Jizzax davlat pedagokika



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#103969
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagokika

jannatmakon, o‘lka so‘zlariga, bu so‘zlar, o‘z navbatida, O‘z-be-kis-ton, 
jan-nat-ma-kon, 
o‘l-ka bo‘g‘inlariga, bo‘g‘inlar esa o‘-z-b-e-k-i-s-t-o-n 


15 
j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o‘-l-k-a singari tovushlarga bo‘linadi. Bo‘linishning oxirgi 
nuqtasi bo‘lgan, 
boshqa mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin bo‘lmagan nutq 
bo‘lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush 
hisoblanadi va u bilan bog‘liq hodisalar 
tilshunoslikning 
fonetika
 bo‘limida o‘rganiladi. Fonetika so‘zi esa yunoncha 
phone 
– «tovush» 
so‘zidan olingan. 
Fonetika bo‘limida quyidagilar o‘rganiladi : 
1.Nutq tovushlari; 
2.Nutq a’zolari; 
3.Bo‘g‘in; 
4.Urg‘u; 
5.Tovush o‘zgarishi hodisalari; 
6.Ohang (intonatsiya). 
Fonetika bo‘limi o‘z zimmasiga quyidagi vazifalarni oladi:  
- o‘quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish;
- imlo savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, ko‘nikma va malaka 
silsilasi bilan qurollantirish;
-so‘z zahirasini oshirish;
-so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarni rivojlantirish;
- badiiy o‘qish malakalarini takomillashtirish;
- fonetikadan fikrni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish uchun zarur bo‘lgan 
ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;
- o‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotlar bilan ishlash malakalarini 
rivojlantirish.
Bu bo‘limlarning izchil kursi “Fonetika va grafika”, “Nutq tovushi va harf”, 
“Unli tovushlar”, “Nutq a’zolari”, “Lab tovushlari”, “Til tovushlari”, “Burun 
tovushlari”, “Bo‘g‘iz tovushi”, “Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi”, 


16 
“O‘zbek alifbosi”, “Talaffuz va imlo me’yorlari”, “Unlilar talaffuzi va imlosi”, “A 
va o unlilari talaffuzi va imlosi”, “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi”,
“Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi”, “Harflar birikmasi va imlosi” singari 
mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Surat asosida bir yoki ikki unli va undoshlar bilan farqlanuvchi so‘zlar tuzing
Tovush 
Tovush bilan fonemani o‘zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik 
jihatdan bo‘linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har 
qanday so‘z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini 
ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odamomad, moda singari boshqa-boshqa 
ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi. So‘zlar tovush tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 
Nutq Unli tovush talaffuzi – adabiy tilda unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish 
qoidalari, orfoepik me’yorlari.
I unlisi:1) bir bo‘g‘inli so‘zda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi: til, tish, bil, sir 
kabi;
2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘on talaffuz etiladi: qish, 
g‘isht, xil kabi;
3) y, ng undoshlaridan oldin ingichka va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi: chiy, kiy, 
ming kabi;
4) l, r undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi bilan, 
biroq, sira, tilak, gilam, gilos kabi.
U unlisi: 1) k, g, y undoshlaridan keyin ingichka kul, atirgul, yuk, kabi; q, g‘, x 
undoshlaridan so‘ng esa yo‘g‘on talaffuz qilinadi: qulnorg‘ulxulq kabi;
2) -uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, to‘quvchi, 
oluv, qo‘shuv kabi.talaffuzi
O‘ unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zning urg‘usiz 
bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: bo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq kabi;
2) takroriy shaklning birinchi komponentida (urg‘uli bo‘g‘inda) cho‘ziq talaffuz 
qilinadi: ko‘p-ko‘p, zo‘r-zo‘r, mo‘l-mo‘l kabi;


17 
3) sayoz til orqa k, g, til o‘rta y va bo‘g‘iz undoshi (h) dan so‘ng torroq unli tarzida: 
ko‘lgo‘r, ho‘l, yo‘l kabi; chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kengroq unli 
tarzda talaffuz etiladi: qo‘l, g‘o‘r, xo‘r, qo‘r kabi.
E unlisi: so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (erkin, ekin, eslamoq kabi), bo‘g‘in 
ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin, sekin kabi) talaffuz qilinadi. E unlisi feruz, 
dehqon, telefon, adres so‘zlarida i tovushiga yaqin aytiladi.
A unlisi: sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq va 
ingichka unli tarzida (kamgap kabi) talaffuz qilinadi.
O‘quvchilar nutqini tovushdosh so‘zlar bilan boyitishda, ayniqsa, tovush juftlari 
ustida olib boriladigan ishlar yaxshi samara ko‘rsatadi. Chunonchi, u-o‘ (un-o‘n, 
ul-o‘l, o‘r-ur, uq- o‘q, bur-bo‘r, tur-to‘r, sur-so‘r, qur-qo‘r, yul-yo‘l yuq-yo‘q, 
qul-qo‘l, yundi-yo‘ndi; va h.k.) u-i (bur-bir, sur-sir, tur-tir va h.k.); u-o (bur-bor, 
tur-tor, qur- qor va h.k.); i-e (bir-ber, tir-ter, it-et va h.k.); p-b (pir- bir, pol-bol, 
put-but va h.k.) kabi so‘z juftlari ustida ishlash o‘ta foydalidir. 
«Berilgan so‘zlarga (masalan, ko‘l, mo‘l va h.k.) tovushdosh so‘zlar top» 
o‘yini. O‘quvchilarga berilgan so‘zlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi 
tovushlarini o‘zgartirib tovushdosh so‘zlar (masalan, ko‘l-kul, qul-qil, qol-hol va 
h.k.) hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib bexato bajargan 
o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi. 
«Ikkala bo‘g‘inida bir xil unli bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing» o‘yinida 
birinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham bir xil unli qo‘llaniladigan 
so‘zlarni (masalan, tutun, butun, uzun, quzg‘un, burgut, uyg‘un, tuyg‘un, mushuk, 
ustun, uyg‘ur, uchun, uzum, tushum va h.k.) topish va so‘zlar ro‘yxatini muayyan 
miqdorga yetkazish topshiriladi. Belgilangan miqdorda eng ko‘p so‘z topa olgan 
o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin