“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi ilmiy-ommabop
maqolalar tanlovi.
Mavzu:Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.
Muallif : Maripov Abdurasul
Toshkent Kimyo-Texnalogiya instituti 2-kurs talabasi.
Virtuallashuv bu so’z hozirgi kunda barcha yoshlarga tanish, ammo bir sovol
hali hamon tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda “Vertuallashuv yoshlar hayotiga
kerakmi ?”.Bu sovolga bazilar ijobiy yondashsa, bazilar esa salbiy ko’nikmadalar.
Meni fikrimcha bu sovolning javobi yo’q,chunki harkim bunda o’z fikriga ega va
undan qanday foydalanish hammaning o’z qo’lida. Shu savolni o’z-o’zimga berar
ekanman, qadimgi yunon faylasufi va olimi Arastuni shu so’zlarini eslayman:
“
Baxt o’zimizga bog’liq bo’ladi.
”
Bundan nmani shunish mumkun insonning baxtli yoki baxtsiz bo’lishi faqatgina
uning o’zigagina bog’liq. Bundan kelib chiqadiki Vertuallashuvdan olinadigan
salbiy va ijobiy natijalar ham insonning o’zigagina bog’liqdir.
Endi yoshlar hayotida Vertuallashuv omillariga to’xtaladigan bo’lsak, avvalo
Vertual dunyo atamasiga izoh berishimiz zarur bo’ladi.
“
Virtual dunyo - bu
kompyuter texnologiyasiga asoslangan dasturlash orqali qurilgan sun'iy yaratilgan
dunyo.”[2] Bizning holatimizda esa bu ijtimoiy tarmoqlardir.
Agar raqamlarga nazar solsak, 2021 yil yanvar oyi uchun dunyodagi raqamli
sanoatning asosiy statistikasi va tendentsiyalari:
•
Dunyo aholisi: 2021 yil boshida dunyo aholisi 7,83 mlrd . BMT
ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich hozirda yiliga 1 foizga o'sib bormoqda.
Bu 2020-yil boshidan buyon dunyo aholisi 80 milliondan ortiq kishiga
oshganini bildiradi.
•
Mobil qurilmalar: Bugungi kunda 5,22 milliard kishi mobil telefondan
foydalanadi - dunyo aholisining 66,6 foizi. 2020-yil yanvar oyidan buyon
noyob mobil foydalanuvchilar soni 1,8 foizga (93 million) o‘sdi, umumiy
mobil ulanishlar soni esa 72 millionga (0,9 foiz) o‘sdi va 2021 yil boshiga
kelib 8,02 milliardga yetdi.
•
Internet: 2021-yil yanvar oyida dunyo bo‘ylab 4,66 milliard
kishi internetdan foydalanadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 316 million (7,3 foiz)
ko‘p. Internetga kirish darajasi hozirda 59,5% ni tashkil etadi. Biroq,
COVID-19 Internet foydalanuvchilari soni to'g'risidagi ma'lumotlarni
to'plashga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, shuning uchun haqiqiy raqamlar ko'proq
bo'lishi mumkin.
•
Ijtimoiy tarmoqlar: Hozir dunyoda 4,20 milliard ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchisi bor . O‘tgan 12 oy ichida bu ko‘rsatkich 490 millionga
o‘sdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizdan ortiq o‘sishni
ko‘rsatadi. 2021 yilda ijtimoiy tarmoqlardan dunyo aholisining 53,6 foizi
foydalanadi.[1]
Bundan ko’rinib turiptiki dunyo miqyosida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari
soniya sayin ko’paymoqda.Demak faqat yoshlar emas balki butun dunyo
vertuallashmoqda, bu degani Vertuallashuv zamon talabidir.Agar biz kelajakda
dunyo miqyosidagi rivojlangan davlat bo’lishni istasak dunyo va zamon talabiga
mos ravishda o’sishimiz zarur.
Axoli o’rtasida ijtimoiy so’rovnoma o’tkazishim natijasida shu ma’lum bo’ldiki,
aholi o’rtasida 100 kishiga nisbatan ulardan 91 % ini mobil qurulmasi internet
bilan taminlangan, ulardan 76 % i ijtimoiy tarmoqlarga kiradi. Yana shu ma’lum
bo’ldiki aholi o’rtasida Telegram,Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari keng
foydalanilar ekan, ularni 76 kishiga nisbatan 92,1 % i Telegram ijtimoiy
tarmog’iga kiradi, 61,8 % i Instagram ijtimoiy tarmog’iga kiradi, 73,7 % i
Facebook ijtimoiy tarmog’iga kirar ekan.
Xudi shunday so’rovnomani o’zim tahsil olayotgan Oliygoh talabalar orasida ham
o’tkazdim. Natijalar hozirgi kun uchun ajabnarli emas, chunki so’rovnomada
ishtrok etgan 100 nafar talabadan 100 % ini mobil qurulmasi internet bilan
taminlangan va ijtimoiy tarmoqga kirishadi. Bu ham prizidentimizning yoshlarga
qaratilgan internet va texnalogiyalardan samarali foydalanish siyosatlarining
samarasi deb hisoblayman. Talabalarning orasida Telegram ijtimoiy tarmog’idan
keng foydalanishligi so’rovnoma mobaynida ayon bo’ldi va bu ko’rsatkich 100 %
ni tashkil etdi. Albatta bunga sabab ham bor edi, chunki so’ngi yillarda yurtimizda
karantin sababli ko’p o’quv yurtlari ta’limning online shakliga o’tishga majbur
bo’lishdi. Bunda o’qtuvchi va o’quvchilarning o’zaro bog’lanishligiga Telegram
ijtimoiy tarmog’i samarali hisasini qo’shdi. So’rovnoma davomida talabalar
orasida boshqa keng foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar ham bo’ldi.
Hozirgi kunda hech kimga sir emaski yoshlar ko’p bo’sh vahtlarini ijtimoiy
tarmoqlarda o’tkazishadi. Bu yerda ham savol tug’uladi “Nega ?, Axir riyal
hayotda ham vahtni unumli foydalanish mumkunku, Nega virtual ijtimoiy
tarmoqlarga va hokazolarga bunchalar ko’p vaht sariflashmoqda ?”. Bunga agar
mening fikrimni so’rasangiz, ijtimoiy tarmoqlarga sariflanayotgan vahtning unumli
bo’lish yoki bo’lmasligi bu undan foydalanadigan insonga bog’liq deb javob
beraman. Hozirda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ortib
borishiga sabab axborot almashinuvi osonligi,bunda inson o’zi uchun zarur bo’lgan
ma’lumotni tez olishi,shuningdek o’zida mavjud bo’lgan ma’lumotni boshqa
foydalanuvchilarga ham yetkazish qulayligi bilan ommalashmoqda. Meni
e’tiborimni tortgan yana bir jihat bu yoshlar uchun o’z fikrini, his-tuyg’ularini,
muamolarini va yutuqlarini aks etirish uchun qulay platforma vazifasini
bajarmoqda. Albatta bundan unumli va samarali foydalanish kerak. Buning uchun
bilim va zakovat yoshlar uchun suvdek zarur, darxaqiqat bilim-bu qulf, kaliti
bo’lib savol xizmat qiladi.
Endi barchasini umumlashtirib eng katta savolga javob bersak “Yoshlar
hayotida virtuallashuv kerakmi ?”. Ha albatta chunki bu yurtimiz kelajagiga va
rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Axir biz yangiliklarga intilmasak
unda bizda yangi savollar bo’lmaydi bu degani yangi bilimlar bo’lmaydi, yangi
bilimlar bo’lmasa unda rivojlanish bo’lmaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida O’zbekiston kelajakda katta
cho’qilarga erishishiga ishonaman va bunda yoshlarni o’rni katta. Shuning uchun
yoshlarni yangi bilimlarni egalashga chorlayman.
Dostları ilə paylaş: |