Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N


partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini 
tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yoT- 
yo‘riq xalq tomonidan ma’qullanmadi, ziyolilaming qarshiligiga 
uchradi. 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi bu bora­
da o ‘zi yoT qo‘ygan xatoni o‘zi tuzatishga majbur boTdi. 0 ‘zKP 
XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy m a’ruza qilgan, uning birinchi 
kotibi I.A. Karimov shunday dedi: 
«Yaqindagina o‘zbek adabi-
yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro‘y
berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-
tildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1986-
yilda bo‘lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u
«ma’rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo‘mita
va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug‘bek, *Bobur, Mash-
rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari
yubileylarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini juda ruhlanib ku-
4 6 5


tib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O ‘zbekiston xalqlari
umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib
kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-
baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha
ishlarni qilamiz». 
0 ‘zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit- 
siyasi respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining bosh- 
lanishi, m a’naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.
Shundan so‘ng adib Primqul Qodirovning Bobur va boburiy- 
lar haqida hikoya qiluvchi «Yulduzli tunlar» romani nashr qilindi, 
Bobuming «Bobumoma»si yangidan chop etildi. 0 ‘zbekiston SSR 
Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Bo‘riboy 
Ahmedov so‘zboshisi bilan «Sharq yulduzi» jumalida «Temur 
tuzuklari»ning toTa ravishda e’lon qilinishi keng jamoatchilikni be- 
had quvontirdi.
Qariyb bir yarim asrlik mustamlakachilik o‘zligimizni yo‘qo- 
tishga olib keldi. Sobiq markazga siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy 
qaramlik jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun, milliy, 
madaniy-ma’rifiy ravnaqi uchun to‘siq boTdi. Darhaqiqat, o ‘tgan 
asming ikkinchi yarmidan boshlab yurtimizdagi bebaho kitoblar, 
qimmatli ashyo-yodgorliklar mustamlakachilar tomonidan talandi
ular chor generallari, olim niqobidagi shaxslar tomonidan Sankt- 
Peterburgga, Moskvaga va dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga olib 
ketildi. Bu hoi mavjud madaniy boyliklardan xalqimizning bahra- 
mand boTish imkoniyatini yo‘qotdi. Shu bilan bir qatorda bunday 
noyob madaniy merosni, buyuk yodgorliklami o ‘rganishni, ulami 
ilmiy tadqiq etishni qiyinlashtirdi. Endilikda mamlakat istiqlolga 
erishgandan so‘ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu 
boyliklami e’zozlash, avaylab asrash, o ‘rganish va ko‘paytirish im- 
koniyatiga ega boTindi.
Madaniy merosni, olis 
0
‘tmishni chuqur o‘rganmasdan turib 
istiqbolni belgilab boTmaydi. Kelajakka intilish uchun o‘tmishni 
o‘rganish, tajribalami o ‘zlashtirish darkor. Lekin, bunda bir yoqla- 
malikka yo‘1 qo‘yib boTmaydi. 0 ‘tmish madaniyatini xaspo‘shlash 
ham, ideallashtirish ham mumkin emas. Olimlar va mutaxassislar 
istiqlol yillarida fanning turli sohalarida madaniy merosni chuqur 
o‘rganishga, unga xolisona baho berishga harakat qildilar.
1991-yil, ya’ni, 0 ‘zbekiston yangi yoTga chiqib olgan, o‘zini 
mustaqil deb e ’lon qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yil- 
da Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli 
kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta 
tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga ay-
4 6 6


landi. A walo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish 
uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam- 
mal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison- 
ut tayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», 
«Hayrat-ul Abror» singari shoh asarían alohida-alohida holda bir 
necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop 
asarlar sovg‘a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan 
sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat 
mukofoti ta’sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher 
Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muze- 
yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda 
ulug‘ bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo‘yildiki, bu 
joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy me­
ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni m a’naviy yuksal- 
tirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’ion 
qilinishi, uning 600 yilligini 0 ‘zbekistonda va jahon miqyosida, xu- 
susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk 
allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi 
nishonasidir.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin