Servis fakulteti Menejment yo`nalishi 521-19 guruhi 4-kurs talabasi Suyunova Kamolaningning Innovatsion menejment fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Bajardi: Suyunova K. Ilmiy rahbar: Usmonova V.
Jizzax – 2023 y
Mavzu: Inson taraqqiyoti konsepsiyasining innovatsiyani rivojlantirishdagi roli.
Mundarija
Kirish 18 Inson o'z tabiatiga ko'ra, ijtimoiy mavjudotdir. U o'ziga va yaqin kishilariga turmush kechirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Shu tariqa iqtisodiyot olami vujudga keladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixi – bu iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan,, ijtimoiy mehnat taqsimoti sohasidagi munosabatlarning rivojlanish tarixidir. Inson o'z mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida —ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan —ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. 18 Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob'ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma'lum bir qarshilikni yengish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan o'lchanadi. Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan o'lchansada, ularni bir-biri bilan to'g'ridan to'g'ri tenglashtirish mumkin emas. Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati bo'lib, unga to'g'ri keladigan ish bu jarayonning ob'ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil o'lchovda, ya'ni kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a'zolari tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil o'lchovda o'lchash ham noto'g'ri bo'ladi. Faoliyat jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli bo'lganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. 19 Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. 19 Hozirgi vaqtda jahonning etakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo'lib, bu bosqichda iqtisodiy o'sish omillarining roli va o'rni o'zgarmoqda. An'anaviy hisoblangan uch omilga: mehnat, er, va kapitalga fan-texnika tarraqiyoti omili ham qo'shildi. Axborot va bilimlar esa eng muhim resurslarga aylandi. Innovasion iqtisodiyot bevosita ana shu asosda shakllanib, ushbu iqtisodiyotda inson va uning salohiyati hal qiluvchi rol o'ynamoqda. 19 O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlar inson taraqqiyoti maqsadiga yo'naltirilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov alohida ta'kidlab o'tganidek, bizning o'z oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimiz - "barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so'zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan, jahon miqyosida obro'e'tibor qozongan jamiyat barpo etish” dir. 20 O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari insonning jamiyatdagi o'rni, uning ulkan salohiyatiga yuqori baho berib, inson har taraflama kamol topishining ahamiyatini uqtirganlar. Abu Ali ibn Sino: "inson boshqalarning ehtiyojlarini qondirishi sababligina inson bo'ladi, boshqalar ham shunday yo'l tutadi. Birov ekin ekadi, boshqa odam non yopadi, uchinchisi kiyim tikadi, to'rtinchisi igna yasaydi va hamma bir–birining ehtiyojini qondirish uchun to'planadi” deb ko'rsatgan. 20 Kafolatlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, ya'ni moddiy ne'matlarni Uzoq vaqt davomida iqtisodiy tafakkur moddiy boylik ortirish sohasida ro'y berayotgan jarayonlar ta'sirida edi. Moddiy omillarga universal va hal qiluvchi vosita sifatida qaralardi. Iqtisodiy o'sish mamlakat umumiy boyligini ko'paytirishga, davlatning qashshoqlik, ochlik, boshqa ijtimoiy muammolarni hal etish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Huddi shuning uchun iqtisodiy o'sishning yuqori darajasi jahondagi ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning eng asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Moddiy boylik jamiyatda va inson hayotida ulkan rol o'ynaydi. Daromadlar ortishiga moddiy va ma'naviy qoniqish hosil qilinadigan nufuzli ishda band bo'lish kabi inson imkoniyatlarini kengaytiradigan asosiy vosita sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari daromad soliqlar va boshqa tushumlar manbai bo'lib, ular aholining nochor qatlamlari ijtimoiy muhofaza qilinishini qayta taqsimlashni amalga oshirish uchun zarurdir. Resurslarni adolatli ravishda taqsimlash jamiyat barcha azolari uchun ne'matlarni tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, turmush sifatini oshirish negizini yaratadi. Daromadlar va inson turmushi o'rtasidagi bog'liqlik soliq–byudjet va ijtimoiy siyosat choralarini qamrab oladigan davlat strategiyasi yordamida shakllantirilishi kerak. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori bilan o'lchanadigan daromadning o'zi inson taraqqiyotining yakkayu yagona mezoni bo'la olmaydi. Jahon amaliyotidan faqat YAIM ortishining o'zi ta'lim darajasi yuksalishi, odamlar salomatligi mustahkamlanishi, inson huquq va erkinliklari ta'minlanishiga olib kelmasligiga doir ko'plab misollar keltirish mumkin. Hatto daromadlarining o'rtacha ko'rsatkichlari deyarli bir xil bo'lgan mamlakatlarda turmush sifati ko'rsatkichlari bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin. 20 Inson taraqqiyoti kontsepsiyasida an'anaviy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, shu jumladan, YAIM hajmi va jon boshiga o'rtacha daromad ijtimoiy resurslarni taqsimlashda yoki mamlakatlarni rivojlantirish darajasi bo'yicha tasniflashda universal mezon vazifasini o'ta olmaydi. Tobora ko'proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa umummilliy vazifalarni eng oqilona hal etish vositasi ekanligi to'g'risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir yoqlama yondoshuvdir. Bunday qarashlar noiqtisodiy hisoblangan ko'pgina boshqa rivojlantirish mezonlariga etarli darajada baho bermaslikka sabab bo'ladi. Iqtisodiy o'sish sur'atlari rasmiy jihatdan yuqori bo'lganda ham odamlarning turmush darajasi nisbatan past bo'lishi mumkin. Buning aksi – iqtisodiy o'sishdagi natijalar salmoqli bo'lmaganda ham turmush darjasining nisbatan yuqoriligi ham kuzatiladi. Jamiyatda sanoat rivojlanishi bosqichidan avval iqtisodiy o'sishni ta'minlashda tabiiy va mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqichida moddiy resurslarga ustuvorlik berilgan bo'lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqichda intellektual va axborot resurslarining roli birinchi o'ringa chiqmoqda. Jahonning etakchi mamlakatlari taraqqiyoti yangi – bilimlar, innovasiyalar, global axborot tizimlari, yangi texnologiyalar va venchur biznesi iqtisodiyotini shakllantirishga olib keldi. Innovasion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil etadi. Ya'ni inson tafakkuri ishlab chiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo'lib qolmasdan, balki bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. 21 Dastavval inson taraqqiyoti tushunchasining tarkibiy qismlari u qadar ko'p bo'lmasdan, tarbiya, ta'lim, bilim, salomatlikni qamrab olardi. Shu bilan birga uzoq vaqt davomida inson taraqqiyotiga iqtisodiy o'sish nazariyasi nuqtai nazaridan tarraqiy etishning ijtimoiy, ya'ni xarajatli omili sifatida qaralardi. Tarbiya, ta'limga investisiyalar noishlab chiqarish xarajatlari hisoblanardi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab inson kapitali va ta'limga nisbatan munosabat asta-sekin tubdan o'zgara boshladi. Ijtimoiy rivojlanishda insonga faqat ma'naviy sohadagina emas, balki takror hosil qilish aloqalarida ham Markaziy o'rin ajratila boshlandi. Zero, bevosita inson avloddan avlodga meros bo'lib qoladigan bilimlarni egallash va ulardan samarali foydalanish qobiliyatiga egadir. “Inson kapitali" iqtisodiy kategoriyasida o'z ifodasini topgan bu g'oya jahon BMT ekspertlari tomonidan inson salohiyatining inson taraqqiyoti dinamikasiga ta'sirini aniqlaydigan modellar yordamida ishlab chiqilgan yangi “Insoniyatni barqaror rivojlantirish” nazariyalari, "Milliy 6 boylik kontsepsiyasi” kabi ijtimoiy tafakkur negizini tashkil etadi. Inson kapitalini rivojlantirish ustuvorligi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham, barqaror iqtisodiyotlar va modernizasiyani amalga oshirayotgan tizimlar uchun ham universal xususiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Bu jahonning etakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan juda ko'p tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan. Inson taraqqiyoti – odamlarning uzoq va sog'lom, munosib turmush kechirishlari, ma'lumotli bo'lishlari uchun zarur vositalardan foydalanishlari imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ammo bu imkoniyatlarni odamlarning o'zlari tanlaydilar. Taraqqiyot jarayoni insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o'zini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak. Inson taraqqiyoti tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini shunchaki shakllantirishga qaraganda ancha kengroqdir. U, shuningdek, bu imkoniyatlardan mehnat jarayonida, dam olish va ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. Imkoniyatlarni shakllantirish va ularni ishga solish o'rtasida mutanosiblik bo'lmas ekan, inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi. Inson taraqqiyotining asosiy mezoni umr ko'rish davomiyligi, savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda etadigan Inson taraqqiyoti indeksidir. 22 Davlatning farovonligi faqat daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanishga ham bog'liqdir. Daromadlar mo'may bo'lishining o'zi inson taraqqiyotini kafolatlamaydi. Shunday ekan, inson taraqqiyotining ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni farqlash kerak. Inson barqaror taraqqiyoti faqat iqtisodiy o'sishni ta'minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday taraqqiyoti aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o'z turmushlariga ta'sir ko'rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta'minlashni nazarda tutadi. Bunday taraqqiyot inson manfaatlarini ko'zlaydi, ish joylarni ko'paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 7 XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy jamg'armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo'lmoqda. Ishlab chiqarishga investisiyalar kiritish qanchalik muhim bo'lmasin, inson taraqqiyotiga sarmoyalarga tobora ko'proq ustuvorlik berilmoqda. Ya'ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy o'zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir bo'lmoqda. 23 Inson taraqqiyoti kontsepsiyasi nihoyatda ko'p qirrali, uning inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo'llanilishi imkoniyatlari keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma'ruzalari huddi shundan dalolat beradi. BMT Rivojlanish dasturining 1990 yildagi bunday birinchi ma'ruzasida inson taraqqiyoti nazariyasi va uni o'lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda urbanizasiya muammolariga bag'ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan keyingi ma'ruzalar mavzulari hayotiy extiyojlar, odamlar xavfsizligining turli mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning yangi yo'nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish bilan bandlikka globallashuvning ta'siri, iste'mol modellari, inson taraqqiyoti bilan barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o'rtasidagi bog'liqlik kabi ko'pgina masalalarni qamrab olgan. Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni faqat ijtimoiy hayotning an'anaviy ma'naviy sohasidagina emas, takror hosil qilish jarayonlarida ham insonga Markaziy o'rinni ajratadi. Bunda inson ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birlamchi va pirovard maqsadi ekanligi e'tirof etiladi. Ya'ni taraqqiyotining insoniy yoki ijtimoiy mezoni dominanta bo'lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu taraqqiyotning sharti deb belgilanmoqda. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so'ng va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgach, xalqaro hamjamiyatga qo'shilishidan kelib chiqadigan majburiyatlarni zimmasiga oldi. Mamlakatimiz inson taraqqiyoti kontsepsiyasini BMTning boshqa a'zolari ham shunday qilganliklari uchungina emas, balki mazkur kontsepsiyaning g'oyalari va qoidalari o'zbek xalqining ko'p asrlik hayotiy maqsadlariga mos ekanligi uchun qabul qildi. 23 XX asrning 90-yillari birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ma'lumotlar ham BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tuzuladigan jahon (global) va mintaqaviy ma'ruzalariga kiritila boshlandi. O'zbekistonning inson taraqqiyoti to'g'risidagi birinchi ma'ruzasi esa 1995 yilda tayyorlangan edi. Bu bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning u yoki bu ustuvor sohasidagi masalalar xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taxlil qilinishi va baholanishiga, shuningdek, bu ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos solindi. 24 O'zbekistonda inson taraqqiyoti sohasida erishilgan tarraqiyot aniq-ravshandir. Ayniqsa, iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi. Milliy ma'ruzalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda so'nggi 10 yillikda aholi jon boshga to'g'ri keladigan YaIMning o'sishi inson taraqqiyoti umumiy indeksi o'sishidan uch baravar yuqori bo'ldi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 marotaba o'sdi, o'rtacha ish haqi 14 marotaba oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko'paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo'naltirilmokda. Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta'minlash 83,5 foizga etdi, sog'liqni saklash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o'ta og'ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat'iy choralar Ko'rildi. Onalar o'limi darajasi 2 baravardan ko'proq, bolalar o'limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya'ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o'rtacha umr ko'rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko'rishi esa 75 yoshgacha oshdi. 24 Bugun mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan aholining 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. O'zbekistonda ta'limga xarajatlar YaIMning 10,0-12,0 % ni tashkil etadi, holbuki jahon amaliyotida bu ko'rsatkich 3,0-5,0 % dan ortmaydi. Mamlakatda noyob Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur amalga oshirilmoqda, 2009 yildan e'tiboran 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Inson taraqqiyoti sohasida erishilgan natijalar iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh etishning to'g'ri tanlangan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan “o'zbek modeli"ning samarasi ekanligi shubhasizdir 25