Jizzax viloyati G‘allaorol
tumani hokimining
qarori
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son 197-modda) 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2015-yilgi texnik ko‘rigini tashkil qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin.
2. Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq:
Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish hududiy jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik
pasporti bilan birgalikda, o‘z vaqtida reja jadval asosida ko‘rikdan o‘tkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin:
tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari,
yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan
transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Qarorning 4-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan transport vositalarning texnik ko‘rigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda o‘tkazilishi inobatga olinsin.
Yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 7-apreldan — 30-iyunga qadar;
Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 7-apreldan — 31-avgustga qadar o‘tkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tuman komissiyasi (A. Ashurov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali
nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qo‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy bo‘linmalari transport vositalari ko‘rsatib o‘tilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
8. Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq yig‘im undirilsin.
9. Tuman ichki ishlar bo‘limi (R. Tugalov) majburiy texnik ko‘rik yakuni to‘g‘risida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
10. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 10-fevraldagi 83-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Mamarajabov zimmasiga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R. Tugalov zimmasiga yuklatilsin.
12. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hokim A. TILABOV
G‘allaorol t.,
2015-yil 7-aprel,
496-son
Tuman hokimining 2015-yil 7-apreldagi 496-sonli
qaroriga
1-ILOVA
Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasining