Izoh: Gap Osiyo o‘yinlari haqida ketmoqda.
256-savol: U namlik yerni yoqtiradi. «Tagim ko‘l bo‘lsin, tanam cho‘l bo‘lsin» degan maqol xam
borki, buni bog‘bonlar uning tilidan aytishgan. U nima?
Javob: Anjir daraxti.
257-savol: Xalqimizda dexqonlarning piri-Bobo Dexqon, yilqichilarniki -Qambar ota, sigir
boquvchilarniki - Zangi ota, echki boquvchilarniki - Saksak ota, poyafzal tikuvchi kosiblarniki -
Boboi Parado‘z,chilangarlarniki - Hayoti Dovud bo‘lgan. Qo‘y boquvchilarning piri kim bo‘lgan?
Javob: Cho‘pon ota.
258-savol: Xalqimizda arpa og‘sa, kanduginingni (g‘alla soladigan joy) tuzat, bug‘doy og‘sa,
somonxonangni degan ibora bor. Buni qanday izohlash mumkin?
Javob: Arpa og‘sa (boshini ko‘tara olmay bir tarafga og‘sa)soyada doni to‘lishib, hosildor
bo‘ladi,bug‘doyda esa buning tamomila aksi bo‘ladi.
259-savol: Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul va
boshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki,
yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi». U nima?
Dostları ilə paylaş: |