Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 237,6 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü237,6 Kb.
#119478
1   2   3
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30--fayllar.org

Usuli jadid maktablari


1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 ta usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” maktablari paydo bo`lishi bilan bu maktablar o`quvchilariga mo`ljallangan ko`plab alifbo va o`qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma`nodagi o`zbek bolalar adabiyotining tug`ilishi deb qarash to`g`ri e`tirofdir. Chindan-da, maktab adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi.
XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan muslamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek
1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.
I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda SHamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir SHakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari aloxida e’tiborga molikdir. Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:
1.Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
2.Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3.Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
SHu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. YAngicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida xam ko’rindi. CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muxarrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «SHuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.
Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam paydo bo’ldi.
Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. CHunonchi, Toshkent politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o’qituvchi Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan. Qo’qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo’lgan. Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti «Taraqqiyparvar» deb atalib, maxfiy ishlar bo’yicha politsiya bo’limining ma’lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan biri Ubaydulla Xo’jayev bo’lgan. SHuningdek, podsho ayg’oqchilari 1909-1916 yillar davomida mudarris va maktab o’qituvchilarining o’lkani boshqarishda isloxotlar o’tkazish kerakligi xaqida targ’ibotlar olib borayotganliklarini bir necha marotaba xukumatga yetkazganlar.
Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarish yuzasidan asosli isloxotlar o’tkazish, o’lkaga
Davlat Dumasidan axoli soniga qarab o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «SHo’roi Islomiya»,
«Ittifoqi muslimin», «Turon» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston Qo’mitasi xam o’lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutmoqda. CHunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. SHu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi.
Ular xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy xujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo’lgan masalalar bo’yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi.
Demokratik xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o’z g’oyalarini xayotga tatbiq etishni mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o’rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik asosda shakllantirilgan Rossiya Ta’sis majlisini chaqirish bilan bog’langanliklari xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda «SHo’roi islomiya»dan «SHo’roi Ulamo» tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta’sis majlisida o’rin olish masalasining muximligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo’shilishiga va «Turk Adami markaziyati» nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining tashkil etilishiga olib keldi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan xokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. SHunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), xujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha, «Ittixodi taraqqiy» (1917-1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol» (1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi» (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o’lkada xokimiyatni qo’lga olish maqsadida faoliyat yuritgan.
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko’nikmay xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar xarakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g’oyaviy raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilishdagi sa’y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik xarakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida isloxotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda Xivada
Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan isloxotlar o’tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o’rin tutadi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Turkistonda jadidchilik G’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
XX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;
1915 yildan 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyatidir.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon halqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 ta bolaning savodini chiqardi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi»degan ma’noni bildiradi.
Ismoilbek G’oyalari yangilanish,yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlari «jadidlar», uning G’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Jadidchilik XIX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤rol havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida yuzaga kela boshladi. U o’sha davrdan
Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi. Jadidchilikning asosiy G’oya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qaloqlik, xurofatlardan ozod qilish, «Usuli qadam»ni inkor etgan holda o’lkani, halqni millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish,konstitutsion parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo’shin tuzish. Bu G’oya va maqsadlar 1917-1920 yillarda «Turkiston» muhtoriyati; Buxoro va Xorazm halq respublikalari davrida, qisqa muddatda va qisman bo’lsa-da amalga oshirildi.
Jadidchilikning mintaqaviy-hududiy tarixiy shakllari: Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤roldagi jadidchilikka Gaspirali Ismoilbey, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy, Rizouddin ibn Fahriddin rahnomolik qilgan;
Turkistonda Munavvar qori, Behbudiy va boshqalar yetakchilik qilishgan; Buxoroda «YOsh buxoroliklar» hukumati, Jum hurrais Usmonho’ja, Fitrat va boshqalar yo’lboshchilik qilishgan; Xiva jadidlariga «YOsh xivaliklar» hukumati, Jumhurrais Xoja Pahlovon Niyoz Hoji yetakchilik qilganlar.
Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti;
I.1885-1895 yillar: G.Ismoilbeyning «Tarjumon» gazetasi ta’sirida Qo’qonda yangi jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan.
II. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri bilan uchrashishi natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A.SHakuriy, S.Aziziy, A Munzim, Mulla Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A.Avloniylar, Qo’qonda Hamza, Namanganda I.Ibrat, So’fizoda va boshqalar siymolarimiz ochgan jadid maktablari o’z faoliyatlarini olib bordilar.
III. 1905-1914 yillar jadidchilikning maktab-maorifidan kengroq gazetachilik, ya’ni ro’znomalar va jadidlarni chop etish, matbaa ishlarini yo’lga qo’yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat maorifni milliylashtirish bosqichi.

Jahon xalqlari bolalar adabiyotlari, jumladan rus va qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining ta’siri


Jahon xalqlari bolalar adabiyotlari, jumladan rus va qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining ilg`or tajribalarini o`rganish va ijodiy o`zlashtirish ham o`zbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirish va rivojlantirishda samarali omil bo`ldi. Bu jarayon XIX asrning so`nggi choragida maktab-maorifsohasida sodirbo`la boshlagan siyosiy-ijtimoiyva ma`naviy-madaniy o`zgarishlar ta`sirida namoyon bo`la bordi, XX asr boshlarida esa hayotiy mazmun kasb etdi.
Ularda keltirilgan she`r va nasriy lavhalar bolalarbopligi bilan ajralib turishidan tashqari, aksariyati I.A. Krilov, A.S.Pushkin, L.N. Tolstoy va K.D. Ushinskiylarning bolalarga atalgan masallari, she`riy ertaklari va hikoyalari tarjimasidan iborat edi. Zotan, XX asr boshlaridagi o`zbek ma`rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandasi, Toshkentdagi yangi usul – “usuli savtiya” maktablarining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o`zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali hissa qo`shgan shoirdir.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda
"Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi.
Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan (yana q. Bolalar oʻyin qoʻshiqlari).
Bolalar oʻyin qoʻshiqlari — folklor janri. Bolalar oʻyini jarayonida aytiladi. Bolalar oʻyinining tarkibiy qismi boʻlib, oʻyin uchun zamin, kayfiyat hozirlaydi, ishtirokchilar harakatini toʻldiradi, dramatik holatni yuzaga keltiradi. Oʻzbek bolalarining koʻplab anʼanaviy oʻyini koʻshiqlari bor. Odatda, bolalar oʻz oʻyinlarini chek tashlash yoki sanamalar ("Bir, ikki ...oʻn olti", "Choriy chambar" va boshqalar), shuningdek "Oʻrta qoʻl topish", "Guldur gup" va boshqa yordamida boshlaydilar.
Oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida "Toʻp", "Toʻp tosh", "Chittigul" kabi oʻyinlar keng tarqalgan va oʻziga xos qoʻshiqdari ham bor. Bolalar oʻz davrasida ularni aytish orqali qoʻshiqchilik mahoratini namoyish etadilar, akalari, kelinoyilari va boshqalarni tasvirlaydilar. Koptok oʻyinida aytiladigan qoʻshiq koptokning yer yoki devorga urilishiga hamohang boʻlib, u orqali yutuqlar soni hisoblanadi. Harakat va ovozning ritmik birligi oʻziga xos musiqiylik yaratib, bolaning oʻyin holatidagi kayfiyatini ifodalaydi. Unda maʼlum tarixiy davr, bolalar oʻsayotgan sharoit, oilaviy muhit va bunga ularning munosabati, shuningdek kayfiyat va kechinmalari yaqqol sezilib turadi.
Bolalar oʻrtasida keng tarqalgan "Oq terakmi, koʻk terak?", "Chuchvara qaynaydi", "Tepdim, sandiq ochildi", "Dumsiz tulki", "Quyonim, quyonim, ne boʻldi" kabi oʻyin va ularning qoʻshiqlari Oʻzbekistonning turli joylarida turlicha nomda uchrasa ham, mazmuni asosan bir xil. Bolalarning oʻzaro muomala madaniyatining oshishi, kirishimlilik, dilkashlik kabi fazilatlarining shakllanishi, shuningdek ham jismoniy, ham maʼnaviy oʻsishida bunday qoʻshiqlar muhim ahamiyatga ega.
Alla – adabiyotning beshigi, butun insoniyatning murgʻakligi adabiyoti. Lekin oʻzi murgʻak emas, yombi adabiyot. Alla qachon paydo boʻlgan? Hech kim bilmaydi, u nihoyatda qadimiy.
Bolalar adabiyoti adabiyotning bolaligi emas, barkamol adabiyotning qaymogʻi, komil mahsulidir. Balogʻatga yetmagan adabiyotda, millatda bolalar adabiyoti alohida shakllanib rivojlanmaydi. Dunyoda shunday nochor adabiyotlar, millatlar hozir ham mavjud. Mustahkam poydevor boʻlmasa, bino barpo qilib boʻlarmidi?
Bolalar shoiri boʻlish mushkul. Buning uchun bolaqalb, bolafeʼl, bolatabiat boʻlish kerak. Ayniqsa, eng kichik yoshdagi bolakayga moslab sheʼr yozib koʻring-chi, uning dilini toping-chi, tilini toping-chi…
Odam jismonan baquvvat, bilimli, har ishda chaqqon, epchil boʻlishi mumkin. Ammo oqkoʻngil, iymon-eʼtiqodli, insonparvar, yurtparvar boʻlmasa, hayotda oʻzidan yaxshi nom, yaxshi iz qoldirolmaydi. Adabiyot va sanʼat bolaning ana shunday goʻzal tuygʻular, fazilatlar sohibi boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, ayniqsa, bolalar adabiyoti va uning jonkuyarlarining xizmati kattadir.
Bolalar adabiyotida Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab kabi shoir va yozuvchilarning bolajonlarga tuhfa etgan asarlari adabiyotimizda salmoqli oʻrin tutadi. Bu roʻyxatni bugun Tursunboy Adashboyevning nomisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Oʻspirinlik paytimizda Tursunboy Adashboyevning sheʼrlarini koʻp oʻqiganmiz, yod olganmiz. Negadir sheʼrlardagi satrlar xotiramizga tez oʻrnashib qolardi. Keyinchalik uning sheʼrlari bolalar yaxshi koʻradigan shirinlikdek totli ekanligi, shu bois yodlash, maʼnosiga yetish osonligining siridan voqif boʻldik.
Shoir sinchkov kuzatuvchi, bolalarni jondan sevuvchi ijodkor ham. Shu bois quvnoq yumor, samimiy hazil moʻl sheʼrlarida bola tabiati koʻzgudagidek koʻrinadi: sheʼrlarda bola oʻz ichki olami aksini koʻradi, goho harakatlarini shoirbobo koʻrib turganidan xijolat tortadi, bilib qolibdilar-da, deb oʻylasa, ehtimol. Ha, shoirbobo bolalarni, ularning feʼl-atvorini, orzu-maqsadlarini bilib turadigan bolaqalb shoir.

XX asrning 20-30 yillarida


O`zbek bolalar adabiyotining shakllanish jarayoni XX asrning 20-30 yillarida, ayniqsa, jiddiy tus oldi, tezlashdi va keng qamrov kasb eta bordi. Asosan, she`riyat va hali hikoyachilik doirasida qolib kelayotgan bolalar adabiyoti bu davrga kelib, xalq ijodiyotiga keng va chuqur murojaat qilishga kirishib, o`z janriy imkoniyatlarini adabiy ertakning she’riy ertak, nasriy ertak, ertak qissa, dramatik ertak singari xilma-xil oraliq shakllari bilan boyitish va to`ldirishga muvaffaq bo`la boshladi.
Aslida XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning 10-yillarida fors-tojik shoiri Ubayd Zokoniyning "Mushuk ila sichqon" qissasi(Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyondalari I.A.Krillov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o`zbek tiliga o`girila boshlanganligi, shuningdek, Said Rasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning voqeaband she`rlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan "Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi" she`riy ertagi, qolaversa,
Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan"Jinlar bazmi" va Abdurauf Fitratning "Qiyomat" nasriy adabiy ertaklaridan o`z sarchashmasini olgan folklor syujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu asosda realistik o`zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati 30-yillar arafasi va davomida chinakkam yangi bosqichga ko`tarildi.
Ikkinchidan, 30-yillarning boshlarida "Bolalarga ertak kerakmi? Sehrli-fantastik ertaklar ular tarbiyasiga zararli emasmi?",- degan mavzularda boshlangan qizg`in bahs xalq ertaklariga munosabatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi. Natijada, xalq ertaklari syujetlarini turli shakllarda ijodiy interpretatsiya qilish va shu asosda bolalarni xalq fantaziyasi olamiga olib kirish bir muncha jonlandi. Bu hol bolalar epik poeziyasining yuksalishi va dramaturgiyasining oyoqqa turishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Bolalarga atalgan badiiy adabiyot yaratish an`anasinng dastlab, adabiy ertak shaklida Daniel Defo, Jonatan Svift, Jan de Lafonten, Sharl Perro, Erix Rapse, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Vilgelm Gauf, Hans Kristian Andersen, Karlo Kollodi, V.Jukovskiy, P.Yershov va boshqalar ijodiyotida keng miqyosda namoyon bo`lganligi va o`zbek bolalar adabiyoti vakillarining ular tajribalarini ijodiy o`zlashtira boshlashlari jarayon qiyofasini belgilay berdi. Natijada, folklor va yozma bolalar adabiyoti munosabatlari ikki tomonlama chuqurlashishga kirishdi.

GLOSSARY


1. Adabiyot - Boshqa sahifalarda ko'rsatilgan tarixiy, ijtimoiy va madaniy muhitda yaratilgan asarlar to'plami.
2. She'rlar - O'zbek adabiyoti asosiy janrlaridan biri bo'lib, nazm shaklida yaratilgan ifodalarni o'z ichiga oladi.
3. Hikoya - Qisqa ko'chirib yuborish, mazmunli voqealar, fantastik voqealar yoki o'ta rivojlanishga oid hadisalar orqali insonning dunyodagi muammo va muhitini tasvirlaydigan adabiy uslub.
4. Roman - Uzun mavzu va plotga ega, murakkab siyosiy, ijtimoiy yoki psixologik muzokaralar orqali asoslangan adabiy asar.
5. Navoiy - O'zbek adabiyoti va adabiy tilining turli sohalarida faol ishtirok etgan asar ustalari to'plami.
6. Nasr - Adabiyotning badiiy turlaridan biri, odatda nazmga qaraganda eng ko'p mazkur bo'limlar.
7. Drama - Oyinlar, teatr o'chilish, teatr repertuari va aktyorlar tomonidan ifodalangan adabiy janr.
8. Umid - Istak va nozik ma'no qilishga xos adabiy janr, yig'ilish va o'ltin yoshda yosh.
9. Iqbol - O'zbek adabiyotida sher, hikoya, muqaddima va odatlar mavzusida mashhur bo'lgan adabiy shaxs.
10. Maqola - Adabiyot, ilmiy, ijtimoiy yoki siyosiy mavzularga oid chop etilgan kichik hajmdagi shakllardan biri.
11. Ustoz - Adabiyot yoki fan sohasida yuqori darajadagi bilim va tajriba egasi bo'lgan shaxs.
12. Afsana - Qisqa hikoya, oddiy voqealar, qahramonlarning psixologiyasiga oid mavzular orqali tabiatning ijtimoiy muhitini tasvirlash.
13. Sho'ro - Qahramonlar va yaratuvchilarning so'zlari yoki musiqaviy vositalar orqali ifodalangan adabiy janr.
14. Sharq adabiyoti - Sharq davlatlarining adabiyoti, tarixi, madaniyati va san'ati.
15. Kitobxon - Kitob o'qish, kutubxonaga o'tish va kitobga oid masalalar bilan shug'ullanuvchi shaxs.

MAVZUGA OID TEST


Adabiyot mavzusida test:
1. Adabiyotning asosiy janrlaridan biri qaysidir?
A) She'rlar
B) Roman
C) Hikoya
D) Drama
Javob: A) She'rlar
2. O'zbek adabiyoti ustalarining to'plami qaysi nom bilan ataladi?
A) Navoiy
B) Iqbol
C) Sho'ro
D) Ustoz
Javob: A) Navoiy
3. Adabiyotda maqola qaysi mavzularga oid bo'lishi mumkin?
A) Adabiyot
B) Ilmiy
C) Ijtimoiy
D) Barchasi to'g'ri
Javob: D) Barchasi to'g'ri
4. Afsona qaysi xususiyatlarga ega?
A) Qisqa hikoya
B) Oddiy voqealar
C) Psixologik mavzular
D) Barchasi to'g'ri
Javob: D) Barchasi to'g'ri
5. Sharq adabiyoti qaysi davlatlarning adabiyoti, tarixi va madaniyati haqida ma'lumot beradi?
A) Qozog'iston
B) Hindiston
C) Tojikiston
D) Barchasi to'g'ri
Javob: D) Barchasi to'g'ri
Bolalar adabiyoti mavzusida test:
1. Bolalar adabiyotida qaysi janr ko'p tarqalgan?
A) Hikoya
B) She'rlar
C) Roman
D) Drama
Javob: A) Hikoya
2. Bolalar adabiyotining mashhur muallifi kim?
A) Navoiy
B) Iqbol
C) Sho'ro
D) Alisher Navoiy
Javob: C) Sho'ro
3. Bolalar adabiyotida o'qishga oid asosiy mavzular qaysilardir?
A) Kitobxon
B) O'qish
C) O'yinlar
D) Barchasi to'g'ri
Javob: D) Barchasi to'g'ri
4. Bolalar adabiyotida tasvirlovchi mavzular qaysilar?
A) Tabiat
B) Hayvonlar
C) Muxtadir
D) Barchasi to'g'ri
Javob: D) Barchasi to'g'ri
5. Bolalar adabiyotida ishlatiladigan shakllardan biri qaysi?
A) Qissa
B) Sho'ro
C) Maqola
D) Barchasi to'g'ri
Javob: A) Qissa
D) Navoiy haqida test:
1. Alisher Navoiy qaysi davrda yashagan?
A) IX asr
B) XIV asr
C) XV asr
D) XVI asr
Javob: C) XV asr
2. Navoiyning asosiy yaratilish maqsadi qaysi?
A) Tarixiy kitoblar yaratish
B) Sharq adabiyotini o'rganish
C) Turkiy tilini o'rganish
D) O'zbek adabiyotini rivojlantirish
Javob: D) O'zbek adabiyotini rivojlantirish
3. Navoiyning qaysi asarida ushbu iboralar topiladi: "Har bir masjid orqasida ilm o'qilsa?"
A) "Muhokamatlar"
B) "Hayratul-abror"
C) "Xamsa"
D) "Lison ut-tayr"
Javob: C) "Xamsa"
4. Navoiyning "Xamsa"sida qaysi hikoyalar to'plangan?
A) "Hayratul-abror"
B) "Majnun va Layli"
C) "Farhod va Shirin"
D) "Sabai Sayyor"
Javob: B) "Majnun va Layli"
5. Navoiyning asosiy maqolalaridan biri qaysi?
A) "Muhabbatnoma"
B) "Risola"
C) "Mahbubul-qulub"
D) "Munazara"
Javob: A) "Muhabbatnoma"

Mavzu bo‘yicha savollar


1. Umid adabiyoti qaysi ma'no qilishga xosdır?
Javob: Istak
2. Umid adabiyotining mashhur asari qaysi?
Javob: "Yosh umid"
3. Umid adabiyoti qaysi yosh guruhiga maqsadlangan?
Javob: Yoshlar
4. Umidning boshqa nomi qaysi?
Javob: Umidning bahori
5. Umid adabiyotida asosiy mavzu qaysi?
Javob: Istaklar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O'zbekiston Milliy Entsiklopediyasi, 2018.
2. Adabiyotshunoslik tarixi. Toshkent: O'zbekiston Milliy Kutubxonasi, 2007.
3. O'zbek adabiyoti antologiyasi. Toshkent: Sharq, 2019.
4. Navoiy, Alisher. "Xamsa". Toshkent: O'zbekiston Milliy Kutubxona Nashriyoti, 2016.
5. Sho'ro, Xurshid. "Bolalar adabiyoti". Toshkent: Sharq, 2017.
6. Umarov, Shukur. "Umid adabiyoti". Toshkent: Adabiyot va San'at, 2015.
7. Hamidov, Baxtiyor. "Adabiyot nazariyasi". Toshkent: O'zbekiston, 2014.
8. Allabergenov, Munojot. "O'zbek adabiyotining asosiy janrlari". Toshkent: O'zbekiston, 2019.
9. Qarshiyev, Alisher. "O'zbek adabiyoti haqida". Toshkent: O'zbekiston Milliy Kutubxonasi, 2013.
10. Aslov, Izzat. "Adabiyot tarixi". Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.

INTERNET MANBAALARI


1. "O'zbek adabiyoti" - O'zbek adabiyoti tarixi, janrlari, mashhur asarlar va adabiy shaxslar haqida ma'lumotlar beruvchi O'zbek adabiyoti haqida internet sahifasi.
https:// www.adabiyot.uz
2. "Alisher Navoiy haqida" - Alisher Navoiyning hayoti, asarlarining tahlili, shoirlik mahorati va qadriyati to'g'risida ma'lumotlar taqdim etuvchi Navoiy haqida internet sahifasi.
https:// www.navoiy.uz
3. "Bolalar adabiyoti" - Bolalar adabiyotining mavzulari, janrlari, mashhur asarlar va bolalar uchun adabiyot resurslari haqida ma'lumotlar beruvchi internet sahifasi.
https:// www.bolalaradabiyoti.uz
4. "Umid adabiyoti" - Umid adabiyotining ma'nosi, yaratuvchilari, asosiy mavzulari va ustozlar tomonidan yaratilgan asarlar haqida ma'lumotlar taqdim etuvchi internet sahifasi.
https:// www.umidadabiyoti.com
5. "Sharq adabiyoti" - Sharq davlatlarining adabiyoti, shoir va yozuvchilari, tarixi asarlari va uslubiy xususiyatlari haqida ma'lumotlar taqdim etuvchi internet sahifasi.
https:// www.sharqadabiyoti.org
6. "O'zbek adabiyoti antologiyasi" - O'zbek adabiyotidan namunalar to'plami, sevimli asarlar, qo'shiqlar va adabiyot ustozlari tomonidan yaratilgan tanlovlar haqida ma'lumotlar beruvchi internet sahifasi.
https:// www.adabiyotantologiyasi.uz

Yüklə 237,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin