Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: Tabiat bilan tanishtirishning umumiy asoslari haqida tushuncha bering.
Fanining predmeti va asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2 – mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini о’tkazish Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Mashg‘ulotlarning bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada l martadan o‘tkaziladi. Ekskursiyalar o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha guruhlarda qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.