Jizzax davlat pedagogika universiteti


-Mavzu: Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning umumiy asoslari. Fanning predmeti va vazifalari. (2 soat)



Yüklə 297,5 Kb.
səhifə3/16
tarix06.05.2023
ölçüsü297,5 Kb.
#108819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Мaktabgacha-talim-tarbiy-KECHKI-24-.09.222-2

2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning umumiy asoslari. Fanning predmeti va vazifalari. (2 soat)
Maktabgacha ta’lim tarbiyaning umumiy asoslari. Maktabgacha ta’lim tarbiyaning fani xaqida umumiy tushuncha, fanining predmeti va asosiy vazifalari. Maktabgacha ta’lim tarbiyaning fanining barkamol insonni tarbiyasidagi o’rni. Sharq va G’arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi ta’limotlari. Maktabgacha ta’lim tarbiyaning fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarbiyaning tashkil topishi, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim. (2 soat) Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish haqida. Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanining tadqiqot metodlari.
4-Mavzu: Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar. (2 soat)
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan o’rni. Tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari. Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi kreativligi.Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim tarbiyasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasining o’ziga xosligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog’lom rivojlanishidagi ahamiyati. Maktabgacha ta’lim davrida yosh davrlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Bola shaxsini rivojlanish omillari.
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: irsiyat,muhit,ta’lim-tarbiya. Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o’rni.Bolani tarbiyalash va rivojlanishida faoliyatlarning o’rni.
5-Mavzu: Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri. (2 soat)
Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri. Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulot (faoliyat) turlari. Mashg’ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati. Mashg’ulot jadvali tuzish talablari. Mashg’ulotda tarbiyachining yetakchilik roli. Mashg’ulotga tarbiyachining innovasion yondashuvi.

Yüklə 297,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin