SSSR nomi bilan bog‘liq bo‘lgan «sovuq urush» siyosati bar-
bod bo‘lgach, insoniyat hayotiga tahdid soladigan, uni tanazzulga
olib boradigan, olamshumul taraqqiyot yo‘lini bo‘g ‘adigan yangi
omillar vujudga kelishi mumkinligini, bu tabiiy ekanligini,
inson
tafakkuri va uning fe’l-atvoridan kelib chiqadigan mantiqiy hodi-
saligini birinchi b o iib 0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimov ayt-
gan va uni dunyo minbaridan turib o‘rtaga tashlagan edi. 0 ‘sha
paytlarda kimlardir bu g‘oyalarga ishonmadi, kimlardir shunchaki
yo‘l-yo‘lakay aytilgan gap sifatida qabul qildi. Biroq hayot haqi-
qati achchiq va shafqatsiz, vaqt - berahm hakam. U bor haqiqatni
ko‘rsatdi-qo‘ydi!
0 ‘zbekiston
rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha
o‘nlab tashkilotlar minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashrif-
lari chog‘idagi uchrashuvlar va suhbatlarda mintaqaviy mojarolar,
xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan butunlay yangi g ‘oyalari
keyinroq, ya’ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya - « 0 ‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va
barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi.
Jahon ja-
moatchiligi e’tirofini qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqu-
lodda yangilik sifatida qabul qilindi va dunyoning bir necha o ‘nlab
mamlakatlarida taijima qilinib, nashr etildi.
Prezident Islom Karimov ushbu asarida Yer yuzidan «sovuq
urush» vasvasasi yo‘qoldi, biroq endi mamlakatlararo, minta
qaviy nizolar, ma’lum bir hududlar o‘rtasidagi kelishmovchilik-
lar butun dunyo taqdirini belgilaydigan ulkan xavfga aylanishi
mumkin, degan tashvishni bildirgan edi. Afg‘oniston voqealari va
Tojikistondagi xunrezliklar misolida gapirib,
bunday salbiy ho-
disalar Yer sharining turli mintaqalarida turli shakllarda va turli
maqsadlarda yuz berishi mumkinligini, bular qanday shaklda va
maqsadlar yo‘lida vujudga kelmasin inson va insoniyat, odam va
olam taqdiriga tajovuz ekanligini, u bilan mutlaqo murosa qilib
bo‘lmasligini ko‘rsatib o ‘tgan edi.
Darhaqiqat, Afg‘onistonda urush boshlangan kunlari tug‘ilgan
chaqaloq bugun navqiron yigit bo‘lib voyaga yetdi. Uning ko‘rgani
o ‘lik, qon, jarohat va yovuzlik boidi. Jajji qo‘llari o‘lik ushlab,
tetapoya oyoqlari bilch-bilch qon bosib o ‘sdi. Maktab ko‘rmadi,
m a’rifat
nima bilmadi, kitob o ‘qimadi, qalam ushlamadi! Ushlaga-
ni - o ‘q-dori, qurol-yarog‘, o ‘ylagani - yovuzlik bo‘ldi! Hayotda
hundan battar jaholat bormi? Jaholatning mezonlari,
0
‘J^hovlari,
miqyoslari, chegaralari bormi? Kim uni belgilay oladi? Agar bu
tun millat farzandlari yillar mobaynida shu alpozda tug‘ilsa-yu
313
shu alpozda tarbiyalansa, millat taqdiri, uning istiqboli qanday
bo‘ladi? Kim bunga javob bera oladi? Tarix oldida,
millat oldida,
o ‘tmish ajdodlari va kelgusi avlod oldida, umuman kelajak oldi
da kim o‘zini ko‘rsata biladi va qanday javob beradi? Prezident
Islom Karimovning yuqoridagi gaplarida xuddi ana shunday ach-
chiq va hayotiy haqiqat yotadi.
Ana shu xulosalardan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston rahbari bundan
bir necha yil oldin
Dostları ilə paylaş: