AQShda innovatsion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:
·Amerika ilmiy fondi (fundamental tadqiqotlarni boshqaradi);
·Amerika ilmiy kengashi
·Milliy kosmik agentligi (NASA);
·Milliy standartlar byurosi;
·Sog‘liqni saqlashning milliy instituti;
·Mudofa ministrligi;
·Sanoat tadqiqotlarining milliy markazi,
Milliy fanlar akademiyasi;
·Milliy texnik akademiya;
·Fan rivojlanishini qo‘llab quvvatlovchi Amerika assotsiatsiyasi.
Yaponiyada ITS davlat tomonidan boshqarishning tashkiliy tuzilishi
Texnopolislarni tashkil etish loyihasi - Yaponiya hukumatining «olti maqsadli» strategiya dasturining muhim bir yo‘nalishidir. Uning asosiy maqsadi - texnologik sardorlar qatorida o‘zining mustahkam joyini saqlab qolishdir. Loyiha markaziy va mahalliy organlar va akademik soha xodimlari tomonidan Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi tashabbusi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Yaponiya texnopolislari bo‘yicha amerikalik mutaxassis Sh.Tatsunoning yozishicha «texnopolislar strategiyasi - oliy texnologiya darajadagi regional markazlar tizimini rivojlantirish asosida faoliyatning yangi sohalariga yorib kirish strategiyasidir. Boshqacha qilib aytganda, bubutun yapon xo‘jaligini intellektuallashtirish strategiyasidir».
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Yevropa ittifoqida innovatsion siyosatning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
·yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqarish:
·dastgohlarning amortizatsiyasini tezlashtiruvchi sistemadan foydalanish;
·ITTKI imtiyozli soliqqa tortish;
·kichik ilmtalab biznesni rag‘batlantirish;
·namunaviy texnologiyalar sohasi bo‘yicha innovatsiyalarni davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish;
·universitet fani bilan ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarilyotgan firmalarning hamkorligini rag‘batlantirish.
Yevropa mamlakatlarining jahon yuqori texnologiya bozorlaridagi ulushining kamayishiga javoban quyidagilar qabul qilindi:
EKSPRIT - 1984 yilda qabul qilingan, axborotlar tizimi texnologiyasi doirasida ilmiy tadqiqotlar Yevropa strategik dasturi (250 ta kompaniya va 3 mingta tadqiqotchilar ishtirok etishadi).
RASE-1985 yilda qabul qilingan, Yevropada aloqaning ilg‘or usullarini tadqiqot qilish dasturi.
EVRIKA- Frantsiya tashabbusi bilan 1985 yilda qabul qilingan kompleks dastur. Uning maqsadi -Amerika va Yaponiya korporatsiyalari tomonidan raqobatga qarshi tura oladigan, alyans yo‘li bilan paydo bo‘lgan yirik Yevropa sanoat korxonalarini rag‘batlantirish, Yevropa ITTKIlarni 6 sohasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiklashtirish: optronika; yangi materiallar; katta EHM, kuchli lazerlar; zarrachalarni tezlashtiruvchilar, sun’iy intellekt.
Evrikaning oliy organi - ishtirokchi davlatlar vazirlari darajasida yiliga ikki marta bo‘ladigan anjuman. Ishchi organi - 7 ta mutaxassisdan va 6 ta texnik xodimdan tashkil topgan, uning sekretariati Bryusselda joylashgan.
ITTKI axborotlar bilan ta’minlashni takomillashtirish maqsadida Yevropa axborot markazi (EAM) tashkil etilgan va u o‘z tarkibiga 1995 yili Buyuk Britaniyada joylashgan 21 guruhdan va Yevropaning boshqa mamlakatlarida 210 ta guruxdan tashkil topgan edi. EAM 25% i Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilsa, qolgan 75% - homiylarning mablag‘lari va pullik xizmat ko‘rsatishi hisobiga olingan mablag‘lardir.
Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga sarflanadigan xarajatlarni davlatning umumiy xarajatlardagi ulushi oxirgi 20 yil ichida qariyb o‘zgarmasdan qolmoqda. Ya’ni, ushbu xarajatlar AQShda 6-7 %, Germaniyada, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada 4-5 % va Yaponiyada 3-5 % ni tashkil qilmoqda. ITTKI moliyalashtirish sohasida eng oldingi o‘rinda AQSh turadi. Ushbu mamlakatda 2002 yili fundamental tadqiqotlarni va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga 200 mlrd. AQSh dollari sarflandi.
Ushbu ko‘rsatkich Yaponiyaning ushbu sohadagi ko‘rsatkichidan 2.2, Germaniyaning 5,6 va Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi ko‘rsatkichidan 8,7 marta katta. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida o‘z ilmiy tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘lar jahon bo‘yicha fanga sarflanadigan xarajatlarning 80 % ini tashkil etadi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib yalpi ichki mahsulotdagi ITTKI sarflanadigan mablag‘larning ulushi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich AQShda – 2,57 %, Buyuk Britaniyada – 2,2 %, Yaponiyada – 3,18 %, Frantsiyada – 2,13 %, Janubiy Koreyada – 2,99 %, Germaniyada – 2,51 %, Rossiya – 1,34 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda ya’ni, Shvetsiyada – 3,86 %, Fillandiya – 2,3 %, Gollandiya – 1,9 %, Kanada – 1,55 %, Ispaniya – 0,91 %, XXR – 1,34 %, Gretsiyada – 0,62 %, Isroil – 4,71 % ni tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ITTKI sarflanadigan xarajatlarning tuzilishi turlicha. Bu birinchi navbatda davlat innovatsion siyosatining ustivorligi va innovatsion jarayonga xususiy sektorni jalb etish darajasiga bog‘liq. Ya’ni, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fundamental tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlarning ulushi AQSh va Yaponiyaga nisbatan yuqori. Masalan, ITTKIga sarflanadigan xarajatlar tarkibida fundamental tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlarning ulushi AQShda – 1,6 % ni tashkil qiladi, Yaponiyada – 15 %, Fransiyada – 21 % dan yuqori va Germaniyada –23 %.
Innovatsion ishlanmalarning moliyaviy manbai bo‘lib davlat va xususiy sektor hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ITKTIning asosiy moliyaviy manbai bo‘lib, xususiy sektor hisoblanadi, ya’ni AQShda, Yaponiya, Germaniya va Frantsiyada ilmiy tadqiqot va texnik ishlanmalarni moliyalashtirilgan jami mablag‘ning 48–72 % xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Ushbu mamlakatlarda jami ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarning 60–75 %i, shu jumladan amaliy tadqiqotlarning 70 % dan va tajriba konstruktorlik ishlarning 90 % dan oshig‘i xususiy sektorda bajariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbaa hisoblansada, ammo innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajali o‘rinni egallaydi. Uning ulushi ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda, xususiy sektorga nisbatan 1,3 – 2,5 marta kam. Ushbu ko‘rsatkich Frantsiyada 42 %, Germaniyada – 37 %, AQShda – 36 %, Yaponiyada – 21 % ni tashkil qiladi. Davlat sektorining ITTKI bajarishdagi ulushi, ularni moliyalashtirishga nisbatan kam va rivojlangan mamlakatlardan olingan ilmiy, innovatsion ishlar umumiy hajmining 10–21 % ini tashkil qiladi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda oliy o‘quv yurtlarining ulushi juda oz va Germaniya 0% ni tashkil qilsa, Yaponiyada eng yuqori bo‘lib 6,5 % ni tashkil qiladi. Ammo, o‘quv yurtlarining ITTKI o‘tkazishdagi ulushi, ularni moliyalashtrishga nisbatan ancha yuqori va 17–20 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarida fundamental tadqiqotlarning ulushi 55–80 % ni tashkil qiladi.
E'TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |