Unda burilish burchaklari, piketlar va barcha oraliq nuqtalar, reperlar sxematik tasviri, joylashuv plani va bog’lash sxemalari bilan belgilanadi. Har ikki tomoni 50 m bo’lgan joy polosasiga tafsilotning hamma elementlarining rasmi chiziladi. Trassa o’qidan 25 m chegaralarida tafsilot elementlarigacha bo’lgan masofa ruletka bilan o’lchanadi, undan katta masofalar ko’zda chamalab baholanadi. Piketaj jurnalida inshootlar joylashgan er, katta yakka daraxtlar turgan joy va qoyalarning chiqqan joylari shuningdek, jarliklarning boshini, daryolarning yuviladigan qirg’oqlarini, to’kilmalarning va boshqa noturg’un uchastkalarning chegaralarini ayniqsa aniq belgilanadi. Qidiruvlar bilan qurilish ishlari boshlanishi o’rtasida odatda bir necha yil o’tadi. Bu davr ichida qoziqchalar va “qorovul”lar yo’qolib ketadi. Shuning uchun trassa mustahkam ustunlar, yashirin nuqtalar va reperlar (absolyut balandligi ma’lum bo’lib, joyda beton, g’isht, tosh va boshqalar bilan mustahkam o’rnatilgan, nivelirlashda ustiga reyka qo’yiladigan nuqta) o’rnatish yo’li bilan planda va balandligi bo’yicha ishonchli mustahkamlangan bo’lishi kerak