8.2-rasm.
Er osti katlamlari issikliklaridan binolarni isitish uchun foydalanish
Geotermal nasoslar 200 m chuqurlikka etuvchi burg‘u
tizimi yoki gruntning
muzlash qatlamidan pastda yotqizilgan quvurlar bilan jihozlanadi.
Ehtiyoj
tug‘ilganda, issiqlik nasoslari suvni ham isitib berishi mumkin, maksimum bo‘lmasa
ham +55°Sgacha.
9-ma’ruza. To‘lqinlar enegretikasi. Kichik va mikro gidrostansiyalar.
Reja:
1.
Dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil
bo‘luvchi energiya.
2.
Kichik va mikro gidrostansiyalar.
Kichik va mikro gidroelektrstansiyalardan foydalanish
Hozirgi kunda kichik va mikro gidroelektrstansiyalarni
belgilashni yagona
tushunchasi mavjud emas. O‘zbekistonda quvvati 30 MVt dan kichik bo‘lgan
stansiyalar kichik gidrostansiyalarga kiradi. Norvegiyada esa quvvati 100
kVt dan
kichigi mikro, 100 dan 1000 kVtgacha bo‘lsa mini, 1 dan 10 MVtgacha bo‘lsa kichik
gidrostansiyalarga ajratiladi. Jahon banki kichik gidroelektrostansiyalarga quvvati 10
MVtdan kichik stansiyalar kichik gidroelektrostansiyalarga kiritiladi (9.1-rasm).