tib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O ‘zbekiston xalqlari
umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib
kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-
baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha
ishlarni qilamiz».
0 ‘zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-
siyasi respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining bosh-
lanishi, m a’naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.
Shundan so‘ng adib Primqul Qodirovning Bobur va boburiy-
lar haqida hikoya qiluvchi «Yulduzli tunlar» romani nashr qilindi,
Bobuming «Bobumoma»si yangidan chop etildi. 0 ‘zbekiston SSR
Fanlar
akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Bo‘riboy
Ahmedov so‘zboshisi bilan «Sharq yulduzi» jumalida «Temur
tuzuklari»ning toTa ravishda e’lon qilinishi keng jamoatchilikni be-
had quvontirdi.
Qariyb bir yarim asrlik mustamlakachilik o‘zligimizni yo‘qo-
tishga olib keldi. Sobiq markazga siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy
qaramlik jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun, milliy,
madaniy-ma’rifiy ravnaqi uchun to‘siq boTdi. Darhaqiqat, o ‘tgan
asming ikkinchi yarmidan boshlab yurtimizdagi bebaho kitoblar,
qimmatli ashyo-yodgorliklar mustamlakachilar
tomonidan talandi,
ular chor generallari, olim niqobidagi shaxslar tomonidan Sankt-
Peterburgga, Moskvaga va dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga olib
ketildi. Bu hoi mavjud madaniy boyliklardan xalqimizning bahra-
mand boTish imkoniyatini yo‘qotdi. Shu bilan bir qatorda bunday
noyob
madaniy merosni, buyuk yodgorliklami o ‘rganishni, ulami
ilmiy tadqiq etishni qiyinlashtirdi. Endilikda mamlakat istiqlolga
erishgandan so‘ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu
boyliklami e’zozlash, avaylab asrash, o ‘rganish va ko‘paytirish im-
koniyatiga ega boTindi.
Madaniy merosni, olis
0
‘tmishni chuqur o‘rganmasdan
turib
istiqbolni belgilab boTmaydi. Kelajakka intilish uchun o‘tmishni
o‘rganish, tajribalami o ‘zlashtirish darkor. Lekin, bunda bir yoqla-
malikka yo‘1 qo‘yib boTmaydi. 0 ‘tmish madaniyatini xaspo‘shlash
ham, ideallashtirish ham mumkin emas. Olimlar va mutaxassislar
istiqlol yillarida fanning turli sohalarida madaniy merosni chuqur
o‘rganishga, unga xolisona baho berishga harakat qildilar.
1991-yil, ya’ni, 0 ‘zbekiston yangi yoTga chiqib olgan, o‘zini
mustaqil deb e ’lon qilgan yil
yana shu bilan ahamiyatliki, bu yil-
da Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli
kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta
tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga ay-
4 6 6
landi. A walo buyuk shoir asarlarini keng
xalq ommasiga yetkazish
uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam-
mal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison-
ut tayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Hayrat-ul Abror» singari shoh asarían alohida-alohida holda bir
necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop
asarlar sovg‘a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan
sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat
mukofoti ta’sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher
Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan
Davlat adabiyot muze-
yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda
ulug‘ bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo‘yildiki, bu
joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy me
ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni m a’naviy yuksal-
tirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’ion
qilinishi, uning 600 yilligini 0 ‘zbekistonda va jahon miqyosida, xu-
susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk
allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi
nishonasidir.
Dostları ilə paylaş: