Jami: Ma’ruza-46 soat
Amaliy-52 soat
Seminar-22 soat
V-semestr: Ma’ruza-24 soat
Amaliy-26 soat
Seminar-10 soat
VI-semestr: Ma’ruza-22 soat
Amaliy-26 soat
Seminar-12 soat
Jami: 120 soat
V-semestr
Mustaqil ta’im-60 s
VI-semestr
Mustaqil ta’lim-60 s
240
2.
I. Fanning mazmuni I. Fanning mazmuni. “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlarining belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafakat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e’tiborini uziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta’kidlab o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida: PISA (Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) xalqaro miqyosda o‘quvchilami baholash dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish; “STEAM - ta’lim” (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics -biologiya, matematika) dasturini joriy etish; kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumiy urta ta’limning davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 07 maydagi PQ-4708-son Qarorida Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi: “Matematika (modul-kredit tizimida ham) sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to‘g‘risida rejada matematika o‘qitishda asosiy e’tiborni yangilanishga qaratilganligini ta’kidlash mumkin. Dastur mazmunida talabalar fan bo‘yicha oladigan bilimini zamon talabi darajasiga yetishida, pedagogik texnologiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf oq‘ituvchilari metodik tayyorgarligini yuqori darajada rivojlantirishga erishish kabi eng muhim vazifalarni hal etilishiga qaratilgan.
Fanning maqsadi: bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llay olishini ta’minlash
Fanning vazifasi: talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdеk, maktab darsliklari mazmuni va mеtodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish
Shunigdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni insonparvarlashtirishni;
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) o‘qitishning innovasion, pedagogik va axborot kommunikasion texnologyalar yutuqlari;
6) o‘qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta`minlanishini nazarda tutadi.