Magistratura talabasining ilmiy rahbar ishtirokida ish rejada belgilangan vazifalar bo’yicha 2023-2024-O’quv yilining I yarimyilligi bo’yichakafedra yig’ilishida berilgan hisobot



Yüklə 37,5 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#133032
1-Yarim yillik hisobot Y.A 2023


MAGISTRATURA TALABASINING ILMIY RAHBAR ISHTIROKIDA ISH REJADA BELGILANGAN VAZIFALAR BO’YICHA 2023-2024-O’QUV YILINING I YARIMYILLIGI BO’YICHAKAFEDRA YIG’ILISHIDA BERILGAN HISOBOT


70310901-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi I bosqich magistri Yuldashev Abdunosir Ergashboy o’g’lining o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar doirasida 2023-2024 - o’quv yilining I yarimyilligida bajarilgan ishlari yuzasidan hisoboti.

2023-2024-o’quv yilining I yarim yilligida kalendar ish rejasidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar bajarilganligi yuzasidan ma’lumot berilgan:


O’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: O’quv yilining dastlabki kunlaridanoq magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’quv rejasiga berilgan fanlar bilan tanishdik va dars mashg’ulotlarida ishtirok etishni boshladik. Magistratura mutaxassisligi bo’yicha I yarimyillikda tashkil etilgan “Tadbiqiy sport psixologiyasi”, “Kognitiv psixologiya”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Klinik psixologiya” hamda “Ilmiy seminar” mashg’ulotlariga ishtirok etish bilan birgalikda mutaxassislik doirasida yangi bilimlarni o’zlashtirishni boshladik. Ushbu fanlar yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarish, taqdim etish malakasini o’zlashtirishni, shuningdek, berilgan topshiriqlarni to’g’ri rasmiylashtirish talablarini o’rgandik. Kredit-modul tizimi (HEMIS) haqida rahbariyat va professor-o’qituvchilardan ma’lumotlar oldik. May oyida fanlar yuzasidan oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli topshirib, mazkur fanlar yuzasidan amaliy topshiriq vazifalarini professor-o’qituvchilarga topshirishni davom ettirdim. Barcha fanlar yuzasidan berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bilan birgalikdaqo’shimcha adabiyotlarni o’rganishga harakat qildim. May oyida oraliq nazorat ishlarini topshirib bo’lgach, yakuniy nazoratga tayyorgarlik ko’rdim. May oyining so’nggi haftasida tashkil etilgan barcha yakuniy nazorat ishlarini muvaffaqiyatli topshirdim.
Ilmiy-tadqiqot ishlari : 2023-2024-o’quv yili avvalida bizning yo’nalishimiz biriktirilgan Psixologiya kafedrasidagi professor-o’qituvchilar bilan tanishdik. Kafedraning ilmiy salohiyati, professor-ustozlar tomonidan qilinayotgan ilmiy tadqiqotlar, yozilayotgan o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darsliklar bilan yaqindan tanishdik. Ilmiy seminar darslarida psixologiya fanlari doktori, professor Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna tomonidan magistrlik dissertatsiyasi mavzusinini tanlash va tayyorlash, dissertatsiya mavzusiga oid maqolalarni nashr ettirish haqida kerakli ma’lumotlarni oldik. Mart oyida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi sifatida “Harbiy xizmatchilarda kasbiy sifatlarni rivojlantiruvchi psixologik jihatlar” mavzusini tanladim va bu kafedra o’qituvchilari tomonidan rasmiylashtirildi. Kafedra tomonidan menga ilmiy rahbar sifatida psixologiya fanlari doktori, professor Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna tayinlandi. Aprel oyida ilmiy rahbarim tomonidan berilgan tavsiyalar asosida magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga oid adabiyotlar ro’yxatini shakllantirishni boshladim. Adabiyotlar, asosan, milliy kutubxonamizda mavjud bo’lgan imiy ishlar, qo’llanmalar, adabiyotlar hamda horijiy nashrlarni o’rgadim bunda har bir adabiyot yuzasidan biz tanlagan mavzu bo’yicha o’rganishimiz kerak bo’lgan jihatni sinchiklab tahlil qilishga harakat qildim. Adabiyotlar bilan yaqindan tanishar ekanman, dissertatsiya mavzuyim borasida qarashlarim yanada kengayib bordi. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda dissertatsiya mavzuyimiz yuzasidan texnik apparatni shakllantirdik. Dissertatsiyaning I-bob reja qismi va kirish qismini shakllantirishda tanlagan dissertatsiya mavzuyimizga oid qo’llanmalar, MDH va o’zbek psixolog olimlari tomonidan yozilgan 2 ta nomzodlik ishi, 2 ta maqola, 1 ta monografiya va 1 ta qo’llanma, shuningdek, o’quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishni tubdan takomillashtirish to’g’risidagi davlatimiz qonunchiligida mavjud bo’lgan qonun va qarorlar bilan tanishib chiqdik. Ilmiy rahbarim tomonidan mavzuyimizga aloqador bo’lgan yana boshqa adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqish vazifasi yuklatildi.
Ilmiy-pedagogik ishlar: Magistratura mutaxassisligiga darsga kiruvchi professor-o’qituvchilarning dars o’tish mahorati, darsda qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini o’rganish maqsadida ularning bakalavrlar bilan tashkil etgan fan yuzasidan darslariga qatnashib, darsning pedagogik tahlili qanday amalga oshirilishi kerakligini o’rgandik. Ustozlarimiz tomonidan o’tilgan bir qancha darslarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Bakalavr kesimidagi talabalar bilan turli mavzularda suhbat olib bordim.


Ilmiy rahbar: p.f.d.prof. D.G.Muxamedova
Magistrant: A.E.Yuldashev
Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin