1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish



Yüklə 372 Kb.
səhifə7/10
tarix01.05.2023
ölçüsü372 Kb.
#105515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tar

Asosiy tayanch tushunchalar

Aqliy hujum” – “breynstorming” (brain storming) inglizcha so‘z-dan olingan bo‘lib, faol ta’limning, boshqaruvning va tadqiqotning me-todlaridan biri hisoblanadi. Bu metod aqliy faollikni qo‘zg‘atadi, ijodiy va innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi.


Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal qila olish uchun ta’lim menejmen-ti va marketingi sohalariga chuqur va puxta bilimga ega tajribali muta-xassislar jalb qilinadi.
Didaktika (yunoncha “didaklikos” – o‘qitadigan, o‘rgatadigan) – pedagogikaning bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy qis-mi. Didaktika “nima?” va “nima uchun o‘qitish kerak?” degan savollar bilan shug‘ullanadi.
Dialogli texnologiya – erkin muloqot o‘rnatishda dasturiy ta’minot, qurilmalar, shuningdek, shaxslarning o‘zaro muloqotlari va faoliyatining uyg‘unligidan iborat.
Insert metodi – o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida material-ning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, chizma kabilar) ba-holanish orqali chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi metod.
Integral – chambarchas bog‘liq, butun, yagona, o‘z cheksiz kichik qismlarining yig‘indisi.
Intellekt insonning umuman bilish, fikrlash qobiliyati, tushunish, mulohaza, tafakkur, aql.
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi o‘quvchi-talabalar ishtirok etadi-gan mashg‘ulot, jarayon hamkorlikda kechadi.
Interfaol metod – o‘quvchi-talabalarning o‘quv va ijodiy faolliklari-ni oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolat-lovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida to‘plangan tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar.
Interaktiv dialog – bu foydalanuvchining matnli buyruqlarni (so‘-rovlarni) va javoblarni (takliflarni) ko‘zda tutuvchi dialogdan farqli o‘la-roq, yuqori darajada, dasturiy (dasturiy apparat tuzilmalari) tizim bilan o‘zaro, ikki yoqlama munosabati asosida dialog o‘rnatishdir.
Invariant – (lotincha “invarians” – o‘zgarmas ma’nosini anglatadi) u yoki bu o‘zgarishlarda bir xilda qoladigan kattalikni anglatadi. Struktura lingvistikasida amalda qo‘llashdagi asosiy belgilarning (alomatlarning) maj-muasiga va ularni birlashtiruvchi mavzularga ega bo‘lgan tilning abstrakt (mavhum) birligini bildiradi.
Invariantlik – muayyan kattalikning fizikaviy sharoitlar o‘zgargan-da yoki turli o‘zgartirishlarga nisbatan bir xilda, o‘zgarmay qolishi tu-shuniladi.

Yüklə 372 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin