Javob: G’azab.
138-savol: Hakimlar aytishlaricha, u charchog‘i yo‘q ibodat, bezaksiz ziynat, davlatsiz haybat,
devorsiz qo‘rg‘ondir, u olim uchun ziynat, johil uchun pardadir. Hakimlar nimani nazarda
tutganlar?
Javob: Jim turish.
139-savol: 79 yilning yigirma to‘rtinchi avgustida kutilmaganda u uyg‘onadi. Agarda u umuman
xech qachon uyg‘onmaganida yaxshiroq bo‘lgan bo‘lur edi. So‘z nima xaqida bormoqda?
Javob: Vezuviy vulqoni.
140-savol: U inson xaqida o‘ylar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda ikki buyuk siymo gavdalanadi. Biri-
o‘rta asrning buyuk riyoziyotchi faylasufi va munajjim olimi, ikkinchisi esa XIX-XX asrdan
boshlab jaxon she’riyati klassiklari qatorida sharafli o‘rin egallagan, hozir ham she’riyat
osmonining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lmish zabardast shoir. U kim?
Javob: Umar Xayyom.
141-savol: Umar Xayyom ruboiylaridan birini eshiting:
Bu ko‘p eski ravot,…….. unga nom,-
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go‘rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.
Umar Hayyom yuqoridagi ruboiysida nimaga shunday ta’rif bergan?
Dostları ilə paylaş: |