file:///E|/DOCUMENTS/zakovat.mtrk.uz/Savollar/Zakovat/jobir_ahmedov_savollari.html (27 of 62)11.01.2009 21:36:10
Jobir Ahmedovning
turli yillardagi savollari
216-savol: Bitmay
qolgan ish;
inson tanasining bir qismi; peshona
teri bilan topilgan pokiza
ne’mat; qilgan nojo‘ya ishlar uchun koyish va o‘yinga yolg‘on aralashtirib nohaq o‘ynash. Bu
tushunchalarning umuiyligi nimada?
Javob: Bular barchasi o‘zbek milliy kurashida ishlatiladigan atamalar: chala, yonbosh, halol,
tanbeh, dakki va g‘irrom.
217-savol: Xorunjiy Potanin 1829-30 yillardaToshkentda bo‘lganida «Shahar markazida hiyla
baland do‘nglik joylashgan bo‘lib, shahar aholisi u yerda tez-tez sayillar, bayramlar o‘tkazish
uchun to‘planganlar. Bu yerdan shahar hududi xuddi kaftdek ko‘zga tashlanib turadi» deb
yozgan. U yuqoridagi ta’rifini Toshkentdagi qaysi joyga nisbatan bergan?
Javob: Ko‘kcha (ko‘hcha so‘zi forschadan tarjim qilinganida tog‘cha, tepalik degan ma’noni
bildiradi).
218-savol: Bu yerda yashovchi xalq juda hushfe’l xamda ochiqko‘ngil. Ular har bir mehmonni
“Selemat datang” deya yuzlarida tabassum bilan qarshi oladilar. Ular o‘zlarini «Bumiputra» ya’ni
«zamin o‘g‘lonlari» deb ataydilar. Bu qaysi xalq?
Javob: Malayziyaliklar (malaylar).
219-savol: 1927 yil, Yaponiya «Monsyu» - 9810 m. 1952 yil Britaniya «Chelenjer II» - 10863 m.
1959 yil sobiq SSSR «Vityaz» - necha m?
Dostları ilə paylaş: