chiqishiga yo‘ysa, boshqa birov majoziy ma’noda ezguliklar, olam-
ning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan,
deb tushunadi.
Bizning tasawurimizcha, har ikki holatda ham Nur - Sharqdan-
dir.
Sharqdan taralgan ilm-ma’rifat dunyoni munavvar etgani, in
soniyat tarixida, odamzod taqdirida buyuk o‘zgarishlarga sabab
bo‘lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo‘lmish go‘zal di-
yorimiz xalqlari hayotida, ulaming ong va tafakkuri shakllanishi-
da dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o‘mi bor. Bu
ilohiy ta’limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson
o‘rtasidagi munosabatlami idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga
ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-
ma’naviy merosimiz ikki qudratli to‘lqin - dunyoviy ilmlar va diniy-
falsafiy tafakkuming o ‘zaro uyg‘unlashib, yagona, barkamol qadri-
yat peshvosining ma’naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so‘z
va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham
benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o ‘lmas
qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-
miyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o‘tilgan istiqlol yo‘limizga bir nazar tashlaydigan
bo‘lsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, dav-
lat va diniy Jpshkilotlar o ‘rtasidagi aloqalami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga
alohida e’tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, 0 ‘zbekiston dun
yoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan.
Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib,
din davlatdan ajratilgan boisa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xu-
susan, 0 ‘zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an’analarga
ega mamlakatda bu borada g ‘oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish
yuritish lozimligini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko‘p millatli mamlakatimizda hech
qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda,
ayni vaqtda diniy hissiyotlami avj ham oldirmasdan, og‘ir-vazmin,
uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida
aniq-ravshan belgilab berilgan edi:
Dostları ilə paylaş: