2-§. Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralarining
amalga oshiriiishi
Mustaqillik yillarida ko‘p millatli mamlakatda fuqarolar o ‘rta-
sida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi 0 ‘zbekistonning
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida qo‘lga kiritilgan katta yutuqlardan
biridir. Chunki 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan
mamlakatda jamiyatni tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir
holatga o‘tkazish osonlik bilan ko‘chmaydi. Bunday paytda davlat
siyosati izchil va oqilona, dadil va qat’iyatli bo‘lmog‘i lozim.
Mamlakat rahbariyati milliy masalani qonun yo‘li bilan hal
qilishga urindi, millatlararo mojarolami tinch hal qilish chora-
tadbirlarini ko‘rdi. Bu borada hukumat eng aw alo Konstitutsiyaviy
talablar asosida ish tutdi. Aholining barcha qallamlari va turli millat
vakillari diqqatini bir nuqtaga qaratdi. Qonun oldida hammani teng
qilib qo‘ydi. Har bir fuqaro qalbida yagona zamin, yagona makon,
yagona vata* uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining muqaddima qismida « 0 ‘zbe-
kiston xalqi... fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash
maqsadida o ‘zining muxtor vakillari siymosida 0 ‘zbekiston Res-
publikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi», - deb yozib
qo’yilgan.
Jahon tajribalari shuni ko’rsatadiki, ko‘p millatli davlatda fuqa
rolar milliy va madaniy manfaatlarini himoya qilish ulaming ehti-
yojlarini qanoatlantirish milliy davlat chegaralari doirasida cheklanib
qolmasligi lozim.
0 ‘zlanning tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovchi millatlar
uchun hamma joyda, hamma vaqt milliy ehtiyojlarini qondira olish-
lari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab birinchi
galda milliy hududiy tuzilmalari bo‘lmagan xalqlarda alohida aha-
miyat kasb etadi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar, milliy siyosatga
bir yoqlama qaralar edi. U hech bir ittifoqdosh res^bblikada hal
etilmagandi. Milliy masala borasida sobiq Markaz tomonidan bir
yoqlama yo‘l tutib kelindi. Bu esa oqibatda butun SSSRmng, jum-
295
ladan 0 ‘zbekistonning ham ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga katta ziyon
yetkazdi.
Sobiq SSSR Konstitutsiyasida milliy ravnaq, milliy madaniyat-
lar rivoji xususida fikrlar bayon qilingan bo‘lsa-da, amalda «ulug‘
og‘a»chilik, ruslashtirish siyosati hukmron edi. Kommunistik partiya
dasturida barcha millatlar va elatlami o‘zaro yaqinlashtirish asosida
milliy xususiyatlami yo‘qotish va yagona, «madaniyatsiz», yasa-
ma xalqni vujudga keltirish tendensiyasi davlat va hukmron partiya
siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Darhaqiqat, KPSS programmasi-
da «yagona sovet xalqi vujudga keldi. Bu sovet davlati milliy siyo-
satining ulkan yutug‘idir» deb surbetlarcha bayon etilgan edi.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, millatlararo munosa-
batlarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan
bartaraf etila boshlandi. Ko'p millatli mamlakatda xalqlar tinch-
totuvligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida
« 0 ‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, 0 ‘zbekiston Respubli-
kasining fuqarolari tashkil etadi», - deyiladi.
Mazkur moddada qayd etilgan qoida jahondagi biror bir Konsti-
tutsiyada uchramaydi. Unda Konstitutsiya darajasida « 0 ‘zbekiston
xalqi» tushunchasining ta’rifi bayon etilgan. 0 ‘zbekistonda tug‘il-
gan, uning zaminida yashab, mehnat qilayotgan har bir kishi, millati
va irqiy mansubligidan, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, mamlakatimiz-
ning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir.
0 ‘zbekiston fuqarolari, o ‘zlarining nasl-nasabi, irqi, ijtimoiy ke-
lib chiqishi va boshqa holatlaridan qat’i nazar, 0 ‘zbekiston xalqini
tashkil etadi.
Konstitutsiya 0 ‘zbekiston xalqini tashkil etuvchi barcha millat
va elatlaming urf-odatlari va milliy an’analarini hurmat qilishni ka-
folatlaydi.
Mazkur moddada mustahkamlangan 0 ‘zbekiston fuqarolarining
milliy tengligi tamoyili inson huquqlariga oid barcha xalqaro hujjat-
larga, jumladan 0 ‘zbekiston Respublikasi nomidan uning Prezidenti
imzolagan «Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi» talablariga to‘la
mos keladi.
Mazkur prinsip mamlakatimizdagi tinchlik, siyosiy barqarorlik
va millatlararo totuvlikning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoq-
da. Ana shu talablardan kelib chiqib mamlakatda millatlararo muno-
sabatlami takomillashtirishga qaratilgan amaliy choralar belgilandi.
Shuni aytish lôzimki, mamlakatda millatlararo munosabatlami ta-
komillashtirishda tilning o ‘mi va roli benihoyadir. 0 ‘zbekistonda
2 9 6
o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi, bu o‘z navbatida uning mamla-
katda yashovchi fuqarolar o ‘rtasida millatlararo aloqalar vositasiga
aylanishiga imkon berdi.
M a’lumki, 1989 yil oktabrda Oliy Kengash sessiyasida o ‘zbek
tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Davlat manfaatlari nuqtayi
nazaridan bunday zarur chora respublikada istiqomat qilayotgan ru-
siyzabon aholi tomonidan bir xil qabul qilinmadi. Ulaming ruhan
tayyor emasligini hisobga olib, mamlakat rahbariyati til Dasturini
amalga oshirishda shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymadi. Unga hayot
taqozosi asosida o‘zgartirishlar kiritib bordi.
Mamlakatda muntazam ravishda til siyosati haqida tushuntirish-
lar olib borildi. Mavjud vaziyatni hisobga olib, zaruriyatga qarab ish
yuritish, hujjatlami rasmiylashtirish, turli ma’muriy-idoraviy muno-
sabatlarda rus tili va boshqa millatlar tillaridan foydalanila bosh-
landi. Shuning uchun bu masala 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlis
IV sessiyasi kun tartibiga kiritilib, « 0 ‘zbekiston Respublikasining
davlat tili haqida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risida Qonun qabul qilindi. Ushbu
Qonunning 4-moddasida « 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat tilini
o ‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hu-
dudida yashovchi millatlar va elatlaming tillariga izzat-hurmat bilan
munosabatda b o iish ta’minlanadi, bu tillami rivojlantirish uchun
shart-sharoifyaratiladi», - deb yozib qo‘yildi.
Bu qoida millatlararo do‘stlik munosabatlarini yaxshilashga xiz-
mat qila boshladi. Mamlakatda milliy-madaniy markazlami tashkil
qilish asosida tub aholi boim agan xalqlar milliy an’analari, mada-
niyatlari va boshqa o ‘ziga xos jihatlarining rivojiga keng yo‘l ochib
berdi.
1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo
Madaniyat Markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan
Qozoq, Koreys, Arman, Ozarbayjon, Tojik madaniyat markazlari fa-
oliyat ko‘rsata boshladi.
Vaqt o ‘tgani sayin ulaming soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga
kelib mamlakatda ulaming soni 80 tadan oshdi. Bunday rivojlanish
o‘z navbatida ulaming faoliyatini muvofiqlashtirishni taqozo qilar-
di. Shu maqsadda 1992-yil yanvar oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Baynal-
milal madaniyat Markazi tashkil qilindi. Milliy-madanry markazlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko‘maklashish lining asosiy
vazifasi qilib belgilandi. Shu bilan bir qatorda davlat organlari va
jamoat tashkilotlariga 0 ‘zbekiston hududida yashovchi milliy gu-
2 9 7
ruhlaming ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga doir masalalami
o‘rganishda yordam berishi lozim deb, ta’kidlandi.
Markaz faoliyatidagi muhim yo‘nalish umumxalq bayramlariga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etish bo‘ldi.
Jumladan, respublikada o ‘tkaziladigan an’anaviy «Navro‘z» bayra-
mida nafaqat mahalliy, balki, respublikada yashayotgan barcha mil-
lat vakillari qatnashadilar, bu bayramga chuqur hurmat bilan qaray-
dilar. 0 ‘z navbatida mahalliy aholi ham ruslaming milliy bayrami
bo‘lmish «Масленница рождество», tatarlaming «Sabanto‘y» va
boshqa qator xalqlaming milliy bayramlarida faol ishtirok eta bosh-
ladilar.
Bu bir jihatdan ma’lum bir xalqning milliy bayramini, o‘ziga
xos an’ana va urf-odatlarini o‘rganishga, shu tufayli o‘z dunyoqa-
rashni boyitishga yordam beradi. Ikkinchidan, o ‘zaro hurmat va ya-
qin qardoshlik asosida umumiy xonadon - yagona vatan tuyg‘usini
kuchaytiradi. Uchinchidan, mamlakatda sog‘lom, ma’naviy-ruhiy iq-
limning barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida Baynalmilal madaniyat Markazi tomoni-
dan amalga oshirilgan ishlaming yana bir yo‘nalishi bu 1994-yili
boshlangan birinchi «Xalq ijodiyoti» festivali bo‘ldi. Bu festival
0 ‘zbekiston Mustaqilligining uch yilligi mimosabati bilan tashkil
etildi va uni har ikki yilda bir marta o‘tkazishga qaror qilindi.
Ayniqsa, arman, ozarbayjon, tojik, qozoq, tatar, nemis va koreys
xalqlarining professional va badiiy havaskorlik san’atkorlarining
chiqishlarini xalq xursandchilik va qiziqish bilan kutib oldi. Har
bir Madaniyat Markazining festivali chinakamiga milliy bayram
ga, o ‘sha millatning tom ma’nodagi porloq istiqbolining kafolatiga,
yashab turgan zamin uning uchun begona emasligi, aksincha, ana
shu yurt, ana shu tuproq taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchay-
tirishga xizmat qildi. Milliy madaniy Markazlaming yakunlovchi
chiqishlari Mustaqillik bayrami arafasida 20-avgust kuni «Istiqlol»
saroyida va bayram kuni - birinchi sentabrda «Mustaqillik» maydo-
nida o ‘tkazilgan tantanali konsertlarda namoyish qilindi.
Mamlakatda millatlararo munosabatlami barqarorlashtirish, mil
liy madaniyatlar ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini qo'llab-quwatlab
festival qatnashchilariga Prezident I. Karimov tabrik maktubi
yo‘lladi.
0 ‘zbekistonda qardosh xalqlar ijodkorlari bilan uchrashuvlar,
ular ijodiga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazish odat tusiga kirdi.
Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston kunlarining Qozog‘istonda, Qozo-
g‘iston kunlarining 0 ‘zbekistonda o ‘tkazilishi, qozoq va o‘zbek
2 9 8
xalqi o‘rtasidagi qardoshlarcha aloqaning yanada ravnaq topishiga
katta hissa qo‘shdi. Rus madaniyat Markazi Rossiyaning 0 ‘zbe-
kistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda S.Yesenin tug‘ilgan
kunining 100 yilligini, Qozoq madaniyat Markazi Qozog‘istonning
0 ‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda buyuk qozoq shoiri
Abay tavalludining 150 yilligini, milliy istiqlol uchun tolmas ku-
rashchilar Turor Risqulov, Sultonbek Xojanovlaming 100 yilligi
ni, Qirg‘iz madaniyat Markazi Qirg‘izistonning 0 ‘zbekistondagi
elchixonasi bilan birgalikda «Manas» eposining 1000 yilligini
keng nishonladilar.
Bu sanalar o ‘z navbatida o‘zbek xalqining ham katta bayramiga
aylandi. Milliy madaniyat markazlari, mamlakat fanlar akademiyasi
va boshqa qator oliy o‘quv yurtlari ishtirokida ilmiy-amaliy konfe-
rensiyalar o ‘tkazildi.
Ukraina milliy madaniy Markazi «Taqdirimiz - yagona» mav-
zuida davra stoli tashkil etdi. Atoqli rus shoiri S.Yesenin yubileyiga
bag‘ishlangan kecha ishtirokchilari « 0 ‘zbekiston - umumiy uyimiz»
mavzuida suhbat o ‘tkazdilar.
Shuningdek, turli millatga mansub ijodkorlar asarlarining
ko‘rgazmalarini tashkil qilishga katta e’tibor berildi. Masalan, 1994-
yil mart-aprel oylarida Toshkentda «Bir daraxtning shoxlari» mav
zuida ana shunday ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda mamlakatda is-
tiqomat qfluvchi 11 millatga mansub 58 ijodkoming 98 ta tasviriy
san’at asari namoyish qilindi. Shu yilning may oyida esa Ukraina,
0 ‘zbekiston, Belorussiya xalq amaliy san’ati namoyandalari asarla
rining ko‘rgazmasi uyushtirildi. Xususan 0 ‘zbekistonlik mo‘yqalam
ustalari: I.Xaydarov, A.G.Jiboldov, K.Gulenko, S.RMansurov, Kov-
riyenko va boshqalaming asarlari keng tomoshabinlar ommasida
katta taassurot qoldirdi. Bu ko‘rgazmalar kishilami hozirgi zamon
amaliy va tasviriy san’at namunalari bilan tanishtirishda katta aha-
miyatga ega bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda o ‘tkaziladigan «Turkiston - umumiy uyimiz»
mavzuidagi kechalar, uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va
ahillikni kuchaytirishda katta rol o‘ynamoqda. Masalan, ana shim-
day shior ostida 1995-yil avgustda mamlakat Baynalmilal madaniyat
Markazining respublika, Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari,
«Tinchlik va barqarorlik» hamda shahar «Mahalla» xayriya
jam g‘armalari bilan hamkorlikda o ‘tkazgan do‘stlik kechasi katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu yil kuzda Markaziy Osiyo xalqlari ma
daniyat arboblari Assambleyasining Toshkentda to‘planishi ham bu
borada qo‘yilgan muhim qadam boTdi.
2 9 9
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi Germaniya,
Rossiya, Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga rasmiy tashrif
buyurganda, tegishli milliy-madaniy markazlar raislari shu Hukumat
delegatsiyasi tarkibida bordilar. Bu ham mamlakatimizda milliy va
millatlararo munosabatlar davlat nazoratida ekanligini, unga doimiy
ravishda g ‘amxo‘rlik va alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi.
Qolaversa, bu har ikki davlat va xalq o ‘rtasidagi munosabatlaming
yanada chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Mamlakat Baynalmilal madaniyat Markazi 1995-yil 10-11-mart
kunlari Toshkent shahar hokimiyati hamda «Ma’naviyat va m a’rifat»
Markazi bilan hamkorlikda «Mustaqil 0 ‘zbekistonda millatlararo
munosabatlar madaniyati» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konfe-
rensiyasini o ‘tkazdi. Ushbu konferensiya tavsiyalari keyingi yillarda
millatlararo totuvlikni rivojlantirishga doir ishlami yanada takomil-
lashtirishga, uni yangidan yangi tajribalar va ilmiy-nazariy xulosalar
bilan boyitishga yordam berdi.
0 ‘zbekiston «Xalq birligi» harakati va Baynalmilal madaniyat
Markazi 1996-yil « 0 ‘zbekiston millatlararo hamjihatlik yo‘lida»
nomli kitobni nashr etdi. Unda milliy va millatlararo munosabat
laming jamiyatni tubdan isloh qilish sharoitida tutgan o ‘mi va roli,
milliy madaniyatlar ravnaqi va Mustaqillik imkoniyatlari haqida fikr
yuritiladi.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat va-
killarining o‘z ona tillarida o ‘qishi, ta’lim olishi uchun keng imko-
niyatlar yaratildi. Ular kerakli miqdorda o‘quv qurollari va darsliklar
bilan ta’minlanadi.
Ayni paytda 0 ‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 120 dan or-
tiq millat va elatlaming farzandlari mamlakatimiz o ‘quv yurtlarida
bemalol ta’lim olmoqdalar. Ko‘plab tillarda gazeta va jumallar
chop etilmoqda. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar olib boril-
moqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida millatlararo va diniy
bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, unga
muvofiq mamlakatimizda yashayotgan har bir kishi jinsi, irqi, millat-
lari, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar bir xil huquq
va erkinlikka ega hamda qonun oldida bir xil javobgardir.
Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992-
yilda tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi
o ‘z tili, madaniyati, san’ati, milliy hunarmandchiligi, urf-odat va
an’anasiga ega bo‘lgan millatlar markazlarini muvofiqlashtirish,
shuningdek, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak berish, har bir mil-
3 0 0
latning o ‘ziga xos udumlarini asrash bag‘rikenglik tamoyili asosida
bir-birini tushunish, hamkorlik va hamjihatlik fazilatlarini singdirish
kabi ustuvor vazifalami bajarishda faollik ko‘rsatmoqda.
2008-yilga kelib yurtimizda turli millat va ellatlarai birlashtirgan
140 dan ziyod milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Ulardan
13 tasi respublika miqyosidagi tashkilot maqomiga ega. Rus, ukrain,
koreys, turkman, qozoq, uyg‘ur, nemis, polyak markazlarining hudu-
diy bo‘linmalari ham ishlab turibdi. Ushbu markazlar uchun millat
va elatlar o ‘rtasidagi munosabatlami mustahkamlash g‘oyasi asosiy
dasturilamaldir.
2007-yil 20-yanvar kuni Respublika baynalmilal madani-
yat markazining 15 yilligi keng nishonlandi. Bu tadbirga alohida
tayyorgarlik ko‘rildi. 2006-yil davomida joylarda « 0 ‘zbekiston -
umumiy uyimiz», «Kuchimiz - birlik va jipslikda», «Vatan yago-
nadir, Vatan bittadir» kabi festivallar tashkil etildi. Ularda esa hur
0 ‘zbekistonimiz jamoli, do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik kabi ezgu
fazilatlar yanada ulug‘landi. Tadbiming asosiy qismi o‘tkazilayotgan
paytda mamlakat Prezidenti barcha millat va elat vakillariga tabrik
xati yo‘lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
Dostları ilə paylaş: |