«
Mavzuga doir fakt
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
1994-yilni Mirzo Ulug‘bek yili,
deb e’ion etish to‘g‘risida
Ulug‘ o‘zbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me’mor, te-
muriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Mu
hammad Tarag‘ay - Ulug‘bek (Mirzo Ulug‘bek) tavalludiga 600 yil
to‘lishi munosabati bilan:
Jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madani-
yati ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tiborda tutib;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat so-
hasidagi tashkiloti (UNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi
qaroriga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek yubileyi jahon qadriyatlari ro‘yxati-
ga - 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatori-
ga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro tad-
birlami hamda Respublikada olib borilayotgan ulkan xayrli ishlami
inobatga olib:
4 6 7
Yosh avlod qalbida milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini
shakllantirish, ulaming ilm-ma’rifatga bo‘lgan intilishini rag‘batlan-
tirish maqsadida hamda mustaqil 0 ‘zbekiston ilm-fani rivojiga
ko‘maklashish maqsadida:
1994-yil 0 ‘zbekiston Respublikasida Mirzo Ulug‘bek yili, deb
e’lon qilinsin.
0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
I. KARIMOV
Toshkent shahri.
1994-yil 19-mart
*
*
*
Bundan tashqari, 0 ‘zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Oga-
hiy, Furqat, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi
ulug‘ shoir va ma’rifatparvarlar kunlarini o‘tkazish an’anaga aylanib
qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida mamlakatimiz poytaxtida bosh-
langan Mashrabxonlik kunlari uning vatani Namanganda keng ni-
shonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta istirohat
bog‘i barpo etildi.
Birgina shu emas. Xalqimizning ulug‘ daholari, jahon madani-
yati ravnaqiga katta hissa qo‘shgan, insoniyat tafakkurida keskin bu-
rilish yasagan bobokalonlari kuni har yili turli shaklda nishonlanadi.
Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy
merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xazinani
ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi.
Xalqimiz bundan foydalanish yo‘lidan bormoqda.
Mustaqillik yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla
Xo‘jayev, Ogahiy, Ajiniyoz, Berdaq singan madaniyat va jamoat
arboblari yubileylarini o ‘tkazish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar
ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-
dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Emiyozbek o‘g ‘li Oga
hiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz
Qo‘siboy o‘g i i tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktabr kuni
esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitrat-
ning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qi-
lindi. Cho‘lponning ayrim she’rlari «Guliston» jumalida, «Kecha va
4 6 8
kunduz» asari esa «Sharq yulduzi» jumalida e’lon qilindi. Keyinroq
ular alohida kitob holida nashr etildi.
Ulug‘ shoir Abdulhamid Cho‘lponning adabiy-badiiy merosi
xalqimizning bebaho m a’naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir
she’ri odamlami o‘zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurash-
ga, nohaqlikka nisbatan murosasizlikka da’vat etadi. Choiponning
Dostları ilə paylaş: |