Javob: Xo‘roz (bevaqt qichqirganida).
264-savol: Xalqimizda «Bo‘rining yesa ham, yemasa ham og‘zi qon» degan maqol bor. Bu
maqolning ma’nosi barchamizga ma’lum. Lekin bu ibora bejiz aytilmagan. Bu iboraning vujudga
kelishiga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Bo‘ri doimo og‘zini ochib, qizil tilini osiltirib yurgani uchun og‘zi qonday bo‘lib
ko‘rinadi.
265-savol: Qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jaevning yozishicha, agar
ushbu maqolga amal qilinsa, hosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi.
Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.
Javob: «Yer haydasang kuz hayda,kuz haydamasang yuz hayda».
266-savol: Xalqimiza «Jo‘jani kuzda sanaydilar» degan maqol bor. Jo‘jani nega aynan kuzda
sanash kerak?
Javob: Bahorda tuxumdan chiqqan jo‘jani kuzgacha kalxat,tulki va b. yeb kuzgacha ularning
soni kamayib, o‘zini eplab olgan jo‘jalargina qoladi. Aynan o‘shanda sanash kerak deyilmoqchi.
267-savol: Uning «qulog‘i chinoq bo‘lmasin, oyog‘i oqsoq yo kasal bo‘lmasin; salimul a’zosi
benuqson bo‘lsin» degan shartlari bor. Bu shartlar nimaga nisbatan aytilgan?
Dostları ilə paylaş: |