Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Aytish joizki keyingi yillarda hukumat diqqat markazida



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Aytish joizki keyingi yillarda hukumat diqqat markazida
bo‘lib kelgan ikkinchi masala - bu iqtisodiyotni liberallashtirish
jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Bu borada asosiy e’tibor soliq yukini kamaytirish, soliq-budjet 
siyosatini liberallashtirish va unifikatsiya qilish, soliqqa tortish tarti- 
bini soddalashtirish, soliq va moliya organlari mas’uliyatini kuchay- 
tirishdek aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish- 
ga qaratilganini ta’kidlash joiz.
2005-yilda yuridik shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadi- 
gan soliq stavkasi 18 foizdan 15 foizga tushirildi, bu esa qariyb 40 
milliard so‘mlik mablag‘ni korxonalar ixtiyorida qoldirish imkoni- 
ni berdi. Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 31 foizgacha qisqartirildi, 
jismoniy shaxslami soliqqa tortish tizimi o ‘zgartirildi, mulk solish 
stavkasi esa 3,5 foizgacha kamaytirildi.
Amalda jami 15,2 foizni tashkil etgan soliq va to‘lovlar o ‘miga 
13 foiz miqdoridagi yagona soliq to‘lovining joriy etilishi tadbir- 
korlik faoliyatini rivojlantirishda, ayniqsa, kichik korxonalar uchun 
muhim ahamiyatga ega boidi. Bu o‘z navbatida kichik korxona- 
larga faqat 2005-yilning ikkinchi yarmida qariyb 10 milliard so‘m 
mablag‘ni tejash imkonini berdi.
Soliq yukini kamaytirish borasida ko‘rilgan choralar tufayli dav- 
lat budjetiga to‘planayotgan kirimlar, ya’ni fiskal chegirmalar 22,6 
foizgacha qisqartirildi.
Natijada korxonalar ixtiyorida qoldirilgan 130 milliard so‘mdan 
ziyod pul ulaming aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo'naltirildi 
va moliyaviy ahvolini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat 
qildi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish faolligini 
oshirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda puxta o‘ylangan, 
birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyo- 
satining o ‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 2006-yil yuridik 
shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadigan soliq stavkalari 15 foiz­
dan 12 foizgacha, dividend va foizlardan olinadigan soliq 15 foizdan 
10 foizgacha, yagona ijtimoiy to‘lov esa 31 foizdan 25 foizgacha 
kamaytirildi. Ekologiya solig‘i butunlay bekor qilindi.
Soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida respublikamiz kor- 
xona, kompániya va xo'jaliklari 2006-yilda o‘z moliyaviy resursla- 
rini qo‘shimcha ravishda 425 milliard so‘mga ko‘paytirdi. Bu esa
380


investitsiyalaming aylanma mablag‘ini toidirish va mehnatga haq 
toiashni oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qildi.
Naqd pul olishdagi cheklovlaming bekor qilinishi va bu bo- 
radagi talablarga banklar tomonidan qat’iy rioya etilishi, naqd pul 
tushuraining o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi ustidan nazoratning 
kuchaytirilishi bank-kredit tizimini liberallashtirishda muhim qadam 
bo‘ldi. Tijorat banklari uchun ulaming Markaziy bankdagi korres- 
pondentlik hisob raqamlaridan cheklovsiz foydalanish imkoniyati 
yaratilgani, shuningdek, naqd va naqd bo‘lmagan pul aylanmalarini 
unifikatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilgan keyingi chora-tadbirlar, naqd 
pulsiz hisob-kitobning ilg‘or shakli bo‘lgan plastik kartochkalaming 
amaliyotda keng joriy etilishi tufayli o‘tgan yilda bunday kartochka­
laming soni taxminan besh barobar ortgani muhim ahamiyatga ega, 
albatta.
2005- 
yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi savdoni liberallash­
tirishda, jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuv borasida yana- 
da salmoqli natijalarga erishdi.
Bunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlami eksport 
qilishni rag‘batlantirish, eksport-import operatsiyalarini bojxona 
tariflari orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish, bojxona 
to‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi 
bilan bog‘liq jarayonlami soddalashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora- 
tadbirlar muhim rol o‘ynadi.
2006- 
yil 12-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007-yilda iqtisodiy 
islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan majlisi bo‘ldi. Majlisda 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidenti I. Karimov m a’ruza qildi.
Davlatimiz rahbari ma’mzasida islohotlami chuqurlashtirish va 
iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish 
natijasida iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlari inflatsiya 
darajasining pasayishi va xalq farovonligining oshishi tendensiyalari 
mustahkamlanganligini qayd etdi.
2006-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sa- 
noat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, pulli xizmatlar ko‘rsatish 19,3 
foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga o‘sdi.
Respublika iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar, 
eng aw alo to‘g ‘ridan to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar hajmfro‘sdi.
Jami investitsiyalaming yarmidan ko‘prog‘i ishlab chiqarish ba- 
zasini modemizatsiya qilishga va texnologik jihatdan yangilashga,
381


yangi asbob-uskunalar sotib olishga yo’naltirildi. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat rivojlandi, mahsulotni eksportga chiqarish hajmi ko‘paydi, 
tashqi savdo va to‘lov balanslari mustahkamlandi.
Qishloq xo‘jaligida islohotlar davom ettirilmoqda. Bugungi kun- 
da Respublikada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 
asosiy qismi fermer xo’jaliklari hisobiga to‘g ‘ri kelmoqda, aholining 
ish bilan bandlilik darajasi o ‘sdi. Masalan, 2006-yil oxirida mamla- 
katda 190 ming fermer xo’jaligi faoliyat ko‘rsata boshladi, shu yil- 
ning o ‘zida birgina kasanachilikni joriy qilish evaziga 60 ming odam 
ish bilan ta’minlandi, birgina 2006-yil 570 ming ishchi o ‘mi yaratil- 
di. Keyingi yillarda aholining turmush darajasi birmuncha yaxshilan- 
di. Birgina 2006-yil barcha toifadagi ishchi xizmatchilaming real ish 
haqi 36 foizga o ‘sib, o ‘rtacha ish haqi 185 ming so'mni tashkil qildi.
2006-yilga mo’ljallangan rejalar oshirib bajarildi. Jumladan, 
yoqilg'i energetika majmuasi va rangli metallurgiya tamoqlari yuqo- 
ri sur’atlarda o‘sdi. 0 ‘tgan yili faqat yoqilg’i-energetika majmuasi- 
ni rivojlantirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilish uchun 250 
million dollar hajmidagi xorijiy sarmoya jalb qilindi.
2006-yilda o ‘sish sur’ati mashinasozlik va metallni qayta ish- 
lash sanoatida 25,7 foiz, kimyo va neft-kimyo sanoatida 19,6 foiz, 
oziq-ovqat sohasida 28 foiz, yengil sanoatda 20 foiz, yog‘ochni qay­
ta ishlash va mebel sanoatida 18 foiz, qurilish materiallari sanoatida 
12 foizga oshdi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan cho- 
ralaming amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini 
yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy sarmoyalar- 
ni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
2006-yilda 
moliyalashning 
barcha 
manbalari 
hisobidan 
o ‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar hajmi 3 milliard 140 million 
AQSH dollariga teng darajani tashkil etdi.
Iqtisodiyotga yo’naltirilgan sarmoyalaming qariyb 50 foizi tex- 
nologiyalami yangilash va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarf- 
landi.
Barcha sarmoyalaming 77,5 foizini tashkil etadigan markaz- 
lashmalar sarmoyalaming asosiy o ‘sishi xorijiy investitsiyalami 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish, korxonalaming o ‘z mablag‘i va bank 
kreditlari hisobidan ta’minlandi.
382



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin