442-savol: U haqida ikki o‘zbek adibi bir-biriga o‘xshash fikrlarni bayon qilishgan:
birinchisi
uning kuchini artilleriya qurolidan yuqori qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi yadro qurolidan ustun
qo‘ygan, xatto uning qo‘llanilishi borasida tavsiya ham bergan. Siz menga uning nimaligini va
o‘sha ikki adib aytgan qurol turlarini ayting.
Javob: Adabiyot, zambarak va atom (bombasi). Adiblar esa mos ravishda Parda Tursun va
Abdulla Qahhor.
443-savol: Agar mushuksimonlar oilasi vakillaridan birining
nomidan bitta harfni olsak,
bo‘risimonlar oilasi vakillaridan birining erkagining nomi kelib chiqadi. Birinchisi yovvoyi
hayvon bo‘lsa, ikkinchisi uy hayvoni hisoblanadi. Bir daqiqadan keyin ikkala hayvonni ham
ayting.
Javob: Sher va it. (Arslon va arlon).
444-savol: Bu xalq o‘zini “oq quyoshning farzandlari” deb hisoblashadi.
Xattoki ularning
bayrog‘ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizga
keladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas. Siz menga bu tosh qaysi rangda bo‘lishini ayting.
Javob: Qizil (yoqut).
Izoh: Yoqutlar o‘zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog‘ida esa oq quyosh
tasvirlangan.
[
Bosh sahifa
] [
Biz
bilan aloqa
] [
Savol yo’llash
] [
Bizning manzil
]
Ushbu savollarda mualliflik huquqi bor. ©
Muallif yoki klub ruxsatisiz ushbu savollardan moddiy manfaatlarda foydalanish mumkin emas.
Savollardagi barcha ma’lumotlar va faktlarga muallif javobgar.
Copyright © ZAKOVAT, 2008.
All Rights Reserved.
file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (62 of 62)11.01.2009 21:36:10