O‘ZBEKISTON YO‘LOVCHI TRANSPORTI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
3. Тariflarni davlat tomonidan tartibga solinishi tizimini takomillashtirish;
4. Minimal ijtimoiy transport standartlarini o‘zida mujassam etuvchi tizim ishlab chiqish orqali aholiga yuqori sifatli yo‘lovchi tashish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. Mazkur faoliyat natijalarini monitoring qilish masalalariga kompleks va tizimli yondashish lozim;
5. Тransport sohasida kadrlar siyosatini takomillashtirish. Bugungi kunda quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xodimlar tarkibini tanlash va ular bilan ishlashning shaffof va ochiq mexanizmlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Тransport vazirligi mutaxassislari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini;
- ishchi xodimlarni rag’batlantirish mexanizmi;
- xodimlar zahira bazasi va undan foydalanish mexanizmi;
- xodimlar tarkibini yangilash va almashtirish (rotatsiya) mexanizmi;
- mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashning takomillashgan tizimi;
- ilg’or tajribalarni joriy etish maqsadida xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish mexanizmi;
- O‘zbekiston Respublikasi Тransport vazirligi mutaxassislari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini muntazam attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, transport ta’limi tizimini zamonaviy uskunalar va inventar, o‘quv materiallari, kompyuter texnologiyalari, yuqori sifatli internet aloqalari bilan ta’minlash;
O‘ZBEKISTON YO‘LOVCHI TRANSPORTI VA UNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
6. Statistik ma’lumotlarning oshkoraligini ta’minlash lozim;
7. Aholi uchun yo‘lovchi transporti xizmati sifat darajasi va foydalanish imkoniyatini oshirish;
Shuningdek, bugungi kunda yo‘lovchi transporti sohasidagi eng muhim muammolardan biri – bu aholiga transport xizmatlaridan foydalanish darajasining yetarli emasligi.