Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Demak, o ‘zbek xalq i bugun o

Prezidenti I. K arim ov siymosi-
da jah o n g a dono siyosatdonlar yetkazib bemvchi, x a lq la r ozodligi
uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi tarbiyalab yetkazuvchi, aql-
zakovat egasi, ayni chog ‘da bag ‘r i keng, mehmondo ‘st, mehnatkash
xalq sifatida tanilmoqda. Bunday xalqni o

istiqlol va taraqqiyot
yo ‘lidan qaytarib bo ‘Imaydi.
Mustaqillik yillarida kishilaming 0 ‘zbekiston istiqloli va istiq- 
boli haqida qayg‘urishi, o ‘z xalqining, o‘z vatanining qadr-qimmati, 
or-nomusini himoya qilish zarurligini tobora chuqurroq anglashi 
kuchayayotganligi ham ana shundandir. Oddiy saylovchi qariyaning 
«mustaqilligimizga ko‘z tegmasin» deganida ham, yoshlaming «biz 
seni hech kimga bermaymiz, 0 ‘zbekiston» degan fikr bildirayotga- 
nida ham, xalqning o‘z Prezidentiga yuksak ishonch bildirib, uning 
oqilona siyosatini qo‘llab-quwatlayotganida ham mana shunday 
katta ma’no bor. Bu masalaga urg‘u berilayotganining boisi shun- 
daki, davlatimizning mustaqillik siyosati, xalqimizning ongli tarz- 
da 0 ‘zbekiston istiqloliga sodiq ekanliklari 1996-yil mart oylarida 
Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarga munosa- 
batlarida yana bir bor jiddiy sinovdan o ‘tdi. Hatto, turli mintaqalar- 
da sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi integratsiya jarayoni- 
ga turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan o‘sha kunlarda ham xalqning 
o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qaytmasligini qat’iy ko‘rsatdi. 
Jumladan, Oliy Majlisning 1996-yil 26-aprelda bo‘lib o ‘tgan V 
sessiyasi butun xalq nomidan « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Xalq deputatlari kengashlari butun xalqning xohish- 
irodasini ifodalab shuni m a’lum qildilarki, 0 ‘zbekiston o‘zi tanlab 
oigan mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati- 
ni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilishga qaratilgan yo’ldan hech qachon qayt- 
maydi va o ‘z mamlakatining gullab-yashnashini, uning barcha fu- 
qarolarini munosib turmush kechirishini ta’minlaydi», deb qat’iy 
uqtirdi.
Milliy istiqlol g‘oyasini o ‘rganish, uni keng targ‘ib etish konsep- 
siyasi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi 
bilan yaratildi. Bu konsepsiyaning bosh muallifi I.A. Karimov mam- 
lakat fuqarolarini milliy taraqqiyotga da’vat etuvchi, ysshlar - yangi 
avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg‘otuvchi qudratli g‘oya sifa­
tida namoyon bo‘lishi tizimini vujudga keltirdi.
461


Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g ‘oyalariga sodiqlik, ozod, 
erkin yashashga intilish o‘zbek xalqiga xos azaliy tuyg‘u ekanligi- 
ni, ayni chog‘da bunday g‘oyaga xalq har qanday sharoitda - ichki 
va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan sodiqliklarini yana bir bor 
namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik g ‘oyasi bilan 
qurollangan bunday xalqni o ‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qayta- 
rib bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi 
qo‘shma majlisda « 0 ‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot 
y o ii» mavzuida ma’ruza qilar ekan, shunday degan edi: «Biz bu- 
gun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alo- 
hida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va ax- 
loq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan 
mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot 
bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga oigan 
«ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamiz- 
ga ayon bo‘lishi kerak.
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli 
xuruj va g ‘arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch 
va mablag‘ sarflanayotgan harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga 
qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning 
ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? 
A walo to ‘g ‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq 
iroda va iymon-e’tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o ‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng 
fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday 
buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda o‘z yo’lini topib olishi 
muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davo- 
mida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalar- 
ni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy davlatchilikni shakllanti- 
rish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, ham 
ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy- 
buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl- 
lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qo- 
nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil 
etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iq- 
tisodiyotni -erkin bozor munosabatlariga o ’tkazish jarayoni amalga 
oshirildi.
4 6 2


Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o ‘zgarishlar 
ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik mafku- 
ra va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash 
tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlaming o‘zi 
o‘zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demok- 
ratik qadriyatlami mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kela­
jagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda 
ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq- 
tisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o ‘zgarishlami ortga qaytarib bo‘lmasligi, 
islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o ‘rin tutgan ush- 
bu davrda tom ma’noda tub o ‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro 
munosabatlaming teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja- 
miyatida o ‘zining munosib va mustahkam o ‘miga ega bo‘lgan -
0 ‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun 
ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh 
etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti- 
mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin