Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Milliy istiqlol va Amir Temur omili



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

3-§. Milliy istiqlol va Amir Temur omili
Bugun biz mustaqillik mohiyatini, uning jamiyat taraqqiyoti- 
da tutgan o*mi hamda xalq turmushidagi beqiyos ahamiyatini ulug‘ 
bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur orqali yana ham chuqurroq 
anglamoqdamiz.
Mustaqilligimizning 5 yilligi va Amir Temur tavalludinirg 660 
yillik tantanalari bir-biriga ulanib ketdi. Bu tarixiy haqiqatning yu- 
zaga chiqishi ajdodlarimizning muqaddas ruhi va bugungi avlod 
xohish-irodasining mushtarakligidan dalolat beradi. Biroq, bu kun- 
larga yetib kelish oson boTmadi.
Davr va sharoit nechogTi og‘ir, shafqatsiz boTmasin, o‘zbek 
xalqi hech qachon o'tmishini, uning buyuk siymolarini yoddan chi- 
qarmadi, qalb qo‘rida saqlab keldi.
«Qizil imperiya» Amir Temurga, u orqali o‘zbek xalqiga nisba- 
tan tahqirlash siyosatini olib borgan bir paytda, xorijda bu benazir 
zotga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy, san’at 
asarlari yaratildi, xalqaro anjumanlar o‘tkazildi, uning nomi bilan 
bogTiq ommaviy tashkilotlar tuzildi, muzeylar ochildi.
Shunisi quvonchliki, o ‘zbek xalqining bag‘riga ozcldlik shamoli 
tekkan ilk yillardanoq, YuNESKO Amir Temuming insoniyat tari- 
xidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga 0 ‘zbekiston huku-
4 7 5


mati bilan birgalikda jonbozlik ko‘rsata boshladi. Bu, birinchidan
ulug‘ bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos nufuzidan dalo- 
lat bersa, ikkinchidan, millat sha’ni, uning tarixiy shavkatini tiklash 
yo‘lida Prezident Islom Karimov sa’yi harakatlarining natijasidir. 
YuNESKOning o ‘sha paytdagi bosh direktori Federiko Mayor bilan 
0 ‘zbekiston rahbarining amaliy muloqotlari va hamkorligi bugun 
o‘zbek millati dovrug‘ini olamga taratishga xizmat qilmoqda.
Bundan 600 yilcha burun Ispaniyaning mashhur o‘g‘loni Rui 
Gonzales de Klavixo do‘stlik elchisi maqomida Samarqandga tashrif 
buyurib, vataniga qaytgach, yurtimiz haqida o ‘z taassurotlarini e’lon 
qilgan edi. 0 ‘shanda nafaqat Ispaniya, balki butun Yevropa Klavixo 
asari orqali Turkiston va uning madaniyati borasidagi o‘z tasawur- 
larini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Taqdir taqozosi 
bilan oradan deyarli olti asr o ‘tib, Ispaniyaning boshqa bir o ‘g ‘loni -
Federiko Mayor m a’rifat, ilm va madaniyatning xalqaro miqyosdagi 
homiysi va himoyachisiga aylangan YuNESKOga rahbar bo‘lib, 
0 ‘zbekistonning boy tarixini, uning umuminsoniy qadriyatlarini, bu- 
yuk ajdodlarini jahonga tanitishga hissa qo‘shmoqda. F.Mayoming 
bu xizmatlari 0 ‘zbekiston hukumati tomonidan munosib baholandi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin