Jizzax davlat



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə2/2
tarix25.03.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#89844
1   2
(Spireae L.)

Asosiy qisim............................................................................
I. BOB. ADABIYOTLAR SHARHI...................................
Adabiyotlar sharhi................................................................
II. BoB. BAXMAL TUMANI GEOGRAFYASI................
II. I. Baxmal tumani florasi................................................
II. II. Baxmal tumani iqlimi................................................
III. BoB. RA’NODOSHLAR OYLASIGA UMUMIY TASNIF SPIREAE L . TURKUMINING SISTEMATIK O’RNI TARQALISHI VA ASXAMIYATI....................
III. I. Ra’nodoshlar oilasiga mansub ( Spireae L. ) turlariga umumiy tasnif................................................
III. II. Spireae L. Turkumining sistematikasi............. III. III. Spireae L. turkumi turlarining tabiatda tarqalishi................................................
III. IV. Spireae L. Urkumi turlarining dorivorligi..............
IV. BoB. BAXMAL TUMANIDA SPIREAE L. TURKMI TURLARINING O’QITISH METODIKASI.............
IV. I. Inavatsion metodlardan foydalanish...............................
IV. II. Tobulg’i turkumi (Spireae L.) haqida 1 soatlik dars ishlanma............................................
XULOSA...............................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.........
ILOVALAR..........................................................................

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyodagi iqlim o'zgarishlari, antropogen, biotik va abiotik omillar ta'siri natijasida ekotizimlarda sodir bo'layotgan transformatsiya jarayonlari mahalliy biologik xilma-xillik, xususan, turlar tarkibini aniqlash hamda o'simlik dunyosi ob'ektlarini biohujjatlashtirish tadqiqotlariga yanada katta e'tibor qaratish lozimligini talab etmoqda. Bioxilma-xillikning global baholash UNEP ma'lumotlariga ko'ra «... bugungi kunda turli omillar natijasida 30 000 dan ortiq o'simlik va hayvon turlari yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi, oxirgi 400 yil ichida 654 o'simlik turlari yo'qolib ketgan». Shu nuqtai nazardan, bioxilma-xillikni o'rganish, mahalliy floralardagi turlar tarkibini ro'yxatga olish, kamyob turlarning zamonaviy holatini aniqlash va saqlab qolish zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammolarni hal qilishda o'ziga xos endem va relikt turlarning boy tarkibiga ega mintaqalarning taksonomik xilma-xilligini ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy metodlari yordamida aniqlash, flora genezisi va endemizm fraktsiyalarning shakllanish markazlarini o'rganishni taqozo etmoqda. Uning florasi tarkibini aniqlash, botanik-geografik rayon sifatida chegaralarini aniqlash, kamyob va yo'qolib ketayotgan, endem turlar populyatsiyalarining zamonaviy holatini baholash, floraning ma'lumotlar elektron bazasini tuzish O'zbekiston milliy florasidagi o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishlariga mosligi;
Jizzax Davlat pedagogika institutining «Uzluksiz ta'lim tizimini texnologiyalashtirishning dolzarb muammolari» bosh ilmiy mavzusi (2016.02), O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi, Qo'riqxonalar, milliy tabiat bog'lari va ovchilik xo'jaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejasi asosida ( 26.02.2016y .) bajarildi.
Malakaviy bitiruv ishining mavzusi "Turkiston tog' tizmasida tarqalgan Tobulg'i (Spiraea L) turkumining morfo-biologik xususiyatlari va senopopulyatsiyalari.
Malakaviy bitiruv ishining maqsadi. Turkiston tog' tizmasida tarqalgan senopopulyatsiyalari bo'lib tizmada tarqalgan turkum turlarining biologik morfologik xususiyatlarini aniqlash o'simlik jamoalari bilan senopopulyatsiyalarini tahlil qilish hamda o'simliklar qoplamidagi o'rnini aniqlashdan iborat.
Ilmiy tadqiqot ishining vazifalari. Bu ilmiy tadqiqot ishidan maqsad Spirae 1. turkumi vakillarining biologik xususiyatlarini o'rganish va shu asosida turli xil hududlarda eng manzarali turlarini ekib o'stirishni yo'lga qo'yish, hamda uning boshqa biologik xususiyatlrini o'rganish va shu xususiyatlaridan inson ehtiyojlari uchun samarali foydalanishni yo'lga qo'yish va bundan tashqari ekologiya va atrof muhitga naf keltirish.
Bu maqsadni amalga oshirishda bizning oldimizda bir qancha muhim - adabiyotlar, internet ma'lumotlari va professor o'qituvchilardan Spirae
vazifalar turibdi. Xususan:
- adabiyotlar, internet ma’lumotlari va professor o’qtuvchilardan Spireae L. turkumi haqida ma'lumotlar to'plash.
- ilmiy rahbarim b.fn Dilfuza Imomovaning ilmiy tatqiqot bo'yicha ko'rsatma va masihatlarini olish.
"O'zbekiston o'simliklari aniqlagichi" asosida shahar hududida va tog'larda tabiiy holda o'suvchi turlarini aniqlash hamda ro'yxatga olish. Bunda asosan Jizzax viloyati hududlari hamda Qashqadaryo viloyati hududlarida tarqalgan turlarini tatqiq qilish maqsad qilingan. aniqlangan turlarning hududlar bo'yicha ekologik farqlarini kuzatish va ro'yxatga olish.
-o'simlikning o'sish sharoitlarini o'rganish.
-o'simlikning organlarini kuzatish va tahlil qilish.
-to'plangan barcha ma'lumotlarni diplom ishi holiga keltirish.
Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy yangiligi va ahamiyati
Izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, Spiraea L. turkumiga oid o'simliklarning akssariyati buta ko'rinishidagi manzarali o'simliklar ma'lum bo'ldi. Spiraea L. turkumi manzarali o'simlik bo'lgani uchun undan ko'cha va choyxonalar atroflariga ekilsa o'ziga xos ko'rk bag'ishlaydi. Bir-biriga zich joylashib o'sgani uchun undan to'siqlar sifatida ham yuborish mumkun. tomonga yapon spireiasi (Spiraea japonica L.) ko'p tarqalgan bo'lib to'siq hamda manzara sifatida ekish holga aylangan, ekologik sharoitga egaligi ham yaxshi namlik kam bo'lgan sharoitda ham o'sa oladi, ildizlari ko'p tarmoqlanishi tufayli. namlik kam bo'lgan tuproqdan ham suv to'play oladi. Bundan tashqari Spiraea L. turkumi vakillaridan dori-darmon sanoatida ham foydalanilar ekan, o'ziga xos efir moyiga ega mevasidan dorishunoslikda kengilar ekan.
Tadqiqot ob'ekti. Turkiston tog' tizmasi botanik geografik tahlili o'simliklar qo'plami, Milliy gerbariydagi namunalar.
Tadqiqot predmeti. Turkiston tog' tizmasida tarqalgan Tobulg'i (Spiraea L) turkumining konspekti, taksonomiyasi, geografiyasi, senopopulyatsiyaning qiyosiy tahlili.
Kutilayotgan ilmiy tadqiqot: Turkiston tog' tizmasida tarqalgan turkumpira (S) tobulg'i (S) morfo-biologik tahlilni ishlab chiqish, senopopulyatsiya qilish va o'simliklar qo'plamidagi o'mini aniqlashdan iborat.
Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin