1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish



Yüklə 372 Kb.
səhifə1/10
tarix01.05.2023
ölçüsü372 Kb.
#105515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tar


1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish (2 soat nazariy)
Reja:

  1. Pedagogik texnologiya ta’rifi va tushunchaning kelib chiqishi

  2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari

  3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari



Tayanch tushunchalar: texnologiya, pedagogik texnologiya, avtoritar texnologiya, shaxsga yo’naltirilgan texnologiya, muammoli o’qitish texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, o’yin texnologiyasi, masofali ta’lim texnologiyasi, interfaol metod, interfaol ta’lim.
1.Pedagogik texnologiya ta’rifi va tushunchaning kelib chiqishi
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyat-da ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini be-ruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Huddi shu kabi hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida ham zamonaviy peda-gogik texnologiyalarga amal qilina boshlandi.
Pedagogik texnologiyalar ijtimoiy zaruriyat bo‘lgani bois dastavval XX asrning 30-yillarida AQShda “ta’lim texnologiyasi” sifatida qo‘lla-nib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan. Bunda «ta’lim texnologiyasi» atamasi faqat texnika vosita-lari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llanilmasdan, balki jahon pedago-gikasida yangi yo‘nalish – pedagogik texnologiyaga asos soldi. Pedago-gik texnologiyalar asoschilari B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalardir.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil, deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor ta’lim oluvchilar auditoriyasini kengaytirish, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “ta’lim texnologiyasi” tushunchasining mohiyatini ochib be-ruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi. Dasturiy ta’lim bilim oluvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi.
70-80-yillarda ta’lim texnologiyasi pedagogikaning nazariy bilimlar tarmog‘i sifatida e’tirof etilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgi-langan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini, shuningdek, ta’limdagi axborot texnologiyalarini ifodalagan.
Vaqt o‘tishi bilan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash darajasi kenga-yib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o‘zgarib bordi. 1979-yilda AQShning pedagogik texnologiyalar va kommunikatsiyalar assotsiatsiyasi pedagogik texnologiyalar ma’nosi to‘g‘risidagi bahs-munozaralarga yakun yasab, ularning rasmiy ta’rifini e’lon qildi: “Pedagogik texnologiya odam-larning g‘oyalarni, bilimlarni o‘zlashtirishi, ta’lim olishni rejalashtirish, ta’minlash, baholash va boshqarish faoliyatini tashkil etish vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan majmuaviy integrativ jarayondir”1.
Hozirgi paytda barcha pedagog-psixolog olimlar pedagogik texno-logiyalarga berilgan eng mukammal ta’rif sifatida YuNESKOning quyi-dagi ta’rifini tan olishadi: “Pedagogik texnologiya bilim berish va uni egal-lashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, bu-tun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuaviy yonda-shuv usulidan foydalanishdir” 2.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa shuki, pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchasi, o‘quv jarayoniga majmua sifatida yondashishdir. «Bun-da ta’lim-tarbiya ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o‘zaro funksio-nal bog‘liqlikda bo‘lib, bir butunlikni, ya’ni majmuani tashkil qiladi. Peda-gogik jarayon majmuyining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bos-qich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi»3.
Ko‘rinib turibdiki, ta’lim texnologiyasi asosini ta’lim samaradorli-gini oshirish va ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafo-latlash maqsadida bu jarayonni to‘liq bajarish g‘oyasi tashkil etadi.
Bunday yondashishning mohiyati ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni aniq rasmiylashtirilgan va qismlari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tash-lash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, peda-gogik texnologiyalarning predmeti – ta’lim tizimini konseptual asoslari-ga dalil keltirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirish-dan tarkib topgan4.
Ma’lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Pedago-gik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘in-disi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir ja-miyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ra-vishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak.


Yüklə 372 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin