Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimi-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimi-
dan qat’iyan voz kechib, Sharqda necha ming yillar davomida
qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatiariga muvofiq keladigan o‘z yo‘limizni
tanlab oldik», -
deb yozgan edi I. Karimov o‘zining « 0 ‘zbekiston 
iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» kitobida.
Shunga binoan 1994-yilga kelib Ö ‘zbekistonda aholini ijtimoiy
270


himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning 
mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati 
shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi hisoblanmish bolalar 
va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi aso- 
siy kishilar bo‘lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam 
faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‘ldi. Oila asosiy mavqega 
ega bo‘ldi. Bunday yondashuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy 
an’analarga va ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ijtimoiy 
tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‘ringa muvofiq keladi.
Ijtimoiy ko‘maklashuvning yangi tizimida farzand tug‘ilganda, 
bir yo‘la beriladigan to'lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar 
va imtiyozlaming quyidagi turi ham amalga oshiriladigan bo‘ldi. 
Masalan, birinchidan, bola boquvchi onalarga to'lanayotgan nafaqa- 
ning miqdori ko‘paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzayti- 
rildi. Ilgari bimday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, endi 
bu muddat uch yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamay- 
digan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‘ldilar. Masalan,
1995-yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 3 foizi onalarga 
ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratildi. Boshqa 
davlatlardan farqli o‘laroq 0 ‘zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng 
oz miqdoriga bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu aw al boshdanoq pulning 
qadrsizlanishi oshganda nafaqalaming ana shu turining indeksatsi- 
yalanishini ta’miMaydi. Bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli 
nafaqalar o‘miga 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oi­
lalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy 
himoyaga ajratilgan mablag‘ning 51 foizi oilalarga ulaming farzand- 
lari ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi.
Davlat tomonidan bolalami boqish va tarbiyalash uchun qilina- 
digan sarf-xarajatlaming bir qismi oilalarga kompensatsiya tarzida 
berib turildi, ayni vaqtda ota-onalaming mas’uliyati kuchaytirildi. 
Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miq­
dori aw aliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga ke- 
lib eng kam ish haqining to‘la stavkasi darajasida belgilab qo‘yildi.
1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalar- 
ni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi 
Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra 1994-yilning oktabridan 
davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana 
shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam 
daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘riïmagan 
ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bun- 
day yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga
271


oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995-yilda 500 mingdan 
yojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so m 
moddiy yordam berildi.
1996-yil 10-dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berili- 
shini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bofasidagi chora- 
tadbirlami ro'yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘z* boshqarish 
organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oila- 
lami davlat tomonidan qo‘ llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish 
to‘g ‘risida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997-yil 
1-yanvardan boshlab fuqarolaming o'zini o‘zi boshqar' s^ 
inlari 
orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalaming son'§a 
9
arab 
eng oz ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar be- 
riladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat tamoyillar>Sa °§ ishmay 
rioya etish, keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlaS^’ ajratilgan 
mablagMardan maqsadli va samarali foydalanishga erisbish lozimligi 
qayd qilindi. 1997-yilda 16 yoshgacha boigan farzandi bor oilalarga 
nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan 
moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
1997-yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1-sinf o‘quvcbilariga bepul 
o‘quv anjomlari, darsliklami berish joriy etildi, kam ta minlangan 
oilalaming boshlang‘ich sinflarda o ‘qiydigan bolalarig3 bepul qishki 
issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin