Q:1) . . . . . . . . . - jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa munosabati shakllanadi. Bu nima?
A:) Huquqiy madaniyat
B:) Huquqiy ong
C:) Huquqiy munosabat
D:) Qonun
Correct:B
Q:2) Huquq - ?
A:) Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi
B:) Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar
C:) ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayotini yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, erkinlik hamda burchlari
D:) davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.
Correct:D
Q:3) Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog‘i nima deb ataladi?
A:) Huquqiy ong
B:) Ma`muriy huquq
C:) Konstitutsiya
D:) Qonun
Correct:B
Q:4) Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va . . . . jumlani davom qildiring? (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-modda)
A:) majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari
B:) davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega...
C:) ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishish
D:) bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi
Correct:B
Q:5) Emansipatsiya – bu?
A:) diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh
B:) Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
C:) Oila — jamiyatning tayanch tuzilmasi
D:) Voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi
Correct:D
Q:6) Hech kim insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy-joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlarga yoki or-nomusi va sha’niga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish yoki tajovuzdan qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir. Qaysi qonun va modda?
A:) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 12-modda
B:) Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish, 155-modda
C:) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, 37-moddasi
D:) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, 137-moddasi
Correct:A
Q:7) Qonun yoki boshqa huquqiy qarorning kirish yoki muqaddima qismi nima deb ataladi?
A:) senzura
B:) preambula
C:) mundarija
D:) bob
Correct:B
Q:8) . . . . . . - yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma`muriy-hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari amal qiladi.
A:) unitar davlat
B:) federatsiya
C:) konfederatsitya
D:) mamuriy-hudud
Correct:A
Q:9) Muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashgan suveren davlatlar muvaqqat ittifoqi nima deb ataladi?
A:) unitar davlat
B:) federatsiya
C:) konfederatsitya
D:) mamuriy-hudud
Correct:C
Q:10) O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar qachon ro`yxatdan o‘tgan?
A:) “XDP” partiyasi 1994-yil, “Adolat” partiyasi 1995-yil, “Milliy tiklanish” partiyasi 1996-yil, “O‘zLiDep” partiyasi 2002-yil, “Ekologik” partiyasi 2009-yil
B:) “XDP” partiyasi 1995-yil, “Adolat” partiyasi 1996-yil, “Milliy tiklanish” partiyasi 1997-yil, “O‘zLiDep” partiyasi 2003-yil, “Ekologik” partiyasi 2019-yil
C:) “XDP” partiyasi 1991-yil, “Adolat” partiyasi 1995-yil, “Milliy tiklanish” partiyasi 1995-yil, “O‘zLiDep” partiyasi 2013-yil, “Ekologik” partiyasi 2019-yil
D:) “XDP” partiyasi 1991-yil, “Adolat” partiyasi 1995-yil, “Milliy tiklanish” partiyasi 1995-yil, “O‘zLiDep” partiyasi 2003-yil, “Ekologik” partiyasi 2019-yil
Correct:D
Q:11) Kimning xalqqa foydasi tegib, shu tufayli halovat topsa, o‘sha – yaxshi odam. Ushbu jumla kimning qalamiga mansub?
A:) Mahmudxo‘ja Behbudiy
B:) Yusuf Xos Hojib
C:) Ahmad Yassaviy
D:) Cho‘lpon
Correct:B
Q:12) Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandi. Ushbu jumla kimning qalamiga mansub?
A:) Mahmud Zamaxshariy
B:) Yusuf Xos Hojib
C:) Ahmad Yassaviy
D:) Cho‘lpon
Correct:A
Q:13) Jaloliddin Rumiy shunday degan: Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak ya`ni - ?
A:) harakat, pul va obro
B:) sabr, pul va harakat
C:) tarbiya, bilim va diqqat
D:) diqqat, intizom va harakat.
Correct:D
Q:14) Martin Lyuter King shunday deb yozgan: Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida . . . . . . . . . . . . o‘rganmadik.
A:) tinch yashashni
B:) baxtli yashashni
C:) aka-ukadek yashashni
D:) bilim olishni
Correct:C
Q:15) Missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga o‘tkazishga qaratilgan shakli nima deb ataladi?
A:) Prozelitizm
B:) Ksenofobiya
C:) Sekta
D:) Arosat
Correct:A