Jizzax Politexnika instituti Servis fakulteti Menejment yo’nalishi 521-19 guruh talabasi Berkinov Elbekning Innovatsion menejmenent



Yüklə 153,9 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü153,9 Kb.
#98137
  1   2   3
9-mavzu


Jizzax Politexnika instituti
Servis fakulteti Menejment yo’nalishi
521-19 guruh talabasi
Berkinov Elbekning
Innovatsion menejmenent fanidan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Kattakishiyev Beknazar
MAVZU: INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
Reja:
1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari
2. O‘zbekistonda innovatsiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish metodlari
3. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishning xorijiy tajribalari
4. Amerika qo‘shma shtatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish xususiyatlari
5. Yaponiyada innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
6. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish.
7. Xorijiy mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasini ishlab chiqish
Innovatsiyani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash
Davlat innovatsion siyosati uchta bosqichdan tashkil topgan
Innovatsion faoliyatni faollashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga erishishga amaliy ta’sir ko‘rsatish
Davlat innovatsion siyosati – bu innovatsion faoliyatni faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar yig‘indisidir, bundan tashqari innovatsion faoliyat natijalaridan mamlakatning ijtimoiy– iqtisodiy rivojlanishida va jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishda keng foydalanishdir.
Innovatsion siyosatning shakllanish metodlari, sharoitlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan innovatsiyani qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Innovatsiyani davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan tashkil topgan:
1) perspektiv yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish, amaliy) rivojlanishini qo‘llab quvvatlash;
2) innovvatsion faoliyatni mutaxassislar bilan ta’minlash;
3) innovatsion faollikni oshirishga yo‘naltirilgan turli xil dasturlarni ishlab chiqish;
4) alohida firma (korxonalar)ning innovatsion faoliyatining samaradorligini oshirishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi fiskal va boshqa dastaklarni davlat tomonidan tartibga solish;
5) fanning turli sohalarining (akademiya, tarmoq va oliy o‘quv yurti) o‘zaro aloqasini samarali tashkil etishda davlat vositachi sifatida ishtirok etishi va oliy o‘quv yurtlari (universitet, institut, akademiya) bilan sanoat korxonalari orasidagi innovatsiya ishlamalari bo‘yicha korporatsiyani rag‘batlantirish;
6) innovatsion ishlamalarga davlat buyurtmalarini shakllantirish;
7) viloyatlardagi innovatsion faoliyatni tartibga solish;
8) innovatsion faoliyatni huquqiy bazasini yaratish;
9) innovatsion jarayonlar bo‘yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish.
Innovatsion faoliyat bo‘yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish shakllari turli xildir. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
a) xorijiy innovatsion investitsiyalarni rag‘batlantirish;
b) hamkorlikning eng perspektiv va ustivor yo‘nalishlarini asosli tanlash;
c) innovatsion ishlamalarni eksport nazoratidan o‘tkazish;
d)xalqaro kichik innovatsion tadbirkorlik aloqalarini qo‘llab quvvatlash;
e) hamkorlikda bajarilayotgan innovatsion loyihaning ishtirokchi davlatlarga (korxonalarga) maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo‘llash;
f) mamlakatga xalqaro standart va normalarni joriy qilish
Ma’muriy

Yüklə 153,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin