Jizzax politexnika instituti


Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari va ularni



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə23/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Jizzax politexnikaаа

3.5. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari va ularni

yaxshilash yo’llari

Ishlab chiqarishdagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sib borishi: mahsulot miqdorining ortishi, moddiylashtirilgan mehnat sarfining qisqarishi, yangi asosiy fondlar uchun kapital mablag’larning iqtisod qilib qolish, bular natijasi sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining pasayishi va ishlab chiqarish rentabelligining ortishi orqali asosiy fondlar samaradorligini ifodalaydi.

Ishlab chiqarishda asosiy fondlardan qay darajada foydalanganligini tavsiflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.

- Fond samaradorligi. Bu ko’rsatkich asosiy fondlar­ning o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:

Fsm = M / Fa

bunda:


M — yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so’m;

Fa — asosiy fondlarning yillik o’rtacha qiymati, so’m.

Fond sig’imi - fondning samaradorligiga teskari ko’rsatkich bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:

Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi:

Fk = Fa / n

bunda:


n — ishchilarning soni.

Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ekstensiv, intensiv va integ­ral ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:

1. Asosiy fondlarning ekstensiv bandlik ko’rsatkichi ulardan vaqt bo’yicha foydalanish darajasini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:

Kek = Thaq / Trej

bunda:

Thaq — dastgohlarning xaqiqiy ishlagan vaqti



Trej — dastgohlarning rejada ko’rsatilgan ishlash vaqti

2. Asosiy fondlarning intensiv bandlik ko’rsatkichi asosiy fondlardan quvvati bo’yicha foyda­lanishni ko’rsatadi, u quyidagicha aniqlanadi:

Kin = Mhaq / Mrej

bunda:


Mhaq — vaqt birligida ma’lum dastgohda haqiqiy ish­lab chiqarilgan mahsulot miqdori;

Mrej — rejaga asosan vaqt birligida mazkur dastgoh­da ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori.

Asosiy fondlarning integral bandligining ko’rsatki­chi bu ekstensiv va intensiv bandlik ko’rsatkichlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi va quyidagicha aniqlanadi:

Kint = Kek * Kin

Asosiy fondlarning smenalik koeffitsientini oshirish samaradorlikni oshirishning eng muhim rezervi hisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:

NI, NII, NIII, — birinchi, ikkinchi, uchinchi smenada ish­lagan dastgohlar soni, Tum -korxona, sex, uchastkaga o’rnatilgan dastgohlarning umumiy soni

Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish ko’rsat­kichi ishlab chiqarish bir kvadrat metr (1m2) maydonidan olingan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va quyidagicha ifodalanadi:

d = M / S,

bunda:


M — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (kg, tonna, dona)

S — ishlab chiqarish maydoni (m2)

Asosiy fondlarni rejalashtirish va ulardan foydalanish amaliyotida ma’lum korxona yoki tarmoq uskunalaridan foydalanishni ifodalaydigan boshqa ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi.

- Ishlab turgan uskunalardan foydalanish koeffitsienti shu turdagi uskunalar sonining korxonadagi uskunalar umumiy soniga nisbati orqali aniqlanadi.

Korxonada mavjud bo’lgan asosiy fondlarning miqdori mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi asosiy fondlarning yemirilish, ishdan chiqish va yangilanish koeffitsientlarini ifodalashi mumkin.

- Mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi bir yilda ishlab chiqarishda band bo’lgan bir xodimga yoki korxonaning bir ishchisi hisobiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish asosiy fondlarining qiymatini ko’rsatadi.

- Asosiy fondlarning yemirilish koeffitsienti ularning yemirilish qiymatining dastlabki qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi.

- Asosiy fondlarning butunlay ishdan chiqish koeffitsienti bir yil ichida ishdan chiqqan asosiy fondlar qiymatining yil boshidagi fondlar qiymatiga nisbati ko’rinishida hisoblanadi.

- Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti bir yil ichida kiritilgan asosiy fondlar qiymatining yil oxiridagi asosiy fondlar umumiy qiymatiga nisbati ko’rinishida ifodalanadi.

Asosiy fondlar samaradorligini aniqlashda ulardan ekstensiv va intensiv ravishda foydalanish yo’llari mavjud:

1. Ekstensiv yo’llar quyidagilarga bog’liq:

- harakatdagi uskunani kalendar davrdagi ish vaqtini oshirish va ishlab chiqarish maydonlarining yuklanishini ko’paytirish;

- korxonadagi barcha uskunalar tarkibida harakatdagi uskunalar sonini oshirish.

Harakatdagi uskunalar ish vaqtini oshirishning quyidagi yo’llari mavjud:

- smenalar orasidagi uskunalarning to’xtab turish vaqtlarini qisqartirish, texnik xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va ishlab chiqarishni o’z vaqtida xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim fabrikatlar bilan ta’minlash, rejalashtirish va dispetcherlik xizmatini yaxshilash;

- uskunalarning yuklanish darajasini oshirish;

-yordamchi xo’jaliklardagi ishlarni takomillashtirsh hisobiga uskunalarning foydalanish koeffitsienti oshirish.

-ta’mirlash ishlarini tashkil etishni takomillashtirish va muddatlarini qisqartirish;

-ishlab chiqarishga zarur bo’lgan, o’rnatilmagan uskunalarni jalb etish;

- harakatsiz uskunalarni yo’qotish (ro’yxatdan chiqarish, arendaga berish, lizingga berish, sotish).

2. Mahsulot miqdori va ma’lum vaqt birligida ish hajmini ko’paytirish intensiv ravishda foydalanish bilan ta’minlanadi va quyidagilardan iborat:

- asosiy vositalarni texnik takomillashtirish va yangilash, eskirgan texnikani yangisiga almashtirish;

- yuqori sifatli va samarali asosiy vositalarni kiritish;

- mexanizatsiya va avtomatizatsiya darajasini ko’tarish;

- egiluvchan ishlab chiqarish tizimlarini qo’llash;

- yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlarini mexanizatsiyalashtirish;

- progressiv texnologik jarayonlar, maxsus moslamalar va asboblarni tatbiq etish;

- texnik tayyorgarlikni takomillashtirish;

- uskunalarning optimal ish tartiblaridan foydalanish;

- texnologik jarayonlar va ishlab chiqariladigan mahsulot sifat talablariga muvofiq keladigan sifatli xomashyo, material va yarim fabrikatlar bilan ta’minlash;

- ishchi-xodimlarning malakasi va kasb mahoratini oshirish.

korxonalarida asosiy vositalarning samarali foydalanish darajasini oshirishda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish alohida o’rin tutadi. Bu quyida ko’rsatilgan yo’nalishlar orqali amalga oshiriladi:

- asosiy vositalarni optimal ishlab chiqarish va texnologik tuzilmasini shakllantirish;

- ishlab chiqarish ritmini muvofiqlashtirish;

- ishlab chiqarishda rejalashtirishni takomillashtirish; uskuna va ishlab chiqarish maydonchalarini to’liq yuklash; mehnatni ilmiy tashkil etish usullaridan faol foydalanish;

- ishlab chiqarishni boshqarishda zamonaviy texnik va programmalashtirilgan dasturlardan foydalanish;

- ishchi-xodimlar uchun iqtisodiy rag’batlantirish tizimlarini rivojlantirish va ulardan to’g’ri foydalanish;

- korxona muayyan sharoitlaridan kelib chiqqan holda va ko’rsatkichlarni to’g’ri tahlil qilish asosida asosiy vositalardan foydalanishning eng maqbul yo’llari tanlanadi.




Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin