́k (belgi, sifat); gullár (ot, “ko‘p gul” ma’nosida), gúllar ( fe’l,
“gullamoq”).
• Gapning maqsadga ko‘ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita
bo‘lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi?
(so‘roq gap).
• So‘z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida
fikr yuritildi. Lug‘at tarkibidagi barcha so‘zlar, grammatik shakllar ana shu
fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi.
Ayrim hollarda o‘xshash bo‘lgan (omonim) so‘zlarning ma’no va grammatik
shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg‘u) fonetik vosita bo‘lishi mumkin.
21
Izohlar : 1. Sof ko‘makchilar bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘ini
urg‘u oladi: Osm
o
n uzra.
2. Bir bo‘g‘inli so‘zlar sof ko‘makchilar bilan qo‘llansa, urg‘u oladi : Y
e
r uzra.
3. –gina qo‘shimchasidan keyin qo‘shimcha qo‘llansa, urg‘u oladi : Bola
gina
+m
mening…
4.
Qazilma, qurilma, qazilma, qo‘llanma, qurama
kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini
urg‘u oladi, chunki ularning fe`l shakli yo‘q, ular ot so‘z turkumida.
O‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan
so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega. Bu urg‘uning o‘sha tillardagi ahamiyati bilan
bog‘liqdir. Masaian: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va h.k.
Urg‘u ikkiga bo‘linadi: 1. So‘z (leksik)urg‘usi. 2. Ma'no (frazaviy, mantiqiy)
urg‘usi. So‘z urg‘usi so‘zdagi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. A’kademik litsey,
akade’mik shoir.
Ma'no urg‘usi gapdagi ma'lum bir so‘zning boshqalariga nisbatan ta'kidlab, ajratib
aytilishini ta'minlaydi. Masalan: Samarqandda (boshqa biron bir shaharda emas)
afsonaviy obidalar ko‘p.
Quyidagi qo‘shimchalar urg‘u qabul qilmaydi:
1. -ta beshta
2. -tacha o‘ntacha
3. -dek, -day shamolday, onamdek
4. -ov, -yev, -yeva Samandarov
5. -man,-san,-miz,-siz,-dir;
6. -ma tegma
7. -mi.-chi,-ku,-da,-u,-yu,-gina…..
«So‘z juftlarini davom ettir» o‘yinida o‘quvchilarga san’at- sanat, tal’at-talat,
qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tab singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni
davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini
belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 ta so‘z juft) yetkazgan o‘quvchi g‘olib deb
22
topiladi. Ushbu o‘yin o‘quvchilarning fonetik bilimlarini mustahkamlash bilan bir
qatorda, zukkolik, epchillik, topqirlik qobiliyatlarini ham yuzaga chiqaradi.
«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh
so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha
davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.
Tavsiya etilgan so‘zlar:
• bosh, tosh, osh, qosh, yosh, fosh;
• bol, pol, tol, sol, qol, mol, hol, xol.
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq
berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan
bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini
qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan
egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so‘zning
ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri
yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki,
mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi
haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va
imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar
savodxonligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon
kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir,
muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib
aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan
so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga
shunday so‘zlarning yozilishini o‘rgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga
orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar
talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida
berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan
jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida
23
aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli
va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush
holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar
orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va
jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga
qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n
undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va
ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot
beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining
orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.
Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita.
Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli,
grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga
bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu
bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy
o‘rinni egallab, so‘z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy
tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib
ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish
choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika
va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning
barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o‘quvchilar
ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil
qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o‘, i — u, a — i kabi juftlar bilan
farqlanuvchi so‘zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir
guruhlardagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi
bo‘g‘inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan
so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish,
mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular
ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning
qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni
24
cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul
ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani
o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh
tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga
qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari
ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u
— o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni
izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar
talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i
— u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x
tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘
tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o‘ta qisqa va aniq talaffuzi
ustida ishlash.
Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun
misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib
tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va
yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy
islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga
oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq
ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani
rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga
oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga
yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish
uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus
o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib qolmoqda.
25
Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni
ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa,
ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til
fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi
shubhasizdir.
Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So‘ng tushunchangizni so‘zlab
bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan
iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. Uning
nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda ifodalovchi
belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning lug‘at tarkibini
o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va so‘zning tarkibi
morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.
1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan
tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u.
2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan
shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r;
Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh.
3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni
so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring.
Biror matnni o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va
so‘z tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli
o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap
mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang.
4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. Ularda
qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting.
Masalan: ranj/ganj; r va g tovushlari ma’no farqlashga xizmat qilmoqda
5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling va
dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil
qiling.Ish desa, ayyor, Sher izini it bosmas.Osh desa, tayyor.
26
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar
6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq
tovushlarini
ajrating.
So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida
tushunchangizni bayon qiling.
Dostları ilə paylaş: |