Nazorat savollari
|
Mahsulot tannarxi nima?
|
|
Mahsulot tannarxini qanday xarajatlar tashkil etadi?
|
|
Mahsulot tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar qanday turkumlanadi?
|
|
Yagona ijtimoiy to‘lov nima?
|
|
Qo‘shimcha ish haqi qanday hisoblanadi?
|
|
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar qanday xarajatlar?
|
8-мавзу. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati
1. Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.
2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
1. Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
Korxonalar xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo‘nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Investitsiyalar - korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega.
Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo‘jayini” sifatida korxonalarning o‘zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko‘rsatish mumkin.
Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o‘z o‘rnini topmoqda. SHu bilan birga, “kapital qo‘yilmalar” atamasining o‘z izohlari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |