Jizzax politexnika instituti


Tashqi mehnat migratsiyasining dinamikasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə14/16
tarix16.04.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#98787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K inson taraqqiyoti konsepsiyasi tayyori

Tashqi mehnat migratsiyasining dinamikasi
2020 yilda COVID-19 pandemiyasiga qaramay, mehnat migrantlari bank orqali 6 mlrd. AQSh dollaridan ortiq pul jo‘natmalarini (Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda 7,6 mlrd.) o‘tkazishgan. Bundan tashqari mehnat migrantlarini mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun potensial investor, malakali mutaxassis, yangi ish joylari yaratuvchi tadbirkor sifatida qabul qilish lozim. So‘rovlarga ko‘ra, tashqi mehnat migrantlarining 20 foizi chet elga ishga ketish sababi deb, o‘z biznesini ochishga, tadbirkorlik uchun dastlabki sarmoyani jamg‘arish deb ma’lum qilgan.
Mehnat sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi aholining munosib mehnat va munosib ish haqini shakllantirish, inson kapitalini rivojlantirish, uzluksiz kasbiy malaka va mehnat unumdorligini oshirish va tadbirkorlik ruhini yaratish hisoblanadi.
Bu esa o‘z navbatida ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ijobiy amalga oshirish natijasida, iqtisodiyotning boshqa soha xodimlarining ham ish haqilarining oshishiga, ularning ham ichki, ham tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlarini belgilaydi.
Mehnat bozorida amalga oshirilayotgan faol bandlik siyosati – bu nafaqat aholining qonuniy, munosib va barqaror bandliga (daromadga ega bo‘lish) ko‘maklashishga shart-sharoitlar yaratish, inklyuzivilikni ta’minlash balki inson kapitalini rivojlantirish, talab va taklif asosida o‘z bilim, ko‘nikma, kasbiy malakalarini, raqobatbardoshliklarini oshirish, o‘zgarishlarga moslashish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish hamda o‘z salohiyat va qobiliyatlarini namoyon qilish va ulardan to‘la foydalanishga barcha imkoniyatlarni yaratishni o‘z ichiga oladi.


    1. Innovatsion rivojlanishning maqsadi. . Innovatsion rivojlanish bo'yicha rivojlangan xorijiy venchur kompaniyalar tajribasi.


Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo'llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O'zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo'lida tez va sifatli ilgarilashini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Venchur — kichik biznesning bir turi bo'lib, uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan venchur korxonalar shug'ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo'lgan korxonalar ham bo'ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo'nalishlarida ish ko'rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo'shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag' to'plab, uni ishga soladilar.
O'sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rol ajratiladi, u inovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag'larni taqdim etish shartlari bo'yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes printsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko'ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog'langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o'zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo'lib xizmat qilishi mumkin. Fan va texnologiyalarning yorib o'tuvchi yo'nalishlaridagi yaqqol o'ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo'yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendentsiyalarida namoyon bo'lganlar: uni Yaponiya, G'arbiy yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o'z tarkibga qo'shib olganligi va AQSHda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta'sis etganligi)da. 1980 yillarda OO'YU, kakdemik fan, davlat va xayr-ehson fondlari, lizing va sug'urta kompaniyalari bilan bog'liq venchurli va innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, texnika va biznesning mashhur “avangard turi"dagi korxonani tashkil qilishga qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan. Keyingi o'n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun kqpgina turli tumanliklarga ega. Xatarli moliyalashtirish nafaqat an'anaviy xo'jalik yuritish doiralarini ikki tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi. Innovatsion biznes ITTKIga xususiy investitsiyalar tizimiga katta o'zgarishlar kiritadi. Masalan, agar 1980 yillarning boshida xususiy jamg'armalar, shaxsiy xorijiy kiritmalar va sanoat korporatsiyalari asosiy samaradorlar bo'lgan bo'lsalar, 1980 yilni oxirida u quyidagi ko'rinishni olgan: Nafaqa fondlariga xususiy xatarli sarmoyalar barcha kiritmalarining 47%; xususiy jamg'armalarga -12%; xorijiy kiritmalarga -10%; yirik korporatsiyalarga – 10%; sug'urta kompaniyalariga – 13%; davlat va xayr – ehson fondlariga – 7% to'g'ri keladi. Bunda xatarli moliyalashtirishning umumiy fondi 1980 yillar ichida AQSHda 14 marta ko'paygan. 1990 yillar arafasidayoq bu mamlakatda investitsiyalarning foydaliligini pasayishida innovatsion sarmoyalarning ba'zi bir ortiqchaligi kuzatilgan. Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag'larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tkbdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo'lishi imkoniga yo'l qo'yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo'yicha foizlarni to'lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aktsiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aktsiyalar bilan berilgan bo'lsa, aktsiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u xatarli sarmoyalar kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo'ladi. Ko'pincha venchurli sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo'ladi. Xuddi kapital kiritmalarga yuqori, ko'picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g'oyata o'ziga jalb qiluvchi tadbir qiladi. Venchurli biznesning Venchurli biznesning samaradorligini oshirish uchun keyingi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda xatarli investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi sodir bo'lmoqda va qenchurli kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi o'zgarmoqda. Masalan, investitsiyalarning innovatsion yo'naltirilishi firmani ko'p sohali va sohalararo yo'nalishga g'ayratlantiradi. Bunda yangi bozor uyachalarini, qo'shni ishlab chiqarishlarni vujudga kelishi mumkin, ishlab chiqarilayotgan texnologiya samaraliroq bo'ladi, amalda investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi va innovatsion yo'naltirilganliginamoyish qiluvchi kichik innovatsion firmalar yirik firmadan kurtak ochib chiqadilar. Masalan, agar 1970 yillarning boshida General Electric firmasida faqat 10 mustaqil innovatsion yo'nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo'lsa, 1980 yillarning oxiriga kelib bosh kompaniya qoshida endi 200 tashqi venchurli ilmiy bo'linmalar mavjud bo'lgan. General Motors, Xerox, IBM va h.k. kabi sanoat gigantlari qoshida ham venchurli sarmoyalar firmalari keng rivojlanmoqda. Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan. An'anaviy bo'lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo'lmoqda. Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsortsium bilan tugallanib, aralash xususiy–davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir tomondan o'zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko'p ilm iste'mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. Yangi korxonani tashkil qilishda besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o'n marta ko'payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi. Venchur loyihasini amalga oshirishda kapitalga ehtiyojining uchta bosqichi quyidagilar: 1. Dastlabki bosqich ‒tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari, marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirish ishlari kabi loyiha oldi tadbirlari uchun; 2. O'rta bosqich‒rivojlanish bosqichi bo'lib, mahsulot namunalarini ishlab chiqarishdan normal ishlab chiqarish va iste'mol faoliyatiga o'tish uchun; 3. Oxirgi bosqich‒muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo'lib, korxona aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro'y beradi va ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag'talab qilinadi.
Venchur asosidagi moliyalashtirishning ustivor yo'nalishlari quyidagilar:
 ‒tavakkalchilikni pasaytirish;
 ‒yangilikning nafliligini oshirish ;
 ‒innovatsiyalar narxini pasaytirish;
 ‒qonunchilikni takomillashtirish;
 ‒Yirik kompaniyalarni jalb etish;
 ‒ekspertiza va servis xizmatlarini kuchaytirish;
 ‒grant mablag'larini jalb etishdan iborat.
Eng yangi ko'p ilm iste'mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli yo'q tijorat xavfiga duchor bo'ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik loyihalarning o'ndan bir qismi yetarlicha rentabelli bo'ladi. Venchurli fond, shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o'zining innovatsion sherigini ehtiyot qilgan holda, bu xatarni o'ziga qabul qiladi. Innovatsion fondlar ko'psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang'ich bosqichida mahkam bog'langan o'ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar. Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o'ziga jalb qiluvchi bo'ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g'oyalarni o'zlari qidiradilar, eng foydali, o'zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo'jalik aloqalarini yo'lga qo'yadilar. Eng istiqbolllli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko'ra, byurokratik himoya va ko'p bosqichli bo'ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang'ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.
Yaponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu mamlakatning hukumati an'anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta mablag'lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to'g'ri keladi. U milliy bozor ITICHning ustuvor yo'nalishlarini himoyalash bo'yicha protektsion (himoya qiluvchi) choralarini qo'llaydi. Faqat milliy yapon fani va iqtisodiyoti rivojlanishining uzoq muddatli bashorati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning asos bo'ladi. Yillar o'tishi bilanustuvorliklarning majmuasi o'zgaradi, ammo printsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tamoyili qoladi. Moliyaviy tavakkalchilikni minimallashtirishning asosiy tamoyillari.
1. Qatnashchilar mas'uliyati taqsimlanishining me'yoriy asoslarini ishlab chiqish;
2. Innovatsiya jarayonlaring ilmiyligi(bozor qonuniyatlari);
3. Tashqi va ichki omillar o'zgaruvchanligiga moslashuvchanlik;
4. Boshqaruv qarorlarining taqqoslanarligi;
5. Boshqaruvning avtomatlashtirilishi;
6. Jarayonlarning reglamenti;
7. Oqilona ishlab chiqarish va boshqaruvga amal qilish;
8. Tavakkalni muqobilllashtirish.
Mavjud qonunchilik bazasi tavakkalchiligi
• ‒patent himoyasini kechikishi;
• ‒patent himoyasi muddati; • ‒litsenziya muhlati;
• Axborotning o'g'irlanishi;
• ‒patentni himoyalagan raqobatchi.
• Qatnashchilar ma'suliyati taqsimlanishining me'yoriy asoslanishini ishlab chiqish
• Innovatsiya jarayonlarining ilmiyligi (bozor qonuniyatlari)
• Tashqi va ichki omillar o'zgaruvchanligiga moslashuvchanlik
• Boshqaruv qarorlarining taqqoslanganligi
• Boshqaruvning avtomatlashtirilishi
• Jarayonlarning reglamenti
• Oqilona ishlab chiqarish va boshqaruvga amal qilish
• Tavakkalchilikni muqobillashtirish.
Davlat xususiy sarmoyalarga nisbatan o'zining innovatsion siyosatini faol amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishi belgilangandan keyin TSSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi. Bunda vazirlik loyiha, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi. Dasturlarni moliyalashtirish bo'yicha xarajatlarni ishtirochi –korporatsiyalar amalga oshiridilar. Davlat sotish bozorlarni kafolatlamaydi. Xususiy sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki mahsulotning an'anaviy yuqori sifati va narxlarning yetarlicha past darajasini saqlab qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi. Davlat har xil to'g'ridan to'g'ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni zamonaviy innovatsion strategiyaning o'zaniga yo'naltiradi. Masalan, eng yirik davlat moliya institutlaridan biri-YApon taraqqiyot banki ustuvor sohalarni modernizatsiyalash va yangilashga uzoq muddatli qarzlarni taqdim etadi. Bank bu kredit uchun to'lovni ushbu mijozlardan odatdagi qarzdorlarga nisbatan ancha kam oladi. Buning ustiga muddati Yaponiyadagi oddiy kreditlash kabi 10 yil sarmoyalar jahon bozoridagi 3-8 yil. Bundan tashqari, amerikalik, yevropalik kompaniyalarga nisbatan yapon firmalarining birlashishga vazmin munosabati va yapon sarmoyalarining kamtarona ko'lailari Yaponiyada innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirishning xususiyatlarini asoslab beruvchi muhim omillardan bo'ladi.




Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin