Jizzax filiali


Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari



Yüklə 119,82 Kb.
səhifə2/7
tarix22.04.2023
ölçüsü119,82 Kb.
#101622
1   2   3   4   5   6   7
1 topshiriq (1)institutsionali

3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari
O`rganish sohalari va ob’ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki, neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha muhim g`oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to`plami sifatida namoyon bo`ladi.Neoinstitutsionalizmning asosiy yo`nalishlari ichida o`z mohiyatiga ko`ra ko`p jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin
-mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets,
R.Pozner, S.Peyovich va Ye.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo`ldi;
-transaksiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort –
iqtisodiy tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo`lib xizmat qildi –
M.Aoki, A.Alchiyan va G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling,
O.Uilyamson, Yu.Fama;
-ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson
–byurokratiya nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolariqtisodiy nazariyasi – G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korrupsiya iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger, J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot neoinstitutsional konsepsiyasining davomi bo`ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart,
T.Shanin, F.Shnayder;
-
D.Nortning institutsional evolyutsiya konsepsiyasi yangi iqtisodiy
tarixda o`z ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va b.
Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov,
O.S.Suxareva, A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovseva, A.Ye.Shastitko
va boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56].
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan,
L.Kosals, A.Oleynik, V.Radayev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida
o`z aksini topgan .
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o`tilgan yo`nalishlari o`rtasida ko`plab
farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni
ajratadi :
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar
va shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko`rinishda
modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko`proq neoklassik modelda
mulk huquqlarining eng na’munali yo`lidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, to`liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari
to`g`risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy
transaksiya xarajatlarining oqibatlari o`rganilmoqda.
Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o`lchov – narx va sifat
o`lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy
natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o`zgarishlarining
oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to`liq
shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to`liq uyg`unlikka
erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda
juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik teslashga katta e’tibor qaratiladi (bu
ayniqsa o`tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil qilishda, masalan xufyona
sektorni o`rganishda, turli ma’muriy to`siqlarning samaradorligini tadqiq etishda
ko`zga tashlanadi).


Yüklə 119,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin