mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. 56 Foydalanilgan adabiyotlar 57 1. Ergashev F., Rahimova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov SH. Innovatsion menejment. Darslik. -Toshkent.: "Akademiya", 2005.-326 b. 57 2. Vertakova Yu.V., Simonenko E.S. "Upravlenie innovasiyami: Teoriya i praktika". Uchebnik. - M.: Visshee ekonomicheskoe obrazovanie, 2008, - 410 s 57 . 3. "Innovasionniy tip razvitiya ekonomiki" Uchebnik. / Pod obtshey Red.A.N. Folomeva. M.: Rans, 2008, - 388 s. 57 4. Komiljonov B. I. “Innovatsiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish". Monografiya.- Tashkent, FAN, 2007.-186 b. 57 5. Gimush R.I., Matmurodov F.M. Innovatsion menejment. O'quv qo'llanma. – Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti, 2008.- 143 b. 57 Internet saytlar: 57
Kirish
Inson o'z tabiatiga ko'ra, ijtimoiy mavjudotdir. U o'ziga va yaqin kishilariga turmush kechirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Shu tariqa iqtisodiyot olami vujudga keladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixi – bu iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan,, ijtimoiy mehnat taqsimoti sohasidagi munosabatlarning rivojlanish tarixidir. Inson o'z mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida —ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan —ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob'ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma'lum bir qarshilikni yengish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan o'lchanadi. Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan o'lchansada, ularni bir-biri bilan to'g'ridan to'g'ri tenglashtirish mumkin emas. Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati bo'lib, unga to'g'ri keladigan ish bu jarayonning ob'ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil o'lchovda, ya'ni kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a'zolari tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil o'lchovda o'lchash ham noto'g'ri bo'ladi. Faoliyat jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli bo'lganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir.