Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o ‘zgarishlar
ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik mafku-
ra va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash
tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlaming o‘zi
o‘zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demok-
ratik qadriyatlami mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kela
jagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda
ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq-
tisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o ‘zgarishlami ortga qaytarib bo‘lmasligi,
islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o ‘rin tutgan ush-
bu davrda tom ma’noda tub o ‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro
munosabatlaming teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja-
miyatida o ‘zining munosib va mustahkam o ‘miga ega bo‘lgan -
0 ‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun
ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh
etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti-
mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: