Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

ISLOM KARIMOV
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
* * *
1997-yil 5-fevral kuni Prezident I. Karimov AQSH davlat koti- 
bini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalami 
rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkor- 
likni kengaytirish bilan bog iiq masalalar muhokama etildi.
Ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga 
ega bo‘lgan jahdhning yetakchi davlati Amerika Qo‘shma Shtatlari 
bilan uzoq muddatli va keng koiam da munosabatlami rivojlantirish 
0 ‘zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo‘nalishidir.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda 0 ‘zbekistonning AQSH bilan 
tashqi savdo munosabatlari ortib bormoqda. Masalan, 1998-yilda 
0 ‘zbekistondan AQSHga 63.6 min. dollarlik mahsulot chiqarilgan 
boisa, shu davr mobaynida AQSHdan 242.9 min. dollarlik mahsulot 
import qilib olindi.
0 ‘zbekiston Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar 
o‘matishga jiddiy e’tibor berdi. Xususan, Prezident I. Karimovning 
1994—1996-yillardagi GFR, Fransiya, Buyuk Britaniyaga tashriflari 
tufayli Yevropaga y o i ochildi. Bu mamlakatlar bilan iqtisodiy, sav­
do va madaniy aloqalar kengaydi.
1999-yil may oyida Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanov rasmiy 
tashrif bilan 0 ‘zbekistonga keldi.
Shu kuni shahar tashqarisidagi Do‘rmon qarorgohida*0‘zbe- 
kiston Prezidenti Islom Karimov bilan Bolgariya Prezidenti Petr 
Stoyanovning yakkama-yakka uchrashuvi b o iib o ‘tdi. Uchrashuvda
661


xalqaro hayotdagi dolzarb voqealar, ikki mamlakat o ‘rtasidagi mu- 
nosabatlaming bugungi ahvoli, o ‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivoj- 
lantirish uchun amalga oshirilishi zarur boigan chora-tadbirlar va 
boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlaming o‘zaro muloqoti oxiriga yetgach, ikki mam­
lakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi mu- 
zokaralari boshlandi. Muzokaralarda asosiy e ’tibor ikki mamlakat 
o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga 
qaratildi. 0 ‘zbekiston bilan Bolgariya o ‘rtasidagi hamkorlikni ri- 
vojlantirishdan har ikki tomon ham birdek manfaat ko‘radi, - dedi 
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Janob Petr Stoyanovning 
Bolgariya rahbari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida bi- 
rinchi bo‘lib 0 ‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani ham bejiz 
emas. Shu o‘rinda bir gapni aytish kerak - 0 ‘zbekiston Bolgariya 
uchun hamisha ochiqdir.
Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirgan- 
da, aw alo, kommunikatsiya va tranzit masalasiga to‘xtalish ke­
rak bo‘ladi. Bu borada asosiy dastur TRASEKA loyihasi hisobla- 
nadi. Sharq va G ‘arbni bir-biriga birlashtiradigan mazkur transport 
yo‘lagini to ia quw atda ishga tushirish uchun u o ‘tadigan mam- 
lakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalami mustahkamlash zarur boiadi. 
Negaki mazkur yo‘lak bu yo‘nalishdagi barcha davlatlarga bir xil 
foyda keltiradi. Xususan, nafaqat Bolgariya, balki Yevropa bozori- 
ga chiqishimiz uchun ham Bolgariyaning Varna shahri portlaridan 
foydalanishimiz mumkin. Bolgariya esa 0 ‘zbekiston orqali nafaqat 
Markaziy Osiyo balki butun Osiyo bozoriga chiqishi mumkin. Ayni 
mavzuda gap ketganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda Gruzi- 
yaning Poti porti bilan Bolgariyaning Varna porti o ‘rtasidagi aloqa 
yo‘lga qo'yilgani TRASEKA loyihasini hayotga tatbiq etishdagi mu- 
him ishlardan biri bo‘ldi.
0 ‘zaro hamkorlikdan ko‘zlagan maqsadimiz bitta - xorijiy sar- 
moyaning mamlakatimizga oqib kelishi uchun qulay sharoit yara- 
tish, - dedi Bolgariya Prezidenti ikki mamlakat o ‘rtasidagi ham­
korlik haqida o‘z fikrlarini bayon qilar ekan - shuning uchun 
o ‘zaro sa’y-harakatlami birlashtirish kerak. Shunda bizga Sharqqa, 
0 ‘zbekiston uchun esa G‘arbga chiqish oson kechadi. Qolaversa, 
yaratilajak transport yoTagi tufayli mamlakatimizga kirib keladigan 
sarmoya ham ko‘payadi.
Muzokaralarda Bolgariya tomoni Markaziy Osiyoda birinchi 
b o iib Toshkentda o ‘z elchixonasini ochajagini m a’lum qildi. Shu-
6 6 2


ningdek, yaqin kelajakda Sofiyada 0 ‘zbekiston elchixonasini ham 
ochish rejalashtirilayotgani aytildi. Yana bir gapni aytib o‘tish ke- 
rakki, muzokaralar chog‘ida o ‘zbekistonlik bolalami Qora dengiz 
Nohilidagi dam olish maskanlariga jo ‘natish borasida muayyan keli- 
shuvga erishilgani ham muhim ish bo‘ldi.
Muloqot chogida shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi mada- 
niy aloqalami, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida 
ham so‘z bordi.
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama qo'shma hujjatlami 
imzolash marosimi bo‘ldi. 0 ‘zbekiston va Bolgariya hukumatlari 
o'rtasida belgilangan hududlar hamda ulardan tashqarida o'zaro havo 
aloqasini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamda jinoyatchilikka qarshi ku- 
rash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, 
0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o'rtasida im- 
zolangan do'stona munosabatlar va hamkorlik to‘g ‘risida shartnoma 
ratifikatsiyalangani haqida yorliqlar almashish to‘g‘risidagi proto- 
kolga ham imzo chekildi.
0 ‘zbekiston keyingi yillarda Boltiq bo‘yi respublikalari bi­
lan ham do‘stona hamkorlikni saqlab qolish va uni yangi sharoitda 
yanada rivojlantirishga harakat qildi.
1995-yil 6-iyun kuni Prezident Islom Karimov davlat tashrifi bi­
lan Latviya Respublikasiga bordi. Shu kuni Latviya Prezidenti Gun- 
tas Ulmanis bilan'Islom Karimov o'rtasida muloqot bo'lib, har ikki 
davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma chu- 
nonchi, transport, havo aloqalari, sayyohlik va ilmiy-texnik aloqalar 
yuzasidan bitimlar tuzildi.
7-iyun kuni u Riga biijasi binosida Latviya ishbilarmonlari bilan 
uchrashdi. So'ng Latviya seymiga tashrif buyurib, uning raisi Anato­
liy Gorbunov bilan muloqotda bo'lib parlamentlararo munosabatlar- 
ni yanada yaxshilash yuzasidan kelishib olindi.
1995-yil 7-8-iyun kunlari Islom Karimov rasmiy tashrif bilan 
Litva Respublikasida bo'ldi. Vilnusdagi Prezident saroyida Islom 
Karimov va Angirdis Brazauskas o'rtasida muzokaralar bo'ldi. Ikki 
mamlakat o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish 
to'g'risida Qo'shma Deklaratsiya, ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, 
madaniyat sohalarida hamkorlik qilish to'g'risida hukumatlararo bi­
timlar imzolandi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston tashqi siyosatining gecgrafi- 
yasi kengayib bordi. Yaqin va O 'rta Sharq hamda Arab mamlakat- 
lari bilan davlatlararo munosabatlami o'matish va rivojlantirishga
663


intilish ham 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlari 
hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi rasmiy 
tashrif bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, 
Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlaming asosla- 
ri to‘g ‘risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy 
hamkorlik bitimlari tuzdi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 14-17-sentabr 
kunlari rasmiy tashrif bilan Isroilda bo‘ldi. Xo‘sh, tashrifdan mud- 
dao nima edi? Avvalo, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy hamkorlik sarhadlarini yanada kengaytirish va bu- 
ning uchun zarur huquqiy asoslami mustahkamlash. Isroil davlati- 
ning bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, aqliy salohiyati, yuksak texno- 
logiyasi, ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqiqatan ham katta e’tiborga 
molik. Shu bois ham Isroil bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini ken­
gaytirish bizga foydalidir.
Hamkorligimizning asosiy - iqtisodiyot bilan bog‘liq masala- 
lar haqida to‘xtalishdan oldin bir gapni aytib o‘tish lozim: Islom 
Karimovning Isroil davlatiga tashrifi mamlakat siyosiy doirala- 
ri tomonidan ham, keng jamoatchilik tarafidan ham qizqin kutib 
olindi. Isroil Prezidenti Ezer Veysmanning qarorgohida bo‘lib 
o‘tgan davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimida mamla­
kat Bosh vaziri Benyamin Netanyahu ham ishtirok etgani buning 
dalillaridan biridir. Chunki, odatda bunday marosimlarda Bosh va- 
zir ishtirok etmasdi.
Tashrifning ikkinchi kunida ikki mamlakat rasmiy delegatsiya- 
larining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida asosiy e’tibor ham 
shu o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash masala- 
siga qaratildi. Muzokaralar yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluv- 
chi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, Prezident Islom Karimov 
hamda Bosh Vazir Benyamin Netanyahu mamlakatlarimiz hukumat- 
lari o ‘rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga 
soliq toiashdan bo‘yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o‘zaro 
savdo va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlarga imzo chekdi- 
lar. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish- 
da hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish, o ‘zaro 
texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkor­
lik qilish, 0 ‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan 
Isroilning tashqi savdo sug‘urta korporatsiyasi «IFTRIK» o ‘rtasida 
hamkorlik to ‘g ‘risidagi bitimlar imzolandi. Bulami birma-bir izoh- 
lab o ‘tirishning hojati yo‘q. Ular qanday ahamiyatga ega ekanini
6 6 4


Iiiijjatlaming nomlaridan ham anglab olish qiyin emas. Eng muhimi, 
nhunday keng qamrovli hujjatlar imzolanganining o‘ziyoq tashrif- 
ning samarali bo‘lganini aytib turibdi.
Muzokaralar so‘ngida bo‘lib o ‘tgan matbuot anjumanida mam- 
lakatimiz rahbari 0 ‘zbekiston bilan Isroil iqtisodiyotida bir-birini 
loMdiruvchi omillar talaygina ekanini ta’kidladi. Ya’ni, tabiiy resurs- 
larimizdan unumli foydalanish uchun bizga zamonaviy texnologiya 
kcrak. Xususan, Isroilning qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, dehqon- 
chilik, urug‘chilik, oziq-ovqat va parrandachilik kabi yo‘nalishlarda 
katta foyda keltiradigan minitexnologiyasiga bizda ehtiyoj bor. Bu 
csa o‘z navbatida 0 ‘zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyo bozorida 
Isroilning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. Telekommuni- 
katsiya va fannatsevtika sohalari ham o‘zaro hamkorligimizda aso- 
siy yo‘nalishlardan sanaladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda 0 ‘zbekistonning 
qiziqishlari nimalarda ko‘rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo‘jaligi 
taraqqiy etgan mamlakat. Suv tanqis, boshdan oyog‘i tosh va biyday 
daladan iborat zaminda paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, deh- 
qonchilik bo‘yicha q o ig a kiritilayotgan yutuqlar kishini mulohaza- 
ga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning 
mehnatga yaroqli qismi esa 40^42 foizni tashkil etib, shundan atigi 
uch foizigina qishloq xo‘jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam 
butun mamlakatni qishloq xo‘jalik mahsuloti bilan ta’minlabgina 
qolmasdan, o‘z mahsulotini chetga eksport ham qiladi. 0 ‘z-o‘zidan 
ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud imkoniyatdan oqi- 
lona foydalana bilishda.
Tashrif chog‘ida Islom Karimov Isroildagi «Zeraim Gede- 
ra» nomli ilmiy ishlab chiqarish va yangi navlar yaratish majmui 
bilan tanishdi. Mutaxassislaming fikricha, «Zeraim Gedera» pax- 
ta navlari bilan hosildorlikda katta ko‘rsatkichlarga erishish mum- 
kin. Tajriba uchastkasidagi g ‘o ‘zapoya naqd odam bo‘yi keladi. 
Bitta tupda 19-20 tagacha ko‘sak bor. Har bir ko‘sakdagi paxta- 
ning og'irligi 8 grammgacha tosh bosadi. Vaholanki, bizda bit­
ta ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi ikki barobar kam - 4 grammni 
tashkil etadi. Tomchilab sug‘orish borasida ham «Zeraim Gedera» 
texnologiyasi bizga qo‘l kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gek- 
tar dalani sug‘orish uchun 3-5 ming metr kub suv sarflanadi. Biz­
da esa shuncha maydonga 11 ming kub metr suv^ketadi. Isroilning 
yutuqlari e’tiborga molik. Bu yerda gektaridan 70 sentnergacha hosil 
ko‘tarilsa, bizda bu ko‘rsatkich o ‘rtacha 26-27 sentnemi tashkil qi-
665


ladi. Bu ko‘rsatkichlami taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz 
Isroil yerlaridan unumdorroq, baquwatroq. Demak, biz ulardan ham 
ko‘proq hosil olishimiz mumkin. Xalqimizning aqliy salohiyati, iqti- 
dori va qobiliyati ham o ‘zgalardan ortiq boTsa ortiq, lekin zinhor 
kam emas. Dunyoda yemi o‘zbek dehqonichalik sevadigan, ardoq- 
laydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo‘jaligiga 
zamonaviy texnologiyani kiritish zarur. Shu ma’noda, Isroildagi bu 
kabi firmalar bilan hamkorlik biz uchun ayni muddao. Bu bitta pax- 
tachilik misolida ko‘rganimiz, holbuki, Isroilda chorvachilik, parran- 
dachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud.
Mamlakatimiz rahbari shu yeming o‘zidayoq (Uzbekistan «Ze- 
raim Gedera» bilan ikkita loyiha bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor 
ekanini m a’lum qildi: biri paxtachilik texnologiyasining to‘la komp- 
leksi, ikkinchisi - turli sharoitda chigitni sinab ko‘rish bilan bog‘liq. 
Paxtachilik texnologiyasining to ia kompleksi degani navni tanlash- 
dan tortib to paxtani yig‘ishtirib olgunga qadar qilinadigan ishlar- 
ni anglatadi. Ikkinchi loyiha o ‘z-o‘zidan tushunarli. Islom Karimov 
irrigatsiya va tomchilatib sug‘orish, chorvachilik, urug‘chilik, par- 
randachilik kabi sohalar bo‘yicha tashkil etilgan kichik ko‘rgazmani 
tomosha qildi. Davlatimiz rahbari Isroil minitexnologiyalarini 
0 ‘zbekistonda qoilash, o ‘zaro hamkorlik uchun zarur omillar haqi- 
da gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:
- Bu texnologiyalami bizda qo‘llash uchun nimalar kerak? Av- 
valo, biz Isroilga tashrifimiz chog‘ida buning uchun zarur huqu- 
qiy zamin yaratdik. Kafolat kerak va biz bu kafolatni bera olamiz. 
0 ‘zaro ishonch kerak. 0 ‘ylaymanki, o ‘zaro ishonchimiz ilgaridan 
mustahkam, u bugun yangicha shakl kasb etayapti. Isroil qo‘lga kiri- 
tayotgan natijalarga biz ham erishmog‘imiz kerak.
0 ‘zbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki to- 
monlama manfaatli hamkorlik qilishi mumkin. O'zbekiston jahon- 
ning yirik samolyotsozlik kompaniyalari bo‘lmish «Boing», «Yevropa 
Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o'matgan. 0 ‘z navbatida 
Isroil samolyotsozlik zavodi - «Isroil eyrkraft indastriz LTD» korpo- 
ratsiyasi ham jahonda o‘z nufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun 
hamda harbiy sohalar bo‘yicha samolyotlar, ulaming ehtiyot qismlari 
ishlab chiqariladi. Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi fao- 
liyati ham e’tiborga molik. Uni 1998-yilgi savdosi 2 milliard AQSH 
dollari miqdorida baholanayotir. Bu hazilakam ko‘rsatkich emas.
Turkiya, ir o n , Pokiston, Hindiston davlat va hukumat boshliq- 
larining 0 ‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar
666


esa davlatlararo munosabatlami yanada rivojlantirishga xizmat qil- 
moqda.
1992-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya 
tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘lib 
kirdi.
1992-yil 10-mayda Ashxobodda 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, 
Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbar- 
lari «Trans-Osiyo» ternir yoTini vujudga keltirish maqsadida Tajan- 
Seraxs-Mashhad temir yoTi qurilishi haqidagi bitimni, bojxona xiz- 
matini tashkil qilish, shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash 
haqidagi hujjatlami imzoladilar.
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 10-11-may 
kunlari EKO - Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a ’zo mamlakatlar 
davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnas- 
hish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotini 1977-yili Pokiston va Tur­
kiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yili 0 ‘zbekiston, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Afg‘onistonning 
qo‘shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, 
unga a ’zo boTgan davlatlaming iqtisodiy, madaniy sohalarda ham­
korlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
Shu o ‘rinda aytish lozimki, Prezident Islom Karimov doimo 
EKO - iqtisodiy tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini si- 
yosiylashtirish va mafkuralashtirishga yo‘1 qo‘yib boTmasligini 
qat’iyat bilan ta’kidlab keladi.
Davlatimiz rahbari 0 ‘zbekistonning EKO faoliyatida qatnashi- 
shidan ko‘zda tutilgan maqsadlar haqida ham to‘xtaldi. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin