YO‘LOVCHI TRANSPORT TURLARI, ULARDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIGI VA KAMCHILIKLARI
Shahar transportining eng ko‘p tarqalgan turlariga tramvay, avtobus, trolleybus, yengil taksi avtomobili va metropoliten kiradi.
Ushbu yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari quyidagi belgilariga qaraba guruhlarga bo‘linadi:
Vazifasiga ko‘ra – umumfoydalanishdagi, yakka tartibdagi foydalanishdagi va korxonalarga tegishli. Umumfoydalanish transport vositalariga: tramvay, trolleybus, avtobus, metropoliten, yengil avtomobil-taksi, ikkinchisiga shaxsiy foydalanuvdagi yengil avtomobillar, mototsiklllar, velosiped va mopedlar, uchinchisiga esa korxona va tashkilotlarga qarashli avtobus va yengil avtomobillar kiradi.
Foydalanish xarakteriga ko‘ra – oldindan ma'lum yo‘nalishlarda tashishlarni amalga oshiruvchi va yo‘lovchilar tomonidan belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanuvchi (turistik, buyurtmali) hamda yengil avtomobil-taksilarga bo‘linadi.
Tashish turiga ko‘ra – shahar ichida, shahar atrofida, mahalliy, shaharlararo, xalqaro va turistik.