinzor maydoni har bir bolaga 1 kv m hisobidan tashkil qilinadi. O‘rta guruh bolalari uchun norma 1,5 kv m gacha, katta tayyorlov guruh bolalari uchun 1,5-2 kv m gacha oshiriladi. Ekinzor atrofi past boyli o‘simliklar bilan o‘raladi. Atrofi o‘ralgan ekinzor chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan birga, guruhlarni bir - biridan tabiiy ajratib turadi. Ekinzor uchun tanlangan urug‘lar yuqori navli yaxshi ekish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Ekilgan urug‘larning asosiy sifat ko‘rsatkichi uning unib chiqishidir. Nihollar paydo bo‘lishini tezlashtirish uchun urug‘lar namlanadi va undiriladi. Gulzorni bezashda manzarali o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash muhimdir. O‘simliklarning yorug‘ va namga bo‘lgan talabini e’tiborga olish kerak. O‘simliklarni tanlaganda klumbada erta bahordan to kech kuzgacha gul ochilib t urishi nazarda tutilishi lozim.

Erta bahorda ochilgan gulga ega bo‘lish uchun kuzda yerga piyozli o‘simliklar - lola, chuchmoma ekiladi yoki iyul oyida kapalakgul, dastagullar ekilib, erta bahorda ular doimiy joylariga ko‘chirib o‘tkaziladi. Gulzorni bezashda chiroyli gullarni butazor va o‘tsimon manzarali o‘simliklardan foydalanish mumkin. Ochiq yerda yashash davomiyligiga ko‘ra manzarali o‘simliklar ko‘p yillik, 2 yillik, 1 yilliklarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘simliklar guruhiga yer ustidagi qismi qishda xalok o‘simliklar kiradi.


Uning hayoti tuproq ostidagi organlarida; piyoz, tugunak ildizpoya, ildizida saqlanadi. Qishlovchi o‘simliklar bahorda tez o‘sadi. Erta bahorda va kuzda gullaydi. Ko‘p yillik o‘simliklarga alohida e’tibor berish lozim. Ikki yillik gulli o‘simliklarga ko‘pincha urug‘ sepilgandan so‘ng 2-yiliga gullaydigan o‘simliklar kiritiladi. Bu o‘simliklar yozning birinchi yarmida ochiladi. Gulxonada bir vegativ davrda foydalaniladigan gullarni bir yillik yoki yozgi o‘simliklar deyiladi. Yozgi o‘simliklar ekilgan yili ochiladi, urug‘ beradi va xalok bo‘ladi. Ularning guli chiroyli bo‘lib, yozning ikkinchi yarmida qiyg‘os bo‘lib ochiladi. Maydoncha MTT bolalari uchun yil mavsumi va fasllarning o‘zgarishini kuzatadigan eng qulay joydir. Tarbiyachi bolalarni maydonchaga olib chiqib, tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlar, uning sabablari, qishlab qoluvchi va uchib ketuvchi qushlar bilan tanishtiradi. Bir so‘z bilan aytganda, MTT maydonchasi bolalarning har tomonlama rivojlanishida jonli va jonsiz tabiat bilan tanishishida, o‘z ona -Vatanini sevishda uni muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonlarni asrash va ko‘paytirishda ta’lim - tarbiya oladigan ilk maskan hisoblanadi.
MTT da yer maydonchasi – bu bolalar uchun o‘yin, sayr, mashg‘ulot o‘tkazish mumkin bo‘lgan joy bo‘lib hisoblanadi. Kuzda, qishda va bahorda bolalar ko‘p vaqtlarini yer maydonchasida o‘tkazadigan, yozda kun mobaynida vaqtlarini o‘sha yerda o‘kazishlari mumkin bo‘ladi. Yer maydonchasida bolalarning sezgi organlari rivojlanib boradi, bolalar o‘z ko‘zlari bilan tabiatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, kuzatib, tahlil qilib boradilar. Yer maydonchasida ishlar orqali gulzorda, bog‘da, polizda bolalar jamoa bo‘lib ishlashga hamda ba’zi mehnat qilish qobilyatlarini o‘stirib boradilar. O‘z mehnatlari orqali mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatlari ortib boradi va berilgan vazifani bajarish majburiyatini his qilishga o‘rgatib boriladi. Yer maydonchasida bolalar yil fasllaridagi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘rganib, kuzatib boradilar hamda uzoq va qisqa muddatli kuzatishlar tashkil etadilar. Natijada o‘simlik va hayvonlardagi o‘zgarishlarni ko‘radilar. Ularning dunyoqarashi kengayadi, dunyoviy bilimlari oshib boradi. Tabiatni asrashga va undan oqilona foydalanishga o‘rgatib boriladi. Yer maydonchasi – bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan va mehnatni tashkil etiladigan joy bo‘lib hisoblanadi. O‘yinlar orqali bolalarni tabiat haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. Yer maydonchasiga manzarali o‘simliklarni tanlashda MTT ning joylashgan yerining geografik sharoiti va o‘simliklarning biologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Sayr – vaqtida tabiat hodisalaridagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatadilar. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida bolalar uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni bir-biridan farqlaydigan, solishtiradigan bo‘ladilar. Mashg‘ulotlar orqali bolalarda fikrlash, o‘ylash hamda o‘simlik va hayvonlar haqidagi tushunchalar ortib boradi. Kuzatishlar davomida bolalar ongida shunday tushuncha hosil qilish kerakki, qancha mehnat sarf qilinsa, shuncha ko‘p hosil olish mumkin. Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson bo‘lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o‘tzor bo‘lsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Yer maydonchasini to‘g‘ri tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir-biridan jonli devor bilan ajratib qo‘yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devorlar (izgored) yaxshi natija beradi. Daraxt va “izgoredlar”ni o‘stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o‘rgatib boradi. Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash, manzarali o‘simliklardan o‘tqazish va undan estetik zavq olishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Mevali daraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o‘stirib yetishtiriladi. Bularga olma, nok, olcha, olxo‘ri daraxtlari misol bo‘ladi. Yer maydonchasining atrofini past, chiroyli bo‘yli o‘simliklar bilan o‘raladi. Bularga navro‘zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo‘yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan asraydi. Yer maydonchasida daraxt va butalarni o‘stirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Ular bolalarga estetik zavq berib, soya-salqin berib turadi. Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi. Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o‘ralgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yer maydonchasi yo‘lkasining kengligi 1 – 2 metr bo‘lishi kyerak, bu o‘simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariqchalarning orasi 50 – 60 sm bo‘lishi kerak. Yer maydonchasida mehnat qilish uchun lopatkachalarning temiri qalinligi 1 – 2 mm, chelakcha yoki chilopchin, cho‘nqirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Axlatlarni tashishga kichkinagina doskacha yoki chelakcha bo‘lishi kerak. Mehnatlaridan keyin bu mehnat qurollarini yaxshilab yuviladi va quritib joyiga osib qo‘yiladi. MTTda va oilada bolalarni boshlang‘ich mehnat malakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin. Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnat bolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sir qiladi. Yer maydonchasida o‘simliklarni o‘stirish uchun yerni tayyorlash bog‘cha xizmatchilariga va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari uchun va gulzor qilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar maydonchani tozalashda va o‘simliklarni ekib o‘stirish ishlarida ishtirok etadilar. Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalari mayda toshlarni, to‘kilgan barglarni terib chelakga tashlaydilar, tarbiyachi yordamida piyoz o‘tkazadilar, yirik urug‘larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig‘ib olishda ishtirok etadilar. O‘rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarni hamda to‘kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishda tarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar tarbiyachi yordamida no‘xat, loviya, lavlagi, bodring va boshqa o‘simliklarning yirik urug‘larini ekadilar. Gulpushta va egatlarni sug‘oradilar, yerni yumshatadilar, pishib yetilgan sabzavotlarni yig‘ishtirishda ishtirok etadilar. «Ilk qadam» dasturi asosida har bir yosh guruhda bolalar o‘simliklar dunyosi bilan tanishtiradi. Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor, bodring) va mevalar (olma, uzum, o‘rik, olcha va gilos) ning nomi ta’mi rangi va shaklini bilishga, o‘zaro farqlashga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda sabzavotlar ( baqlajon, karam, sholg‘om, turp, piyoz) va mevalar ( anor, anjir, behi, uzum, o‘rik) bilan tanishtirishni davom ettiriladi. Bolalarni sabzavot va mevalarning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda o‘sadigan mevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko‘p yillik o‘simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha beriladi. 1- rasm. 1 – lavlagi; 2 – bodring; 3 – sholg‘om; 4 – sabzi; 5 – karam; 6 – pomidor; 7 – sarimsoq piyoz; 8 – kartoshka; 9 – rediska; 10 – seldir; 11 – xaskash; 12 – chilobchin; 13 – belkurak. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
Katta guruhda sabzavotlar va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlar quyidagi belgilarga qarab shakllantiriladi: sabzavot va mevalar ovqatda ishlatiladi, ular maxsus yetishtiriladi: sabzavotlar poliz (dala) da o‘sadi, mevalar esa bog‘da yetishtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhda sabzavotlarning (8–9 xili), mevalarning (5 xili) va sitrus o‘simliklarining (3 – 4 xili) shakli, rangi, hajmi, ta’mi, oziq-ovqat sifatida qo‘llanilishi, belgilarga qarab qiyoslanishi va ularni xarakterlay olish ko‘nikmasi shakllantiriladi, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so‘zlarini qo‘llashga o‘rgatiladi. Yer maydonchasida va oilada boqish mumkin bo‘lgan hayvonlar va parrandalar bolalarning yoshiga mos, ularga ozor bermaydigan va mehnat talab qilmaydigan jonivorlar tanlanadi. Shahar sharoitida jonivorlarning bolalari boqiladi. MTT sharoitida jonivorlar iloji bo‘lsa kattalar bilan birgalikda boqiladi. Qishloq sharoitida jonivorlarni ularning bolalari bilan birgalikda boqish mumkin. Yer maydonchasida quyidagi jonivorlarni boqish mumkin – toychoq, buzoqcha, qo‘zichoq, uloqcha, kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‘taloq. Parrandalardan esa jo‘ja, o‘rdakcha, g‘ozcha, kurkacha kabilarni boqish mumkin. Kichik guruhda – kuchukcha, quyoncha, mushukcha, jo‘ja, o‘rdakcha, g‘ozcha, kurkacha.
O‘rta guruhda kichik guruhga qo‘shimcha qilib tovuq, xo‘roz, qo‘y, sigir bilan tanishtiriladi. Katta guruhda kichik guruhlarga qo‘shimcha qilib, g‘oz, o‘rdak, ot, sigir, buzoq bilan tanishtiriladi. Tayyorlov guruhida yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib, kurka, echki, tuya bilan tanishtiriladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin